Z nishanova, G. Alimova


Gdaklik davrining psixologik xususiyatlari



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/170
tarix09.07.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#136186
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   170
@mustaqilishlar Bolalar psixologiyasi

4.2. Gdaklik davrining psixologik xususiyatlari
Go‘dak bolalar jismoniy bilan birga psixik jihatdan ham juda tez 
rivojlanadilar. Chaqaloq bolalar psixikasining rivojlanishi, birinchidan, 
analizatorlaming takomillashuvi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, 
mustaqil harakatlarining sishi bilan bog‘liqdir. Analizatorlaming tez 
takomillashuvi natijasida bola uch oylik bo‘lgandan so‘ng unda dastlabki 
shartli reflekslar yuzaga kela boshlaydi. Demak, ana shu davrdan boshlab 
bola psixikasi tez rivojlanish yo‘liga kiradi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, 
dastawal bolada harakat analizatorlari bilan bogiiq, undan so‘ng 
eshitish va ko‘rish analizatorlari bilan bogiiq boigan shartli reflekslar 
yuzaga keladi. Ana shu tariqa barcha analizatorlaiga nisbatan har xil 
murakkablikda shartli reflekslar tobora ko‘plab yuzaga kela boradi. Shartli 
reflekslaming yuzaga kelishi bola psixikasining rivojlanishi uchun 
moddiy zamin boiadi.
Keyinchalik, ya’ni ikki-uch oylik bolalarda analizatorlar 
fao liy atin in g tak o m illash u v i n atijasid a t a ’sir qilayotgan 
qo‘zg‘atuvchilami farqlash qobiliyati yuzaga kela boshlaydi. Dastawal 
turli ovozlami, so‘ngra ayrim yorqin ranglami, ta’mlami, farqlay 
boshlaydi. Nihoyat, uch oylik bola atrofidagi juda ko‘p narsalardan 
odamni farqlaydigan va odamga nisbatan qandaydirboshqacha reaksiya 
qiladigan bo‘ladi. Uch oylik bola oldiga kelgan odamga tiqilib, emotsional 
munosabatda b o ia boshlaydi. U odamga uzoq vaqt tikilib qaraydi, 
Lablarini harakatlantirib, tilini aylantirib, gyo odamning nutqiga 
taqlid qilmoqchi boiadi. Ana shu davrdan boshlab bolalar bilan imkoni 
boricha mehribonlik ohangida gaplashib turish kerak. Ana shunday 
munosabatlar natijasida bolada qandaydir aktivlik, kattalaiga talpinish 
reaksiyasi yuzaga keladi. Psixologlar bolalarda kattalar bilan bo‘lgan 
munosabatdan yuzaga keladigan emotsional reaktsiyalami jonlanisb 
kompleksi deb ataganlar. Bu kompleksda bola uning bilan munosabatda 
boiayotgan odamga muloyim tikilib, jilmayadi, q o i va oyoqlari bilan 
talpinib qandaydir ovoz chiqaradi. Bolada qandaydir kuchli mamnunlik 
hissi yuzaga keladi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, agar bolalar 
bilan keragidan ortiq darajada munosabatda boiib, ularda jonlanish 
kompleksini yuzaga keltira berilsa, ular kattalaiga o‘iganib qoladilar 
va o‘yinchoqlaiga qaramay qo‘yadilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin