hodisa, faoliyatlar hisobiga, kun tartibiga qarab (ertalab — “bu nonushtagacha”, kun “kunning o ‘rtasi, ya’ni tushlik vaqti”, kechqurun — “onam ishdan chiqib meni olib ketadigan payt”) mo‘ljal oladilar. Ko‘pincha ilk yosh va kichik bog‘cha davrida vaqtni mo‘ljallashdagi xatoliklar bilan bog‘liq chalkashliklar sodir bo‘ladi. Hafta kunlarini tartibsiz tarzda o‘zlashtiradilar. Bog‘chaga boruvchi katta yoshdagilar “Hafta kunlaridan qaysi birlarini bilasan?” degan savolga ko‘pincha shanba, yakshanba va dushanbani — emotsional boy, ular uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan kunlami ataydilar (shanba va yakshanbani — oila a’zolari bilan biiga o‘tkazadilar; dushanba — yana do‘stlari, tarbiyachi, tabiat burchagidagi hayvonlar bilan uchrashuv kutayotgan bog‘chaga boradilar). Hozirgi zamon haqidagi tushunchalar erta shakllana boshlaydi, o‘tgan zamon haqidagi tushunchalari esa hali aniq emas (ayniqsa kichik bog‘cha yoshdagilarda). Biroz kechroq bolalar maqsadi hayot uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan kelgusi zamonni o‘zlashtirishni boshlaydilar. Ertangi kunga nazar tashlash, rejalami tuzish “ertangi kun”ni, kelajakni anglamay turib bo‘lishi mumkin emas. Kelgusi zamon haqidagi elementar tushunchalaming shakllanishi hayotning uchinchi yiliga, ya’ni “qilaman”, keyinchalik esa yanada aniqroq bo‘lgan “keyin”, “ertaga”, “sal turib” kabi szlaming paydo bo‘lish davriga to‘g‘ri keladi. Psixologlar boladagi vaqt va fazoni idrok qilishdagi umumiylikni e’tirof qiladilar. Maxsus tadqiqotlar tushunchalardagi umumiylik bolaning dunyoni yagona vaqtli-fazoviy kompleksda aks ettira olish www.ziyouz.com kutubxonasi