olamiga baho berishga harakat qiladilar. 0 ‘rta va kichik bog‘cha yoshidagi bolalaidan farqli ravishda kattalaming ichki olamiga anchagina chuqur va differensiallashgan baho beradilar. Aniqlanishicha bolaning guruhda egallagan mavqei uning o‘ziga o‘zi beradigan bahosiga ta’sir etadi. Masalan, guruhdagi mavqei unchalik baland bo‘lmagan bolalarda o ‘ziga juda yuqori baho berish, aksincha guruhdagi mavqei ancha yaxshi bo‘lgan bolalarda o ‘zini past baholash tendentsiyasi kuzatiladi. Bog‘cha yoshining oxiriga kelib, bolaning atrofdagilarga beradigan bahosi ancha chuqur, to‘liq detallashgan va kengaytirilgan tus ola boshlaydi. Bu o‘zgarishlar shu bilan tushuntiriladiki, katta bog‘cha yoshidagi bolalarda odamlaming ichki olamiga qiziqish ortib boradi, ular baho berishda muhim bo‘lgan mezonlami o ‘zlashtirib boradilar, tafakkur va nutqlari rivojlanib boradi. Bog‘cha yoshidagi bolaning o‘ziga-o‘zi beradigan bahosida unda rivojlanib borayotgan g‘urur va uyat tuyg‘ulari ham aks etadi. 0 ‘zini-o‘zi anglashning rivojlanishi bolaning bilish va motivatsion sohalari shakllanishi bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Mana shu sohalaming rivojlanib borishi natijasida bola ham o ‘zini, ham o‘zi egallab turgan vaziyatni anglashga qodir bo‘la boshlaydi, ya’ni unda o‘zining ijtimoiy “men”ini anglash shakllanadi. Bu hodisa bolaning keyingi yosh bosqichiga o‘tishida hamda uning maktabga psixologik tayyorligida muhim rol o ‘ynaydi. Bog‘cha yoshining oxiriga kelib bolaning o‘zgalaiga va o‘z-o‘ziga beradigan bahosidagi mustaqillik, tanqidiy ruh ancha o ‘sadi. Bog‘cha yoshidagi bolaning motivatsion sohasi aktiv rivojlanib boradi. Kichik bog‘cha yoshidagi bolaning xulq— atvori ilk bolalik davrlarida unchalik farq qilmaydi. Bu davrda ham www.ziyouz.com kutubxonasi