bolalar asosan situativ emotsiyalari va xohish—istaklari ta’sirida harakat qiladilar, biror harakatni bajara turib ular nima uchun shunday qilayotganliklarini to‘liq tushunmaydilar va tushuntira olmaydilar. Katta bog‘cha yoshidagi bolalaming xatti —harakatlari ancha aniq tarzda ro‘y beradi. Har xil motivlar bog‘cha yoshining turli bosqichlaridagi bolalami aynan bir harakatni amalga oshirishga undaydi. Masalan, 3 yoshli bola o‘yinchoqlarini yuvishidan maqsadi suv o‘ynash bo‘lsa, 6 yoshli bolaning maqsadi o‘yinchoqlami toza qilish, onasiga yordam berishdan iborat bo‘la d i. Bog‘cha yosh davrida motivatsion sohada aynan shu daviga xos motivlar paydo bo‘ladi. Bular orasida bolaning kattalar olamiga bo‘lgan qiziqishi ularga o ‘xshashga harakat qilishi bilan bog‘liq motivlar ham mavjud. Maxsus tadqiqotlar (L.Z.Neverovich va b.)ning ko‘isatishicha, o‘z tabiatiga ko‘ra ijtimoiy bo‘lgan motivlar bog‘cha yoshidayoq ancha katta, hatto, shaxsiy manfaat va faoliyatning tashqi, protsessual tomonlariga qiziqish kabi motivlardan ham kattaroq undovchi kuchga ega bo‘lishi mumkin. Biroq tabiatan va mazmunan ijtimoiy bo‘Igan motivlar spontan ravishda tasodifiy, o’z-o’zidan yuzaga kelmay, balki kattalaming tarbiyalovchi ta’siri ostida shakllanadi. Demak, bog‘cha yosh davrida xulq-atvoming yangi motivlari paydo bo‘ladi. Bu motivlar muayyan o ‘zaro munosabatlarga kirishib, bir-biriga bog‘langan holda motivlar ierarxiyasini hosU qiladi. Motivlar ierarxiyasi bog‘cha yosh davridagi bolaning motivatsion sohasida paydo bo‘luvchi va uning rivojlanishida juda muhim o‘rin egallovchi tuzUma bo‘lib hisoblanadi. Motivlar ierarxiyasidagi motivlaming bir- biriga o‘zaro tobe bo‘lib bog‘langanligi tufayli bola muhim, lekin ancha zerikarli vazifani