Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi Z Nishanova, G
e’tibor bilan qarab, bu ish ramziy ma’noli tafakkur shakllanishining tayanchi, degan xulosaga keladi. Lekin bu xulosa vaziyatni aks ettirishning birdan-bir to‘g‘ri yo‘li ekanligini bildirmaydi. Shuning uchun narsaning nomini o‘zgartirish bilan bolada tarakkur va aql- zakovat o‘sishini kutish ham mantiqqa mutlaqo ziddir. Aslida narsalarni qayta nomlash emas, balki o ‘yin harakatlarining xususiyatini o‘zgartirish bolaning aqliy o‘sishiga sezUarii ta’sir o‘tkaza oladi. Darhaqiqat, o ‘yin faoliyatida bolalarda harakatning yangi ko‘rinishi, ya’ni uning fikriy, aqliy jihati namoyon bo‘ladi va shuning uchun o‘yin harakatlarini shakllantirish jarayonida bolada fikrlash faoliyatining dastlabki ko‘rinishi vujudga keladi. Bolaning aqliy knmol topishida yoki uning umumiy kamolotida o‘yinning muhim ahamiyat kasb etishi xuddi mana shu dalil orqali o ‘z ifodasini topadi. Bola o‘yin faoliyatida maktab ta’limiga tayyorlanib boradi, shu boisdan, unda aqliy harakatlaming yaqqol shakllari tarkib topa boshlaydi. RoUi o‘yin faqat alohida olingan psixik jarayon uchun ahamiyatli emas, balki bolada shaxs xususiyat va fazilatlarini shakUantirishda ham zarurdir. Binobarin, katta yoshdagi odamlar rolini tanlab, uni bajarish bolaning his-tuyg‘ularini qo‘zg‘atuvchilar bilan uzviy bog‘Uq holda namoyon bo‘ladi. Chunki o‘yin davomida bolada har xil xohish va istaklar tug‘ila boradi, bular boshqa narsalaming tashqi alomatlari, o‘ziga rom etishi sababli hamda bolaning ixtiyoridan tashqari, tengdoshlarining ta’siri ostida tug‘iladi. www.ziyouz.com kutubxonasi
M A K TA B G A C H A TA RBIY A Y O S H ID A M E H N A T N IN G
X U S U S IY A T L A R I
7.1. B o g ‘c h a yosh id a m e h n a t faoliyatining x u su siy atlari