Z nishanova, G. Alimova


ikkinchisida esa yasab bo‘lingan piramidalami xursandchilik bilan



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/170
tarix06.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#152672
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   170
Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi Z Nishanova, G

ikkinchisida esa yasab bo‘lingan piramidalami xursandchilik bilan
o‘ynayotgan bolalar aks ettirilgan. Bolalar bilan rasmlami muhokama
qilish ularda berilgan vazifani bajarish yoki bajarmaslik oqibatlari haqida
emotsional bo‘yoqdor tasawurlami vujudga keltiradi. Bu esa bolalami
berilgan vazifani oxirigacha bajarishga undaydi. A.V.Zaporojes
yozganidek, bola rivojlanib borar ekan, affektiv va bilish jarayonlari
o‘zaro aloqaga kirishadi hamda odamlaiga xos hissiyotlaming bir butun
funktsional tizimini hosil qiladi. Bu tizim sube’ktga o ‘z xatti-
harakatlarining oqibatlarini nafaqat oldindan ko’ra bilish, balki ayni
vaqtda his eta olish va shu tariqa faoliyatning murakkab shakllarini
adekvat emotsional boshqarish imkonini beradi.
Р.М. Yakobson ko‘rsatib o‘tganidek, maktabgacha yosh davrida
hissiyotning bola harakatlarini motivi sifatidagi roli o‘zgarib boradi. 3
yoshgacha bolaning harakatlari nima yoqimsiz-u, nima yoqimli ekanini
www.ziyouz.com kutubxonasi


anglashga asoslanadi. 3-4 yoshda boladagi jahl, qo‘rquv, qayg‘urish
darhol uni harakatga undaydi. U boshqa bola bilan urishadi, o‘yinchoqni
tortib oladi yoki kimgadir rahmi kelayotganini ko‘rsatadi. 4-5 yoshli
bola o‘z xarakatlarida hissiyotlarini bevosita namoyon etishdan o‘zini
tuta olishi yoki oliy hissiyotlariga asoslanib harakat qilishi mumkin.
Emotsiya va hissiyotlar boshqaruv funktsiyasini bajarib, bolaning xulq-
atvorini qayta qurishga yordam beradi. Emotsional kechinmalar, xatti-
harakatlami qo‘llab-quwatlaydi, yo‘naltiradi yoki tormozlaydi.
Bolaning xulq-atvorini o‘zgartirishga qaratilgan kattalaming ta’sirlari
va talablari bola tomonidan emotsinal qabul qilinsa, bola harakatlarining

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin