Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi Z Nishanova, G
qobiliyatiga ega ekanligidandir, degan fikiga asos bo‘la oladi. Rus psixologlari badiiy idrokning rivojlanishini shaxs rivojlanishining natijasi sifatida ko‘rishadi. U insonga tug‘ma ravishda berilmaydi. Bola san’at asarini aynan shu tarzda darhol idrok qila olmaydi; rivojlanishning dastlabki pog‘onalarida bola uchun unga nisbatan harakatli, utilitar munosabat xos (rasmdagi tasvimi bolalar ushlab, paypaslab ko‘radilar, uni ushlab ko‘radilar va h.). Biroq badiiy idrokning ilk kurtaklari bog‘cha yosh davrida namoyon bo‘la boshlaydi. Ta’lim va taibiya insonga xos bo‘lgan ushbu qobiliyatlaming rivojlanishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Frantsuz psixologi A.Bine va nemis psixologi V.Shtem bolalar tomonidan rasmlami idrok qilishning go‘yoki bir-birini to‘ldiruvchi va mazkur tartibdagina sodir bo‘luvchi bosqichlarini ishlab chiqadilar. A.Bine idrokning quyidagi bosqichlarini ajratadi: 1) predmetlami tarqoq tarzda hisoblash (3 yoshdan 7 yoshgacha); 2) rasmdagi predmetlar orasidagi aloqani ilg‘agan tarzda tahliliy idrok qilish bosqichi (o‘smirlik davridan). Shunga o‘xshash bosqichlami V.Shtem ham ko‘rsatgan. L.S.Vigotskiy eksperimental yo‘l bilan V.Shtem tomonidan ilgari surilgan idrok bocqichlari idrok qilishni emas, balki idrok hamda nutq rivojlanishining ma’lum bir bosqichidagi o‘zaro munosabatni izohlaydi, degan fikrni bildiradi. Badiiy idrokda — tasvirning mazmunini tushunishda asarning kompozitsiyasi, rasmning mazmuniy va strukturaviy mohiyatining muvofiq kelish darajasi katta ahamiyatga ega. Estetik idrok bolaning turli xil badiiy hamda kundalik faoliyati davomida rivojlanadi. Kattalar tomonidan to‘g‘ri yo’naltirilishi bog‘cha yosh davridayoq estetik idrokning ancha yuqori darajaga ko‘tarilishiga