Z nishanova, G. Alimova


Bog‘cha yoshidagi bolaning o‘ziga-o‘zi beradigan bahosida unda rivojlanib borayotgan g‘urur va uyat tuyg‘ulari ham aks etadi



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə43/98
tarix21.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#118734
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   98
Z. nishanova, G. Alimova

Bog‘cha yoshidagi bolaning o‘ziga-o‘zi beradigan bahosida unda rivojlanib borayotgan g‘urur va uyat tuyg‘ulari ham aks etadi.



  1. zini-o‘zi anglashning rivojlanishi bolaning bilish va motivatsion sohalari shakllanishi bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Mana shu sohalaming rivojlanib borishi natijasida bola ham o‘zini, ham o‘zi egallab turgan vaziyatni anglashga qodir bo‘la boshlaydi, ya’ni unda o‘zining ijtimoiy “men”ini anglash shakllanadi. Bu hodisa bolaning keyingi yosh bosqichiga o‘tishida hamda uning maktabga psixologik tayyorligida muhim rol o‘ynaydi. Bog‘cha yoshining oxiriga kelib bolaning o‘zgalaiga va o‘z-o‘ziga beradigan bahosidagi mustaqillik, tanqidiy ruh ancha o‘sadi. Bog‘cha yoshidagi bolaning motivatsion sohasi aktiv rivojlanib boradi. Kichik bog‘cha yoshidagi bolaning xulq— atvori ilk bolalik davrlarida unchalik farq qilmaydi. Bu davrda ham

www.ziyouz.com kutubxonasi





bolalar asosan situativ emotsiyalari va xohish—istaklari ta’sirida harakat qiladilar, biror harakatni bajara turib ular nima uchun shunday qilayotganliklarini to‘liq tushunmaydilar va tushuntira olmaydilar. Katta bog‘cha yoshidagi bolalaming xatti —harakatlari ancha aniq tarzda ro‘y beradi. Har xil motivlar bog‘cha yoshining turli bosqichlaridagi bolalami aynan bir harakatni amalga oshirishga undaydi. Masalan, 3 yoshli bola o‘yinchoqlarini yuvishidan maqsadi suv o‘ynash bo‘lsa, 6 yoshli bolaning maqsadi o‘yinchoqlami toza qilish, onasiga yordam berishdan iborat bo‘ladi.


Bog‘cha yosh davrida motivatsion sohada aynan shu daviga xos motivlar paydo bo‘ladi. Bular orasida bolaning kattalar olamiga bo‘lgan qiziqishi ularga o‘xshashga harakat qilishi bilan bog‘liq motivlar ham mavjud.


Maxsus tadqiqotlar (L.Z.Neverovich va b.)ning ko‘isatishicha, o‘z tabiatiga ko‘ra ijtimoiy bo‘lgan motivlar bog‘cha yoshidayoq ancha katta, hatto, shaxsiy manfaat va faoliyatning tashqi, protsessual tomonlariga qiziqish kabi motivlardan ham kattaroq undovchi kuchga ega bo‘lishi mumkin. Biroq tabiatan va mazmunan ijtimoiy bo‘Igan motivlar spontan ravishda tasodifiy, o’z-o’zidan yuzaga kelmay, balki kattalaming tarbiyalovchi ta’siri ostida shakllanadi.


Demak, bog‘cha yosh davrida xulq-atvoming yangi motivlari paydo bo‘ladi. Bu motivlar muayyan o‘zaro munosabatlarga kirishib, bir-biriga bog‘langan holda motivlar ierarxiyasini hosU qiladi. Motivlar ierarxiyasi bog‘cha yosh davridagi bolaning motivatsion sohasida paydo bo‘luvchi va uning rivojlanishida juda muhim o‘rin egallovchi tuzUma bo‘lib hisoblanadi.


Motivlar ierarxiyasidagi motivlaming bir- biriga o‘zaro tobe bo‘lib bog‘langanligi tufayli bola muhim, lekin ancha zerikarli vazifani bajarish uchun ayni damda unga qiziqarli bo‘lib ko‘ringan mashg‘ulotdan voz kechishi mumkin. Bog‘cha yosh davrida faoliyat motivlari ma’lum bir tizimga tushib, ayrim motivlar boshqalaridan ustun kela boshlaydi. Qanday motivning ustun kelishi bola hulq-atvorining yo‘nalishini belgUab beradi. Bog‘cha yosh davrida bola shaxsining o‘zagi endigina shakUanayotgan bo‘lsa ham shu davrdayoq bolalar hulq-atvorida ma’lum bir yo‘nalganlik kuzatUa boshlaydi. Bu

www.ziyouz.com kutubxonasi




Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin