Z nishanova, G. Alimova


Pertseptiv qobiliyatlar — talaba ichki dunyosiga kira bilish, kuzatuvchan bo‘lish



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə59/98
tarix21.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#118734
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   98
Z. nishanova, G. Alimova

Pertseptiv qobiliyatlar — talaba ichki dunyosiga kira bilish, kuzatuvchan bo‘lish;

www.ziyouz.com kutubxonasi




  1. Nutqiy qobiliyatlar —o‘z fikrini, his-tuyg‘usini nutq yordamida ifodalab bera olish;




  1. Tashkilotchilik qobiliyati —talabalar jamoasini uyushtira olish, jipslashtira olish, ishini tashkil etish;




  1. . Avtoritar qobiliyatlar —talabalarga bevosita emotsional-irodaviy ta’sir k rsata olish;




  1. Kommunikativ qobiliyatlar — talabalar bilan muloqot qila

olish;



  1. . Pedagogik xayol qobiliyati — pedagogik faoiiyat natijalarini oldindan ko‘ra bilish;




  1. Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati — bir vaqtning o‘zida diqqatni bir qancha faoliyatga talabaga qarata olish.



17.2. Fanni o‘qitishda o‘qituvchi qo‘Uaydigan uslubiy yondashuv turlari


BoMajak o‘qituvchilarda talabalik yillaridanoq darsni qanday uslubda o‘tishi haqida tasawurlar paydo bo‘ladi. Qanday uslubda dars o‘tishni har qaysi pedagog individual tanlaydi. Dars o‘tish uslubida pedagogning o‘z ishiga va talabalarga bo‘lgan munosabati aks etadi. Hozirgi kunda psixologiyada boshqarish, shu jumladan, dars jarayonini tashkil etish va boshqarishning uch uslubi ajratiladi. Quyida ushbu uch uslub va ularga xos xususiyatlar keltiriladi:
1.Avtoritar uslub: mashg‘ulotlaming maqsadi talabalarga har doim ham tushunarli bo‘lavermaydi; o‘qituvchi ozchilik talabalaming ism-familiyasini biladi; o‘qituvchi ko‘proq “kuchli talabalar” bilan muloqotga kirishadi; o‘qituvchi talabalaming bahosini pasaytirishga moyil bo‘ladi; o‘qituvchi uning faoliyatiga berilgan bahoni jahli chiqib qabul qiladi.



  1. Demokratik uslub: mashg‘ulotlaming maqsadi talabalaiga doim tushunarli bo‘ladi: o‘qituvchi ko‘pchilik talabalaming ism-familiyasini biladi; o‘qituvchi talabalar bilan muloqotga tanlovchan emas; o‘qituvchi talabalaming bilimini faoliyatini baholashda ob’ektiv yondashadi; o ‘qituvchi uning faoliyatiga berilgan bahoni qiziquvchanlik bilan qabul qiladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi




  1. Liberal uslub: mashg‘ulotlaming maqsadi talabalarga ko‘pincha tushunarli bo‘lmaydi; o‘qituvchi talabalarni odatda umuman bilmaydi; o‘qituvchi “kuchli talabalar” bilan yumshoq,, “kuchsiz talabalar” bilan qattiq muomalada bo‘ladi; o‘qituvchi “kuchli talabalar” bahosini oshirishga, “kuchsiz talabalar” bahosini pasaytirib yurishga moyil bo‘ladi; o‘qituvchi uning faoliyatiga berilgan bahoga befarq bo‘ladi.



Har bir uslub o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Masalan, demokratik uslubda dars o‘tilganda, talabalaming o‘z faoliyatidan qoniqishi yuqori b ladi. Qisqa vaqt ichida qat’iy qaror qabul qilish talab etilgan sharoitda avtoritar uslub ma’qulroq. Ammo avtoritar uslubda jazolash usullari haddan tashqari ko‘p qo‘llanadi. Shuning uchun vaziyat auditoriya, dars turi xususiyatlaridan kelib chiqib o’qituvchi u yoki bu uslubning ustun tomonidan foydalanish, zaif tomonlarini bartaraf etishi lozim.



Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin