hayotning turli bosqichlarida insonning real va potentsial imkoniyatlari qanday bo‘lishini aniqlash;
inson hayotining dastlabki bosqichlari uning kelgusidagi taraqqiyotida qanday rol o‘ynashini tushunish va ilmiy bashorat qilish.
Ushbu muammolami hal etish uchun inson hayotining har bir bosqichida —bolalik, o‘spirinlik, yetuklik va qarilikda uning psixikasida ro‘y bergan o‘zgarishlami chuqur o‘rganish talab etiladi. Ayrim o‘rinlarda bolalar psbcologiyasiga sinonim sifatida “genetik psixologiya” tushunchasi ishlatilmoqda. Bu holatni to‘g‘ri deb baholash mumkin emas. Chunki genetik psixologiya psixik jarayonlaming paydo bo‘lishi va rivojlanishini o‘rganadi. Bolalar psixologiyasining predmeti esa faqat psixik jarayonlar taraqqioyti bilangina cheklanib qolmaydi.
Psixologiya fani nazariyasi va amaliyoti ajralmas birlikni tashkil etadi. Albatta, ular o‘rtasida muayyan farqlar mavjud. 0 ‘rtadagi farq ulaming maqsadlari, konseptual apparati, metodologiyasi va ular doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarda yaqqol namoyon bo ladi.
Fundamental—nazariy tadqiqotlarning asosiy maqsadi amaliyot uchun bo‘lgan ahamiyatidan qa’ti nazar, psixik hodisalar haqidagi bilimlarni kengaytirib borishdan iborat. Amaliy psixologiya esa kundalik hayot bilan bog‘liq konkret muammolami hal etishga qaratilgan tadqiqotlarni o‘tkazadi. Fundamental tadqiqotlarda tadqiqotchi shaxsining ta sirisiz ham ilmiy metod o‘z vazifalarini bajaradi. Ammo amaliy psixologiyada psixolog shaxsi metodning ajralmas qismi boiib hisoblanadi. Nazariy izlanishlarda qo‘llanayotgan metodlarning ishonchliligi, validligi, reprezentativligi muhim ahamiyat kasb etsa, amaliy psixologiyada bular asosiy rolni o‘ynamaydi. Shunga qaramay, bola psixik taraqqiyotiga xos qonuniyatlar va nazariy bilimlami egallabgina haqiqiy professional mutaxassis-psixolog, tarbiyachi bo‘lib yetishish mumkin. L.F.Obuxova o‘rinli ta’kidlaganidek, bolalar psixologiyasi sohasidagi nazariy vazifalar hal etilgandan keyin ilmiy bilimlami amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari ham kengayadi.
Bolalar psixologiyasi fanining taraqqiyoti ikki asosiy yo‘nalishda kechadi: psixik taraqqiyot manbalari muammosining nazariy hal etilishi va bolalar psixikasini o‘rganishning yanada samaraliroq metodlarini qidirish. Psixik taraqqiyot manbalari muammolarini nazariy hal etish deganda ushbu muammo bilan shug‘ulangan asosiy psixologik maktablar va yo‘nalishlar vakillarining qarashlari tushuniladi. Bola psixikasini o‘rganishning yanada samarali metodlarini qidirish bolalar psixik taraqqiyotiga xos xususiyatlar haqida aniqroq axborot olishga xizmat qiladigan metodlami ishlab chiqishni anglatadi.