Bu metodika 1923 yilda S.C.Koss, tomonidan taklif etilgan boiib, fazoda ish tutish, diqqat, ziyraklik, qurish, yasash xususiyatlarini o‘rganishga moijallangan. Bu metodiloi D.Wechsleming (1939, 1955) metodikasiga aqlni tekshirish subtesti sifatida kiritilgan. Odatda uni kattalami tekshirishda qoilashadi, lekin bunday topshiriqlami bolalar ham qiziqib o‘ynaydilar. Bolalar berilgan namunaga ko‘ra kubiklardan figuralai yasashlari keralc(5-ilova).
Tajriba o'tkazish uchun bir xilda bo'jalgan plastmassia yoki yog‘och kubiklar kerak boiadi. Kubiklaming kattaligi 3x3 sm, shakli va rangi har xil figuralar chizilgan 10 ta rasm zamr. Sinaluvchi uchun ko‘rsatma: «Shunday figurani to‘rtta kubikdan yasab ko‘r». Rasmning birinchi namunasi ko‘rsatiladi va sinaluvchi taklif etilgan figurani kubiklardan yasay boshlaydi.
Kubiklami rasmning ustiga qo'yib, topshiriqni bajarish man etiladi. Vaqt hisobga olinadi. Topshiriqni bajarishning aniqligiga va uzoqligiga bogTiq ravishda miqdoriy baho qo‘yiladi.
Bog‘cha yoshidagi va boshlang‘ich sinfdagi boialar topshiriqni bajarishganda ozroq yordam berish mumkin. Bola agar qiynalsa, 1-2 figurani yasab ko‘rsatish kerak. Bunda eksperimentator faqatgina yasab ko‘rsatmasdan, qurish prinsipini ham tushuntiradi. Figurani yasab boTgach, eksperimentator kubiklami buzib tashlaydi va sinaluvchiga mustaqil kubiklami yasashni aytadi. Tadqiqot qarorida ko‘rsatilgan yordam va bajarilgan vaqt yozib qo‘yiladi.