MAKTABGACHA VA KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARGA BAG‘ISHLANGAN ASARLARIGA XOS XUSUSIYATLAR. Reja:
Zafar Diyorning “Mashinist” dostonida ilgari surilgan g‘oyalar. Zafar Diyorning she’riy asarlarida inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlaming ifodalanishi.
Shukur Sa’dulla hayoti va ijodi. Sh.Sahdulla ijodida hayotiy voqealaming haqqoniy badiiy tasviri; janr rang-barangligi va badiiy xususiyatlari, obrazlar talqini, tarbiyaviyligi, hayotiyligi.
Sulton Jo‘raning hayoti va ijodi. Shoiming ilmiy-ommabop mavzulardagi she’rlarida ifodalangan g‘oyalar haqida. Sulton Jo'raning vatanparvarlik mavzusida yozilgan asarlari tahlili.
Hakim Nazirning hayoti va ijodi. Hakim Nazirning Hakim Nazirning mehnat, odob-axloq, vatanparvarlik mavzulariga bag’ishlangan asarlarining ahamiyati haqida.
Mavzuga oid tayanch so’z va iboralar:Zafar Diyor, “Mashinist” , Shukur Sa’dulla , ilmiy-ommabop mavzulardagi she’rlari, Sulton Jo‘ra, Hakim Nazir, she’r,obraz, mavzusi va g’oyasi.
1-topshiriq: Zafar Diyor oʻzbek bolalar adabiyotida doston janrini boshlab bergan shoirlardan biri hisoblanadi („Mashinist“, „Kazbek“ va boshqalar). Bundan tashqari, bolalar dramaturgi hamdir. Uning „Baxtli yoshlik“, „Uch ogʻayni“ kabi asarlari mavjud. Ushbu asarlar tahlili.
2-topshiriq:
Yomgʻir yogʻaloq, Yam-yashil oʻtloq, Endi ekinlar Chiqarar quloq… Yomgʻirdan foyda Maysaga, donga. Yurt serob boʻlar, Oq bugʻdoy, donga.
Ekin oʻsdi yerlarda, Bugʻdoy pishdi qirlarda… Poliz toʻla bodring, Bogʻbon, tez uzib bering! – Sabr qiling siz andek, Soʻyib beray handalak.
Koʻk chirogʻi oy soʻndi, Barglarga shabnam qoʻndi. Tong oqarar ohista, Turar sakrab Shohista.
Daftari ochiq-sochiq, Qolgan vazifa chala. Soat yurar: chiq-chiq-chiq, Yechilmagan masala. Yana jiringlab soat, Toʻqqizga zang uradi. “Ivirsiqjon” betoqat – Endi shoshib turadi.