MAVZU: Hisoblashga va isbotlashga doir masalalar yechish.
TDPU Boshlang'ich ta'lim fakulteti 2-kurs 203-guruh óquvchisi Akmalova Dildoraning BMK fanidan tayyorlagan mustaqil ta'lim slaydi Geometriya materiallarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda ziyraklik, diqqat rivojlanadi. Ular geometrik shakllarni tasniflash, tabaqalashtirish, taqqoslashga o’rganadilar. O’lchash malakalarini egallash orqali ularda mustaqillik va ishonch rivojlantiriladi. Maktab geometriya kursining asosiy maqsadi o’quvchilarni mantiqiy tafakkur qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan ekan, shu maqsadni amalga oshirish uchun o’qish jarayonida bir qancha isbotlashga va hisoblashga doir masalalarni
yechish talab qilinadi. Gеоmеtriya so’zi grеkchа bo’lib, «gео» - yеr, «mеtriya» - o’lchаsh so’zlаridаn tаshkil tоpgаn.
Bu «yеrni o’lchаsh» dеgаn fikrni bildirаdi. Gеоmеtriyaning tеkislikdаgi shаkllаrining хоssаlаrini o’rgаnuvchi bo’limi plаnimеtriya dеb аtаlаdi. Gеоmеtriya fаnining vаzifаlаridаn biri shаkllаrni o’zаrо tаqqоslаsh mаsаlаsidir. Shаkllаrni o’zаrо tаqqоslаshdа ulаrning chizmаlаridаn
(tаsvirlаridаn) fоydаlаnilаdi. Shаkllаrning chizmаsini hоsil qilishni gеоmеtriyaning eng birinchi mаsаlаsi dеb аytish mumkin. Shаkllаrning bа’zi mа’lum хоssаlаridаn fоydаlаnib, uning yangi хоssаlаrini o’rgаnish gеоmеtriyaning umumiy vаzifаsidir.
Bugungi kunga kelib har bir fan o’qituvchisi kompyuterda mavzuga muvofiq dars materialiga mos keladigan qilib, estetik did bilan o’zi xoxlagandek namoyishlar qilishi, ko’rgazmalar tayyorlashi uchun to’liq imkoniyatlar mavjud. Bundan tashqari hozirda maktablarga barcha fanlar bo’yicha turli mavzularda tayyor dasturlar ham yetkazib berilmoqdaki, bulardan o’qituvchilar unumli foydalanishlari kerak. Geometrik masalalarning ayrimlarini yechilishi bilan tanishib chiqaylik. Ushbu masalalarning yechilish usullaridan 11-sinf geometriya darslarida foydalanish mumkin.
1-masala. K nuqtadan sferagacha bo‘lgan eng qisqa masofa 6 sm, eng uzoq masofa esa 16 sm. Berilgan sfera bilan chegaralangan shar katta doirasining yuzini hisoblang.
2-masala. Uchburchakli muntazam piramidaning balandligi 4 ga, asosining balandligi esa 4,5 ga teng. Piramidaning yon qirrasini toping
3-masala. Kesik konusga uchburchakli muntazam kesik piramida
Ichki chizilgan, ya’ni piramida asoslari kesik konus asoslariga
ichki chizilgan (95 – rasm).Kesik konus asoslarining radiuslari
2 sm va 5 sm, balandligi esa 4 sm ga teng. Piramidaning to‘la sirtini toping.
Foydalanilgan adabiyotlar 1. Sh. Nematova “Matematika fanini o‟qitishning nazariy masalalari va metodikasi”, “Tafakkur nashriyot” T.: 2011 2. S.Alixonov “Matematika o‟qitish metodikasi”. T.: “O‟qituvchi” nashriyoti- 2008 yil. 3. D.I.Yunusova “Matematikani o‟qitishning zamonaviy texnologiyalari” T.: “Fan” nash.-2010 yil.