Заголовок Lorem Ipsum



Yüklə 9,17 Kb.
səhifə2/2
tarix21.12.2023
ölçüsü9,17 Kb.
#188241
1   2
davlat byudjeti daromad manbalari va turlari

Davlat byudjetining daromadlar qismini to’ldirishning manba- laridan biri davlat byudjeti tizimida boshqa darajada turgan byudjetdan dotatsiyalar, subventsiyalar va subsidiyalar yoki mablag’larni qaytarilmaslik va tiklamaslikning boshqa shakllarida olinadigan moliyaviy yordamdir. Bunday moliyaviy yordamlar mablag’larni oluvchi davlat byudjetining daromadlarida o’z ifodasini topishi kerak. Jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar hukumatlaridan qaytarilmaydigan yoki tiklanmaydigan shaklda o’tkazilayotgan mablag’lar ham davlat byudjetining shunday daromadlari tarkibiga kiradi.

  • Davlat byudjetining daromadlar qismini to’ldirishning manba- laridan biri davlat byudjeti tizimida boshqa darajada turgan byudjetdan dotatsiyalar, subventsiyalar va subsidiyalar yoki mablag’larni qaytarilmaslik va tiklamaslikning boshqa shakllarida olinadigan moliyaviy yordamdir. Bunday moliyaviy yordamlar mablag’larni oluvchi davlat byudjetining daromadlarida o’z ifodasini topishi kerak. Jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar hukumatlaridan qaytarilmaydigan yoki tiklanmaydigan shaklda o’tkazilayotgan mablag’lar ham davlat byudjetining shunday daromadlari tarkibiga kiradi.
  • Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida Davlat byudjetining daromadlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantirilmoqda:
  • - soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar;
  • - davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar;
  • - meros, hadya huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari;
  • - yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushadigan qaytarilmaydigan pul tushum-lari;
  • - rezident-yuridik shaxslarga berilgan davlat byudjeti ssuda-larini va chet davlatlarga ajratilgan kreditlarni to’lash hisobidan to’lovlar;
  • - qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi.

O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti daromadlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantirilmoqda:
  • umumdavlat soliqlari, shu jumladan:

  • - yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i;
    - yagona soliq to’lovi;
    - jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;
    - qo’shilgan qiymat solig’i;
    - aksiz solig’i;
    - yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
    2. bojxona bojlari;
    3. qo’shimcha foyda solig’i;
    4. mahsulot taqsimotiga oid bitimlar bo’yicha foyda keltiradigan mahsulotdagi davlat ulushi; boshqa daromadlar.

Davlat byudjetining daromadlari 2020-yilning birinchi yarmida koronavirus pandemiyasi tufayli ortib boruvchi xarajatlardan orqada qoldi. Birinchi yarim yillikda Davlat byudjeti defitsiti 6 721,9 mlrd soʻmni tashkil etdi.
Byudjet daromadlari 58 157,0 mlrd soʻmni, yoki tasdiqlangan yillik koʻrsatkichga nisbatan 45,3 % ni, xarajatlari esa — 64 878,9 mlrd soʻmni, yoki YAIMning 25,4 %ini tashkil etdi. Umumiy xarajatlar tarkibida eng katta ulush ijtimoiy sohaga (taʼlim va sogʻliqni saqlash tizimlari) toʻgʻri kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan subventsiyalar, o’tkazib beriladigan daromad-lar, dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining daromadlari hisoblanadi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha qat’iy belgilangan soliq, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan pivo va o’simlik yog’i uchun aktsiz solig’i Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari daromadlariga o’tkazib beriladi.
Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar tasdiqlangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjeti, Toshkent shahri shahar byudjeti hamda tumanlar va shaharlar byudjetlari o’rtasida qayta taqsimlanishi mumkin.
O‘zining ijtimoiy-iqtisodiy belgisiga ko’ra davlat byudjeti daromadlari ikki guruhga bo’linishi mumkin:
- xo’jalik yurituvchi sub’yektlardan olinadigan daro-madlar;
- aholidan tushumlar.
Mulkchilik shakliga ko’ra davlat byudjeti daromadlari quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin:
- nodavlat sektordan olinadigan daromadlar;
- davlat xo’jaliklaridan olinadigan daromadlar;
- aholidan olinadigan mablag’lar.
Yüklə 9,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin