Заголовок презентации



Yüklə 12,66 Kb.
səhifə2/5
tarix25.12.2023
ölçüsü12,66 Kb.
#195548
1   2   3   4   5
Chaqaloqlik davrida his-tuyg\'uning o\'sishi (jonlanishi)

Yuqorida aytilgan reflekslardan tashqari, bolada bolada bir necha tug`ma tabiiy reflekslar ham uchraydi; emish refleksi og`ziga tushgan narsani so`rishga o`z ifodasini topsa qo`l kaftiga biror narsaning tegishi ushlash, chang solish reaktsiyasini vujudga keltiradi. o`zidan narsani itarish, uzoqlashtirish refleksi mavjudligini kursatadi va bu hol tovonga qandaydir jism tegishi bilan uni o`zidan uzoqlashtirishda namoyon bo`ladi. Psixolog V.S.Muxinaning fikricha, chaqaloqda tug`ilshiga qadar ham shartsiz reflekslar bo`lishi, unga homilalik paytidayoq o`z qo`lini so`rish imkonini yaratadi.

Tug`ilgan chaqaloqning vazni tez kamaya boradi. Buning sababi undan suyuqlik moddasining chiqib ketishi, vaznsizlik holatian atmosfera bosimiga, quyosh nuriga, turli xususiyatli moddalar ta`siriga, o`zgaruvchan havo haroratiga moslashish davrida ko`p kuch-quvvat sarflanishidir. Bu davrning kechishida chaqaloqlarning ham individual, sham jismoniy tafovutlari ko`zga tashlanadi. Oradan ko`p vaqt o`tmay chaqaloq vaznnining kamayishi tabiiy ravishda to`xtaydi va uning yangi muhitga moslashishi boshlanadi.

Kindik tushish davri organizmda keskin o`zgarishlar yuz berish pallasi hisoblanib, murg`ak organnning mustaqil yashayotganidan dalolat beradi. Chaqaloqning oldingi vazniga yetish davri hayotining birinchi o`n kunligiga to`g`ri keladi.


Chaqaloqning anotamik-fiziologik tuzilishini tahlil qilsak, uning suyak sisitemasida ohak moddasi va har xil tuzlar yetishmasligining guvohi bo`lamiz. Shu sababli suyak funktsiyasini ko`proq tog`ay to`qimalari bajaradi. Bosh suyaklari bolalarning ikki oyligida o`zaro qo`shilib ketadi. Bosh suyakning peshona va tepa qismlari o`rtasida liqildoq deb ataladigan qalin parda va teri bilan qoplangan oraliq mavjud bo`ladi. U bola bir yoshdan oshganidan keyin suyak bilan qoplanib boradi, lekin u haqiqiy suyak bo`lmaydi.

Chaqaloq nerv sistemasining yuksak darajada rivojlangan qismi, ya`ni bosh miya katta yarim sharlari tashqi ko`rinishi bilan katta odamnikiga aynan o`xshasa ham, aslida undan ko`p farq qiladi. Odamlarni o`zaro qiyoslasak, ajoyib manzarani ko`ramiz: miyaning og`irligi chaqaloq tanasining sakkmzdan bir va katta odamlarda esa qirqdan bir qismini tashkil etadi. Chaqaloqlarda bosh gavdaga nisbatan kattaroq ko`rinsada, u hali juda bo`sh, mukammallashmagan bo`ladi. Ularning organizmi jadal sur`at bilan o`sish davridan o`tadi. Bu davrda chaqaloqning og`irligi 3-5 kg bo`lishiga qaramay, miyasining og`irligi 300-350 grammni tashkil qiladi, xolos. Chaqaloqning miyasi xujayralarining miqdori, “ariq”chalarning yaqqol ko`zga tashlanmasligi, nerv xujayralri tarmog`i jihatidan katta odamlarning miyasidan farq qiladi.


Yüklə 12,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin