Bola bir oyga to`lgach o`zini parvarish qilayotgan odamga initiladigan, talpinadigan bo`ladi va buning misoli tariqasida uning kishilar orasida “o`z” kishisini tanishi va ajratishin aytish mumkin
Bola bir oyga to`lgach o`zini parvarish qilayotgan odamga initiladigan, talpinadigan bo`ladi va buning misoli tariqasida uning kishilar orasida “o`z” kishisini tanishi va ajratishin aytish mumkin.
Mazkur psixolog holatni N.L.Figurin va M.P. Denisovalar “jonlanish” deb ataganlar. Bu davrda, bolaning psixik dunyosida tetiklik, his-tuyg`usida esa atrof-muhitdan ta`sirlanisho`z aksini topadi. Ularning fikricha, bolaning katta yoshdagi odamlarga o`z munosabatini bildirishi uning bundan keyingi o`sishini belgilovchi bosqich vazifasini o`taydi.
Psixolog Ye.K.Kaverina bolaning tashqi ta`siriga javob bildirishini tadqiq qilib, unda odamning va jismlarga munosabat bir xilligini ta`kidlaydi. Uning fikricha, insonning aft-angoriga qarab ijobiy his-tuyg`ular uyg`onishi keyinchalik vujudga keladi.
Ta`sirga berilish va ta`sirlanishning mazkur shakli bola bilan kattalar o`rtasidagi aloqaning boshlang`ich ko`rinishi hisoblanadi. Shaxslararo aloqaning bu shakli chaqaloqlik davrining tugashi va ilk bolalikning boshlanishidan dalolat beradi.
Psixolog D.B.Elkonin nazariyasiga ko`ra chaqaloqlik davridan ilk bolalik, go`daklik davriga o`tishning o`ziga xos xususiyatlari mavjuddir.
Xulosa
Chaqaloqning sezgi organlari uning harakatiga qaraganda durustroq rivojlangan bo`ladi. Masalan, chaqaloq achchiqni shirindan, issiqni sovuqdan, ho`lni quruqdan farqlay oladi. Uning hid bilish organlari juda zaif bo`lishiga qaramay, burniga yoqimsiz hidli modda yaqinlashtirilsa, bezovtalanadi. Bola teri tuyush, haroratni his qilish, sezish, og`irlikni faxmlash, ta`m bilish sezgilari ham yetarli darajada rivojlangan bo`ladi.
Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr:
Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr:
А.V.Pеtrоvskiy. "YOsh psiхоlоgiya vа pеdаgоgik psiхоlоgiya". M.1979 yil.
"Umumiy psiхоlоgiya, yosh psiхоlоgiya vа pеdаgоgik psiхоlоgiya" kursi. 1982 yil.
V.А.Krutеskiy. "Pеdаgоgik psiхоlоgiya аsоslаri" T. "Ukituvchi".
V.А.Krutеskiy. "Ukuvchilаrning tаъlim vа tаrbiyasi psiхоlоgiyasi. 1976 yil.