Chaqaloqlik davrida his-tuyg\'uning o\'sishi (jonlanishi)
Chaqaloq nerv sistemasining yuksak darajada rivojlangan qismi, ya`ni bosh miya katta yarim sharlari tashqi ko`rinishi bilan katta odamnikiga aynan o`xshasa ham, aslida undan ko`p farq qiladi. Odamlarni o`zaro qiyoslasak, ajoyib manzarani ko`ramiz: miyaning og`irligi chaqaloq tanasining sakkmzdan bir va katta odamlarda esa qirqdan bir qismini tashkil etadi. Chaqaloqlarda bosh gavdaga nisbatan kattaroq ko`rinsada, u hali juda bo`sh, mukammallashmagan bo`ladi. Ularning organizmi jadal sur`at bilan o`sish davridan o`tadi. Bu davrda chaqaloqning og`irligi 3-5 kg bo`lishiga qaramay, miyasining og`irligi 300-350 grammni tashkil qiladi, xolos. Chaqaloqning miyasi xujayralarining miqdori, “ariq”chalarning yaqqol ko`zga tashlanmasligi, nerv xujayralri tarmog`i jihatidan katta odamlarning miyasidan farq qiladi.
Yuqoridagi fikrlarni isbotlashda harakat qilgan psixolog Ye.A.Arkinning ta`kidlashicha, -bola tug`ilishga harakat qilayotgan paytida uning miyasini bir xil kulrang massa tashkil etadi, uning nerv tolalarida mislin qobig`i bo`lmaydi.
His-tuyg`uning o`sishi (jonlanish).
Chaqaloqning hayoti qichqiriq sadosi bilan boshlanadi va bu ko`pincha shartsiz reflektor xususiyatidan kelib chiqadi. Dastlabki qichqiriq tovush orlag`i qisilishining bevosita mahsuli sifatida, organizmning tabiiy ehtiyoji natijasida vujudga keladi. Qisilish avval nafas olish refleksini ham boshqaradi. Shunga qaramay, mutaxxassis olimlarning fikricha, birinchi qichqiriq noxush his-tuyg`uning namoyon bo`lishidir. Qisilish tanglik (zo`riqish) tuyg`usining vujudga kelishidir. Shuning uchun chaqaloqdagi muskul reaktsiyasi bilan emotsional munosabatni farqlash ancha qiyin.
Qichqiriq noxush kechinma va sezgilarga javob tariqasida vujudga kelib, issiqqa, ochlikka va namlikka qarshilik vazifasini bajaradi. Chaqaloqni to`g`ri tarbiyalash jarayonida qichqiriq emotsional kechinmalarning yana bir turi yig`lashga aylanadi. Yig`lash bola jismniy og`riqni, ruhiy qayg`uni, iztirobni tabiiy aks ettirishining manbai bo`ladi, tashqi olam bilan aloqa o`rnatishning eng zarur vositasi sifatida chaqaloqning hayot faoliyatida alohida ahamiyat kasb etadi. U noxush tuyg`ularnigina aks ettirib qolmay, tabiiy ehtiyojzlarni qondirish mexanizmi sifatida xizmat qilishi mumkin.