Заголовок слайда



Yüklə 0,61 Mb.
tarix14.10.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#155043
z.S Him tex

Kimyoviy Texnologiyaning Jarayonlari va Qurilmalari fanidan Taqdimoti Qabul qildi: Xolmo’minova.D Tayyorladi: 451-21 Ziyatdinov.S

Mavzu:Konveksiya,Issiqlik berish.

  • Suyuqlik massasi turbulentligi qanchalik yuqori va uning zarrachalari jadal ravishda aralashtirilsa, konveksiya usulida issiqlik almashinish shunchalik intensiv buladi. Shunday qilib, konvektiv issiqlik almashinish, issiqlikning mexanik uzatilishi va suyuqlik harakati gidrodinamikasiga qattiq bog‘liqdir.
  • Issiqlik almashinish jarayonida qatnashayotgan suyuqlik ikki qatlamdan tashkil topgan, ya’ni chegaraviy qatlam va oqim o‘zagi (yadrosi) dan.
  • Oqim o‘zagi issiqlik o‘tish vaqtining o‘zida ham konveksiya, ham issiklik utkazuvchanlik usullarida amalga oshadi. Bunday issiqlik almashinish konvektiv issiqlik almashinish deyiladi

Konvektiv issiqlik almashinish sxemasi.

  • Issiqlikning qattiq jism yuzasidan suyuklik (yoki gaz) ga yoki suyuklik (yoki gaz) dan qattiq jism yuzasiga o‘tishi issiqlik berish deb nomlanadi.
  • Devor yuzasidan chegaraviy qatlam orqali energiya issiqlik o‘tkazuvchanlik usuli bilan o‘tadi. Chegaraviy qatlamdan esa, suyuqlik o‘zagiga energiya asosan konveksiya usulida uzatiladi. Issiqlik enyergiyasining devor yuzasidan suyuqlikka uzatilish jarayoniga oqimning harakat rejimi katta ta’sir qiladi.
  • Konvektiv issiqlik almashinish asosan 2 hil bo‘ladi, ya’ni erkin (yoki tabiiy) va majburiy konveksiya.
  • Suyuqlik hajmining turli nuqtalaridagi zichliklarning farqi tufayli ro‘y beradigan issiqlik almashinishga erkin konveksiya deyiladi. Bu jarayonga suyuqlikning fizik xossalari, uning hajmi, sovuq va issiq zarrachalari orasidagi temperaturalar farqi katta ta’sir ko‘rsatadi.
  • Butun suyuqlik hajmining tashqi kuchlari ta’siri natijasida ro‘y beradigan issiqlik almashinishga majburiy konveksiya deyiladi. Suyuqlikning harakati nasos, aralashtirgich, ventilyatorlar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Bu jarayonga suyuqlikning fizik xossalari, uning tezligi, kanalning shakli va o‘lchamlari salmoqli ta’sir etadi.
  • Issiqlik berishning asosiy qonuni - bu Nyutonning sovitish qonunidir.
  • Issiqlik almashinish yuzasi va suyuqlik (gaz) yoki suyuqlik (gaz) va issiqlik almashinish yuzasi orasida energiya o‘tishiga issiqlik berish deb nomlanadi.
  • tenglamadan issiqlik berish koeffisiyentining o‘lchov birligini keltirib chiqarish mumkin:
  • Agar, issiqlik almashinish yuzasi bo‘ylab issiqlik berish koeffisiyenti- ning qiymati o‘zgarmas (α = const) bo‘lsa, tenglama ushbu ko‘rinishni oladi:

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin