Zaharlanish sinflari (klassifikatsiyasi) Zaharlanish bir necha usullarda sinflarga taqsimlanadi: zaharlanish kelib chiqish asosida, klinikasi asosida va nozologik (kasallik to‘g‘risidagi ta'limot) asosida. Turli sabablar oqibatida zaharlanish turlari:
Tasodifiy zaharlanish - o‘zi bilmagan holda o‘zini-o‘zi davolash uchun dori moddalarni keragidan ortiq iste'mol qilish, ko‘p spirtli ichimliklar iste'mol qilish, dori moddalardan foydalanish (masalan: surtma dorilarni ichib yuborish) va shu kabi baxtsiz xodisalar.
Ko‘zda tutilgan vaziyatda sodir bo‘ladigan zaharlanish - o‘z-o‘zini o‘ldirish (suitsid) yoki qasddan o‘ldirish (kriminal) maqsadlar nazarda tutiladi. O‘zgalar mol-mulkini o‘g‘irlash va nomusga tegish kabi nojo‘yaliklar maqsadida sodir etiladigan zaharlanishlar ko‘zda tutiladi. Hozirgi vaqtda dunyoda har 100000 aholi hisobiga o‘rtacha 120 o‘limga olib kelmagan va 13 ta o‘limga olib keluvchi zaharlanish to‘g‘ri keladi.
Zaharlanish qay tarzda yuzaga kelganiga qarab:
Ishlab chiqarishga oid zaharlanish - Korxonada avariya yoki texnika xavfsizligi buzilishi oqibatida yuzaga keladigan zaharlanishlar.
Turmushda sodir bo‘ladigan zaharlanish - bu tur zaharlanish kishilarning kundalik hayotda ishlatiladigan kimyoviy va boshqa moddalarni noto‘g‘ri qo‘llanishi, dori moddalar va ximikatlarni noto‘g‘ri saqlash kabi ehtiyotsizliklar oqibatida sodir bo‘ladigan zaharlanishlar nazarda tutiladi.
Tibbiy zaharlanish - davolash muassasalarida shifokor yoki hamshira xatosi oqibatida dori moddalar dozasini oshirilishi va kasal organizmga noto‘g‘ri yuborilishi oqibatida sodir bo‘ladigan zaharlanishlar.
Peroral - ya'ni og‘iz bo‘shlig‘i orqali zaharlanish, bu guruhga ovqat mahsulotlaridan zaharlanish ham kiradi.
Ingalyasion - nafas yo‘li orqali zaharlanish, ko‘proq sanoatda turmushda havo yo‘li orqali organizmga zaharli gaz, chang holidagi moddalarni kirishi tushuniladi.
Perkutan - zahar moddalarni yo‘g‘on ichak orqali organizmga kirishi tushuniladi.