ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI
PEDAGOGIKA FAKULTETI BOSHLANG’ICH TA’LIM
YO’NALISHI 1-KURS TALABASI ABDILAMITOVA
DILAFRUZ SABITJON QIZI
ANNOTATSIYA
Maqolada buyuk shoir va davlat arbobi Zahiiriddin Muhammad Boburning shaxsiyatidagi o’ziga xos xislatlari, hayotiy prinsiplari, xalqparvarlik amallari haqida fikr yuritiladi.
KALIT SO’ZLAR: Zahiriddin Muhammad Bobur, shaxs,Umarshayx Mirzo, Qutlug’nigorxonim, Mubayyin.
Bobur-o’zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasining asoschisi, temuriy shoh bo’lgan. Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yili 14-fevralda andijonda tavallud topgan.Bobur o’z davrining buyuk shaxslaridan biri bo’lgan. Uning she’rlari, ruboiylari o’z vaqtida va hozir ham sevib o’qilmoqda. Otalari Umarshayx Mirzo, onalari Qutlug’nigorxonim. 6 ta xotini bo’lgan: Bibi Muboraka,Mohimbegim, Zaynab Sulton Begim, Oysha Sulton begim, Ma’suma Sulton Begim va Soliha Sulton Begim.
“Bobur turkey she’riyatida Alisher Navoiydangina keying o’rinda edi. U sof va nafosatli turkiyda devon targ’ib etdi. U nazm yo’lida “Mubayyin” atalmish asrini yaratib, shu bilan ko’pchilik tomonidan foydali deb topilgan islomiy huqushunoslikka doir ta’limotning muallifi bo’ldi, shuningdek, turkiydagi aruz vazni haqida benazir risola yozdi va “Risolayi volidiya” ni tarjima qildi. Uning bequsurlikda yagona hamda jo’n uslubda yozilgan “Vaqoye’ ” yoki “Tarixi turkiy” asari ham bor. U musiqa va o’zga san’atlarni g’oyatda nozik idrok etardi. “1 (“ Denison ross, ingliz olimi”).
Men Boburning quyidagi g’azalini judayam yaxshi ko’raman.
Jonimdin o’zga yor-u vafodor topmadim,
Ko’nglumdin o’zga mahrami asror2 topmadim.
Jonimdek o’zga jonni dilafgor topmadim,
Ko’nglum kibi ko’ngulni giriftor topmadim.
Usruk ko’ziga toki ko’ngul bo’ldi mubtalo,
Hargiz bu telbani yana hushyor topmadim.
Nochor furqati bila xo’y etmisham, netay,
Chun3 vaslig’a o’zumni sazovor topmadim.
Ular turli g’azal fazilatlar, maqtovga loyiq sifatlarga ega podshoh edi. Barcha sifatlari ichida shijoat va muruvvatpeshaligi ustun kelar edi.4
O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng o’z yurtida haqiqiy qadr-qimmatini topdi.Andijon shahrida Bobur nomidagi universitet, teatr, kutubxona, milliy bog’ (<>) barpo ettirildi. Shahar markazida va Bobur bog’idagi yodgorlik majmuyida shoirga haykal o’rnatildi.
Bobur 1530-yil 26- dekabrda Agrada vafot etdi. Keyinchalik, 1539-yili, vasiyatiga binoan, xoki Kobulga keltirildi.
Dostları ilə paylaş: |