36
5-masala. Uchta tangadan bittasi qalbaki va u boshqalardan
massasi bilan farqlanadi. Ikki marta toshsiz, pallali tarozida tortish
orqali qalbaki tangani qanday aniqlash mumkin?
Yechish. Tangalarni 1, 2 va 3 sonlari bilan nomerlaymiz.
1)
1 va 2 tangalarni tortamiz;
2)
Agar ularning massasi teng bo`lsa, u holda ikkala tanga
haqiqiy bo`lib, 3tanga qalbaki bo`ladi;
3)
Agar ularning massasi teng bo`lmasa, u holda ulardan biri
qalbaki bo`lib, uchinchi tanga esa haqiqiy bo`ladi;
4)
Qalbakiligi gumon qilinayotgan tangalarning biri bilan
haqiqiy tangani tortamiz. Masalan, 2 va 3 tangalarni tortamiz.
5)
Agar ularning massasi teng bo`lsa, u holda ikkala tanga
haqiqiy bo`lib, birinchi tanga qalbaki bo`ladi, aks holda esa 2 tanga
qalbaki bo`ladi.
Masalani yechish jarayonida qo`llanilgan mulohazalar zanjirini
quyidagi blok-sxema ko`rinishida ifodalash mumkin.
Dostları ilə paylaş: