33
6-§. TAROZIDA TORTISHGA DOIR MANTIQIY
MASALALARNI YECHISH USULLARI
Bu turdagi masalalarni yechish
asosida u yoki bu faktni
o`rnatish(haqiqiy tangalar ichidan qalbaki tangani aniqlash, massasiga
ko`ra yuklarni tartiblash va boshqalar) toshsiz, pallali tarozida amalga
oshiriladi. Ko`p hollarda masala shartida tortilayotgan ob’ektlar
sifatida tangalar ishlatilib, talab etilayotgan faktni ko`rsatilgan
miqdorda
tortishlar bajarib aniqlash, yoki talab etilayotgan faktni
o`rnatish uchun eng kam tortishlar sonini aniqlash talab etiladi.
Tangalardan qalbakisini topishga doir
masalalar shartida qalbaki
tanga massasi boshqa tangalar massasidan yengil yoki og`ir ekanligi
ko`rsatilgan bo`lsa, uni yechishda tortishlar soni kamayadi.
1-masala. Uchta tanganing bittasa qalbaki. Uning massasi boshqa
tangalar massasidan yengil. Toshsiz, pallali
tarozida bir marta tortish
orqali qalbaki tangani qanday aniqlash mumkin?
Yechish. Tarozining har bir pallasiga bittadan tanga qo`yamiz.
Quyidagi ikki hol bo`lishi mumkin:
1– hol. Tarozining har bir pallasiga qo`yilgan tangalar bir xil
massaga ega. Bu holda ularning ikkalasi haqiqiy bo`lib, chetga olib
qo`yilgan tanga qalbaki bo`ladi.
2– hol.Tarozining qaysi bir pallasiga qo`yilgan
tanganing
massasiyengil bo`lsa, u qalbaki bo`ladi.
2-masala. 9 ta tanganing bittasi qalbaki. Uning massasi boshqa
tangalar massasidan yengil. Toshsiz pallali tarozida ikki marta tortish
orqali qalbaki tangani qanday aniqlash mumkin?
Yechish: 9 ta tangani 3 ta dan qilib, 3 guruxga ajratamiz. Birinchi
tortishda 1- va 2- guruhlardagi 3 tadan tangalarni
tarozining har bir
pallasiga qo`yamiz. Bunda quyidagi ikki hol bo`lishi mumkin :
1– hol. Tarozi pallasiga qo`yilgan tangalar bir xil massaga ega.
Bu holda ikkala guruhdagi tangalar haqiqiy bo`lib, qalbaki tanga 3 –
guruhda bo`ladi.
34
2– hol. Agar ular bir xil massaga ega bo`lmasa, bu holda qaysi
guruhdagi tangalar massasi yengil bo`lsa, qalbaki tanga o`sha
guruhga tegishli bo`ladi.
Ikkala holda ham ikkinchi tortishda qalbaki tangani aniqlash
yuqoridagi 1- masala yechimiga keltiriladi.
Dostları ilə paylaş: