30
1) hech bo`lmaganda, bitta oq shar;
2) hech bo`lmaganda, bitta qora shar;
3) hech bo`lmaganda, bitta oq va bitta qora shar bo`ladi.
Yechish. 1) Ravshanki bu erda eng yomon hol biz xaltadan
doimo qora sharlarni tortib olishimiz bo`ladi. Bunda 3 ta sharni tortib
olganimizdan keyin ham biz oq sharni tortib ololmaymiz. Lekin 4 ta
sharni tortib olsak, u holda bu 4 ta sharlardan hech bo`lmaganda
bittasi oq shar bo`ladi.
2) Bu erda eng yomon hol biz haltadan doimo oq sharni tortib
olishimiz bo`ladi. Bunda 6 ta sharni tortib olganimizdan keyin ham
biz qora sharni tortib ololmaymiz. Lekin 7ta sharni tortib olsak, bu 7
ta sharlardan hech bo`lmaganda bittasi qora shar bo`ladi.
2-
masala. Xaltada bir xil o`lchamdagi 10 ta qo`ng`ir rang va 10 ta
qora rang paypoqlar bor. Xaltadan nechta paypoqni olgandan so`ng,
ular orasida bir juft bir xil rangdagi paypoqlar bo`ladi?
Yechish. Bu holda eng yomon hol biz xaltadan turli rangdagi
paypoqlarni olishimiz bo`ladi. Bunda 2 ta paypoqni olganimizdan
keyin ham biz bir xil rangdagi paypoqlarni ola olmaymiz (bunda biri
qo`ng`ir rang ikkinchisi qora rang paypoq bo`ladi). Lekin 3-olishda
qanday rangdagi paypoqni tortib olishimizdan qat’iy nazar, bu 3 ta
paypoqlar ichida bir xil rangdagi bir juft paypoq bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: