Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti mamadjanova ma



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/51
tarix26.10.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#66297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Mantiqiy, kombinatorik va nostandart masalalar

4-masala. Dilshod, Baxrom, Mo`ydin va Sobir sport zali oldida 
uchrashishga kelishishdi. Agar Sobir Dilshoddan oldin kelgan bo`lib, 
lekin birinchi bo`lib kelmagan bo`lsa, Baxrom esa eng keyin kelgan 
bo`lsa, bolalar uchrashish joyiga qanday ketma-ketlikda kelganligini 
aniqlang. 
Yechish. Masala modelini quramiz. Bu holda to`g`ri chiziq “vaqt 
chizig`i” vazifasini o`taydi. Bolalarni to`g`ri chiziqda ularning bosh 
harflari ko`rsatilgan nuqtalar bilan, hamda ularning oldin kelganlarini 
to`g`ri chiziqda chaproqda, keyin kelganlarini esa o`ngroqda 
belgilashga kelishib olamiz. So`ngra tartib bilan har bir shartni to`g`ri 
chiziqda belgilaymiz. 





1) 
2) 




- Sobir Dilshoddan oldin kelgan, 
demak S nuqta D nuqtadan 
chapda joylashadi; 
B nuqtani to`g`ri chiziqda belgilaymiz. Baxrom eng keyin kelganligi, 
hamda Sobir Dilshoddan oldin kelgan holda birinchi bo`lib 
kelmaganligi uchun B nuqta S va D nuqtalardan o`ngda joylashadi; 
- M nuqtani to`g`ri chiziqda belgilaymiz. Sobir birinchi bo`lib 
kelmaganligi va Bahrom eng qeyin kelganligi uchun M nuqta SD va 
DB kesmalarda tegishli emas, bo`lib S nuqtadan chapda joylashadi. 
Demak, Mo`ydin birinchi bo`lib kelgan. 
To`g`ri chiziqda nuqtalarning joylashishidan bolalar quyidagi: 
Mo`ydin, Sobir, Dilshod, Baxrom ketma-ketligida uchrashish joyiga 
kelishganligini aniqlaymiz. 
5-masala. Akrom do`stlarini tug`ilgan kuniga taklif etdi. 
Mehmonlardan Laziz Mahmuddan oldin, Vali Zokirdan keyin, 
Mahmud Zokirdan oldin, Salim Validan keyin tabriklagani kelishdi. 
Mehmonlar qanday tartibda kelishgan? 
Yechish: Masala modelini quramiz. Bu holda to`g`ri chiziq “oldin 
kelish chizig`ini” ifodalaydi. O`quvchilar bilan bolalarni to`g`ri 
chiziqda ularning bosh harflari ko`rsatilgan nuqtalar bilan, hamda 
ulardan oldin kelganini to`g`ri chiziqda chaproqda, keyin kelganni esa 
to`g`ri chiziqda o`ngroqda belgilashga kelishib olamiz. So`ngra 
masalaning har bir shartini to`g`ri chiziqda belgilaymiz: 
- Laziz Mahmuddan oldin kelgan, 
demak L nuqta M nuqtadan 
chapda joylashadi. 
- Mahmud Zokirdan oldin kelgan, demak M nuqta Z nuqtadan chapda 
joylashadi. 
- Agar Vali Zokirdan keyin kelgan bo`lsa, u holda Zokir Validan 
oldin kelgan bo`ladi, ya’ni V nuqta Z nuqtadan chapda joylashadi. 
- Agar Salim Validan keyin kelgan bo`lsa, u holda Vali Salimdan 
oldin kelgan bo`ladi, ya’ni V nuqta S nuqtadan chapda joylashadi. 












To`g`ri chiziqda nuqtalarning joylashishidan bolalar quyidagi: 
Laziz, 
Mahmud, 
Zokir, 
Vali, 
Salim 
ketma-ketligida 
mehmondorchilikka kelishganligini aniqlaymiz. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin