13
Masala shartiga ko`ra, o`quvchilar ismlari to`plami va
o`quvchilar egallagan o`rinlar to`plamiga egamiz. Birinchi to`plam
elementlarini B,K, va L nuqtalar (o`quvchilar ismlari bosh harflari)
bilan, ikkinchi to`plam elementlarini 1,2,3 sonlari (egallangan
o`rinlar) bilan belgilaymiz. Ular o`rtasidagi o`zaro bir qiymatli
moslikni kesmalar bilan tutashtiramiz. Agar to`plam elementlari
o`rtasida qaralayotgan moslik o`rinli bo`lmasa (inkori bo`lsa), u holda
ularni shtrix chiziqlar bilan tutashtiramiz.
Dastlab masala shartida
berilgan bog`lanishlar asosida graf yasaymiz, so`ngra berilgan
bog`lanishlardan keltirib chiqariladigan xulosalar zanjiriga asoslangan
holda yechimni ifodalovchi grafni hosil qilamiz. Grafdan Barno 3-
o`rinni, Lobar esa 2-o`rinni egallaganligini aniqlaymiz. Demak, Karim
1-o`rinni egallagan.
3-masala. Karim, Vali va Sobir ko`paytirish
jadvalini
o`rganmoqda. Ulardan biri 4 ga, ikkinchisi 6 ga, uchinchisi esa 7 ga
ko`paytirish jadvalini o`rganmoqda. Agar Vali 6 ga ko`paytirish
jadvalini bilsa, Karim esa 6 ga va 7 ga ko`paytirish jadvallarini bilsa,
bolalarning har biri nechaga ko`paytirish jadvalini o`rganmoqda?
Yechish. a) masalani xulosalar zanjiri qurish yo`li bilan yechamiz.
Vali 6 ga ko`paytirish jadvalini biladi, demak, u 4 ga yoki 7 ga
ko`paytirish jadvalini o`rganishi kerak. Karim 6 ga va 7 ga
ko`paytirish jadvalini biladi demak, u 4 ga ko`paytish jadvalini
o`rganayotgan bo`ladi. U holda Vali 7 ga ko`paytirish jadvalini
o`rganayotgan bo`ladi. Demak, Sobir 6 ga ko`paytirish jadvalini
o`rganmoqda.
b)
Masalani graflar
yordamida yechamiz.
К
V
S
4
6
7
K
V
S
4
6
7
14
Masala shartiga ko`ra, o`quvchilar ismlari to`plami va ular
o`rganayotgan ko`paytirish jadvali to`plamiga egamiz. Birinchi
to`plam
elementlarini K, V va S nuqtalar (o`quvchilar ismlari
boshharflari) bilan, ikkinchi to`plam elementlarini 4,6,7 sonlari
(ko`paytirish jadvali o`rganila- yotgan sonlar)
bilan belgilaymizUlar
o`rtasidagi moslikni kesmalar bilan tutashtiramiz. Agar to`plam
elementlari o`rtasida qaralayotgan moslik o`rinli bo`lmasa (inkori
bo`lsa), u holda ularni shtrix chiziqlar bilan tutashtiramiz. Dastlab
masala shartida berilgan bog`lanishlar asosida graf yasaymiz, so`ngra
berilgan bog`lanishlardan keltirib chiqariladigan
xulosalar zanjiriga
asoslangan holda echimni ifodalovchi grafni hosil qilamiz. Grafdan
Karim 4 ga ko`paytirish jadvalini, Vali esa 7 ga ko`paytirish jadvalini
o`rganayotganligini aniqlaymiz. Demak, Sobir 6 ga ko`paytirish
jadvalini o`rganmoqda.
c) o`quvchilarda yuqorida ko`rib o`tilgan ikki usul bilan bu
turdagi mantiqiy masalani yechish ko`nikmalari
tarkib toptirilgach,
endi uni jadvallar tuzish yo`li bilan yechishga o`tish mumkin.
Jadvalni to`ldirishga kirishishdan oldin o`quvchilar bilan “Bolalar
qaysi songa ko`paytirish jadvalini o`rgatayotgan bo`lsa “+” belgisi,
o`rganmayotgan bo`lsa “-” belgisini qo`yishga kelishib olamiz
Karim
Vali
Sobir
4 ga ko`paytirish
Dostları ilə paylaş: