+
6 ga ko`paytirish
-
-
+
7 ga ko`paytirish
-
+
Masala shartiga ko`ra Vali 6 ga ko`paytirish jadvalini biladi.
Demak, u 6 ga ko`paytirish jadvalini o`rganmaydi. U holda “6 ga
ko`paytirish” satri va “Vali” ustuni kesishish katakchasiga “-”
belgisini qo`yamiz.
Shu tariqa masala shartida berilgan, shuningdek, ulardan keltirib
chiqariladigan xulosalar zanjiri qurib, jadvalni to`ldiramiz:
- Karim 6 ga va 7 ga ko`paytirish jadvalini biladi. Bundan u ushbu
sonlarga ko`paytirish jadvallarni o`rganmaganligi uchun mos
15
katakchalarga “-” belgilarini qo`yamiz. Demak, Karim 4 ga
ko`paytirish jadvalini o`rganayotgan bo`ladi. “+” belgisini qo`yamiz.
- U holda Vali 7 ga ko`paytirish jadvalini o`rganayotgan bo`ladi.
“+” belgisini qo`yamiz.
- Agar Karim 4 ga ko`paytirish, Vali 7 ga ko`paytirish jadvalini
o`rganayotgan bo`lsa, u holda Sobir 6 ga ko`paytirish jadvalini
o`rganayotgan bo`ladi. “+” belgisini qo`yamiz.
Jadvaldan Karim 4 ga ko`paytirish, Vali 7 ga ko`paytirish, Sobir
esa 6 ga ko`paytirish jadvalini o`rganayotganligini aniqlaymiz.
4-masala.
Uchta
o`qituvchi
Barno Xamidovna, Ra’no
Dolimovna, Zaxro Karimovnalar uchta turli fandan(matematika,
biologiya va kimyo) Andijon, Namangan va Farg`ona shaharlaridagi
maktablarda dars beradilar.
Agar quyidagilar ma’lum bo`lsa:
1) Barno Hamidovna Andijonda, Ra’no Dolimovna Farg`onada
ishlamaydi;
2)Andijonlik o`qituvchi matematika fanidan dars beradi;
3)Farg`onada
yashovchi o`qituvchi kimyo
fanidan dars beradi;
4) Ra’no Dolimovna va
Zahro
Karimovnalar
biologiya
fanidan
dars
bermaydi, ularning har biri
qaysi shaharda va qanday
fandan
dars
berishini
aniqlang?
Yechish: Masala modelini quramiz. Masala shartiga ko`ra uchta
to`plamni: o`quv fanlari, shaharlar va o`qituvchilar to`plamini ajratish
mumkin bo`lib, har bir to`plam uchtadan elementga ega. Bu
elementlarni nuqtalar-grafning uchlari qilib belgilaymiz. Masala
shartidan kelib chiqqan holda bu nuqtalarni kesmalar bilan (agar
A
N
F
Kimyo
Biol
Mat
B.H R.D Z.K
16
elementlar o`rtasida berilgan moslik o`rinli bo`lsa) yoki shtrix chiziq
bilan (agar moslik o`rinli bo`lmasa) tutashtiramiz.
Birinchi shartdan “Barno Hamidovna Andijonda, Ra’no
Dolimovna Farg`onada ishlamaydi” foydalanib, (B.H.,A.) va (R.D.,F.)
nuqtalarni shtrix chiziqlar bilan tutashtiramiz. Ikkinchi shartdan
Andijonda yashovchi o`qituvchi matematika fanidan dars berishi
ma’lum, demak(A.,Mat.) nuqtalarni kesma bilan tutashtiramiz.
Uchinchi shartdan Farg`onada yashovchi o`qituvchi kimyo fanidan
dars berishi ma’lum, shuning uchun (F.,Kimyo) nuqtalarni kesma
bilan tutashtiramiz. To`rtinchi shartdan Ra’no Dolimovna va Zahro
Karimovnalar biologiya fanidan dars bermasligi ma’lum, demak
(R.D.,Biol.) va (Z.K.,Biol) nuqtalarni shtrix chiziqlar bilan
tutashtiramiz.
Biologiya
fanidan
kim
dars
berishini
aniqlaymiz: bu Ra’no
Dolimovna ham, Zahro
Karimovna
ham
bo`lmagani uchun, ushbu
fandan Barno Hamidovna
dars berishi kelib chiqadi
(B.X.,Biol.) nuqtalarni kesma bilan tutashtiramiz. Biologiya fani
o`qituvchisi qaysi shaharda yashashini aniqlaymiz. Masala shartiga
ko`ra Andijonda yashovchi o`qituvchi matematikadan, Farg`onada
yashovchi o`qituvchi kimyodan dars beradi. Demak, biologiya fani
oq’ituvchisi Namanganda yashaydi. (N.,Biol.)nuqtalarni kesma bilan
tutashtiramiz.
O`quvchilar e’tiborini uchi (B.X.,N.Biol) nuqtalarda bo`lhan
uchburchakka qaratamiz. Unda kesma bilan tutashtirilgan ikkita
tomon mavjud, demak, uchinchi tomonini ham kesma bilan
tutashtiramiz. (ya’ni agar Barno Hamidovna biologiya fanidan dars
berib, biologiya fani o`qituvchisi esa Namanganda yashasa, u holda
Barno Hamidovna Namanganda yashaydi). Bir vaqtning o`zida
A
N
F
Kimyo
Biol
Mat
B.H R.D Z.K
17
(R.D.,N.) va (Z.K.,N) nuqtalarni shtrix chziqlar bilan tutashtiramiz,
chunki Barno Hamodovna Namanganda yashasa, u holda Ra’no
Dolimovna va Zahro Karimovnalarning Namanganda yashamasligi
kelib chiqadi.
Masala shartiga ko`ra Ra’no Dolimovnaning Farg`onada
yashamasligini ma’lum. Shuningdek, u Namanganda ham
yashamasligini (u yerda Barno Hamidovna yashaydi) keltirib
chiqardik. Demak, Ra’no Dolimovnaning Andijonda yashasligi kelib
chiqadi. (R.D.,A) nuqtalarni kesma bilan tutashtiramiz. Lekin Andijon
shahrida yashovchi o`qituvchi matematika fanidan dars berishi
ma’lum. Bu kesma ham chizmada ko`rsatilgan. Uchlari (R.D.,A.,Mat.)
nuqtalarda bo`lgan uchburchakning ikki tomoniga kesma o`tkazilgan,
demak uchinchi tomoniga ham kesma o`tkazamiz. ya’ni agar Ra’no
Dolimovna Andijonda yashasa va Andijonda yashovchi o`qituvchi
matematika fanidan dars bersa, u holda Ra’no Dolimovna matematika
fanidan dars beradi. (R.,D.,Mat) nuqtalarni kesma bilan tutashtiramiz.
Bir vaqtning o`zida (Z.K.,A) va (Z.K.,Mat.) nuqtalarni shtrix chiziqlar
bilan tutashtiramiz.
Zahro Karimovna to`g`risida quyidagi ma’lumotlarga ega bo`ldik:
Zahro Karimovna Namanganda ham (u yerda Barno Hamidovna
yashaydi) va Andijonda ham yashamaydi (u yerda Ra’no Dolimovna
yashaydi). Demak Zahro Karimovna Farg`onada yashaydi. (Z.K.,F.)
nuqtalarni kesma bilan tutashtirilib, uchlari (Z.K.,F.,Kimyo)
nuqtalarda bo`lgan va ikki tomoni kesmalar bilan tutashtirilgan
uchburchak hosil qilamiz. Demak, uchinchi tomonga ham kesma
o`tkazamiz. (ya’ni agar Zahro Karimovna Farg`onada yashasa va
Farg`onada yashovchi o`qituvchi kimyo fanidan dars bersa, u holda
Zahro Karimovna kimyo fanidan dars beradi). (Z.K.,,Kimyo)
nuqtalarni kesma bilan tutashtiramiz.
Masalaning javobi grafda uchburchaklar bilan ko`rsatilgan:
-Barno Xamidovna Namanganda yashaydi va biologiya fanidan
dars beradi;
18
- Ra’no Dolimovna Andijonda yashaydi va matematika fanidan
dars beradi;
- Zaxro Karimovna Farg`onada yashaydi va kimyo fanidan dars
beradi.
Dostları ilə paylaş: |