50
II BOB. QONUNIYATLARNI TOPISH VA ARIFMETIK
HISOB-KITOB TEXNIKASIGA DOIR MASHQLARNI
YECHISH USULLARI
1-§. QONUNIYATLARNI TOPISHGA DOIR MASHQLARNI
YECHISH USULLARI
Boshlang`ich sinf o`qituvchisi matematikadan ta’lim jarayonini
tashkil
etar ekan, o`quvchilar bajara oladigan aqliy operasiyalar:
taqqoslash, umumlashtirish, klassifikasiyalash(sinflarga ajratish),
abstraktlashtirish
va
konkretlashtirishga
tayangan
holda
o`rganilayotgan ob’ekt, hodisa, vaziyat
va jarayonlarning miqdoriy
xarakteristikalari orasidagi bog`lanishlarni o`rnatib, ularni matematik
simvollar bilan ifodalaydi.
Qonuniyatlarni topishga doir mashqlar boshlang`ich sinf
o`quvchilarining aqliy qobiliyatlarini
rivojlantirishda muhim rol
o`ynab, ularni bilish faoliyati samaradorligini orttirishga ijobiy ta’sir
o`tkazadi. Shuning uchun quyida ana shu turdagi mashqlar va ularni
yechish usullarini ko`rib o`tamiz.
1.
TAQQOSLASHGA DOIR MASHQLAR
Taqqoslash-o`rganilayotgan ob’yektlarning o`xshashlik yoki
farqli tomonlarini(xossalarini) fikran ajratish va tafakkurda o`rnatish
usulidir. Taqqoslash tadqiqot usuli sifatida ob’ektlarga
tegishli
matematik xossalarni o`rganish uchungina emas,
balki bu xossalarni
o`rnatishda xam qo`llaniladi.
Taqqoslash usulini qo`llashda quyidagi talablar bajarilishi zarur:
1. Bir-biri bilan ma’lum aloqa va bog`lanishlarga ega bo`lgan
ob’ektlarni taqqoslash mumkin, ya’ni taqqoslash ma’noga
ega bo`lishi zarur. Ob’ektlarning turli
xossalarini ifodalovchi
miqdorlarni taqqoslash mumkin emas.
2. Taqqoslash reja asosida amalga oshirilishi kerak, ya’ni
taqqoslash bosqichlari, xossalari aniq belgilanishi zarur.
51
3. Matematik ob’ektlarni bir xil xossalari bo`yicha
taqqoslash
to`la,
ya’ni oxirigacha yetkazilgan bo`lishi lozim, ya’ni
taqqoslanayotgan xossa bo`yicha ob’ektning barcha xossalari tadqiq
etilishi kerak.
1-misol. Quyidagi matematik ifodalar berilgan: 1+6 va 3+4.
Ularni o`zaro taqqoslang.
Yechish: 1) bir xil qo`shish
amali bajarilmoqda;
2) birinchi qo`shiluvchilar ikkinchi qo`shiluvchilardan kichik;
3) birinchi qo`shiluvchilar toq sonlar, ikkinchi qo`shiluvchilar
esa-juft sonlardir;
4) har bir ifoda ikkita qo`shiluvchidan iborat;
5) ifodalarning son qiymatlarti teng.
Dostları ilə paylaş: