54
1. Klassifikasiya faqat bitta asos (muhim belgi) bo`yicha amalga
oshiriladi. Masalan, natural sonlar to`plamini
juft yoki toq sonlar
to`plami yoki bo`lmasa tub va murakkab sonlar top’lami guruhlariga
ajratish mumkin.
2. Bitta element bir vaqtning o`zida ikkita guruhga tegishli
bo`lishi mumkin emas. Masalan, natural son
faqat juft yoki faqat toq
bo`lishi mumkin.
3. Klassifikasiya bajarilgandan so`ng barcha predmetlar faqat bir
sinfga tegishli bo`lishi shart.
MASHQLAR
1. 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,13,14,15,16,17,18,19,20
sonlari
berilgan. Bu sonlarni ikki xil usul bilan guruhlarga ajrating.
2. 22,35,48,51,31,45,27,24,36,20 sonlari ikki guruhga: juft sonlar
va toq sonlar guruhiga ajratilgan. Qaysi satrda guruhlarga ajratish
to`g`ri bajarilgan?
a) 31,35,27,45,22,51 48,24,20,36
b) 31,35,27,45,51 22,27,20,24,36,48
c) 27,31,35,45,51 20,24,22,36,48
d) 26,31,36,35,45,51 20,24,22,48
3. Quyidagi sonlar 19,18,37,89,17,38,16,88,86
qanday xossalarga
asosan 3 ta va 4 ta guruhga umumlashtirilgan?
a)
b)
4.ABSTRAKTLASHTIRISH VA KONKRETLASHTIRISHGA
DOIR MASHQLAR
Abstraktlashtirish - qaralayotgan predmetlar va munosabatlar
sinfini o`rganish asosida umumlashtirish natijasida keltirib chiqarilgan
muhim xossalarni boshqa muhim bo`lmagan xossalardan fikran ajratib
16,17,18,19
37,38
86,88,89
19,89
18,38,88
17,37
16,86
55
olishdir.
Demak
abstraktlashtirishni
umumlashtirishsiz,
yani
abstraktlashtirilishi lozim bo`lgan umumiy, muhim xossani ajratishsiz
amalga oshirib bo`lmaydi.
Umumlashtirish va abstraktlashtirish
matematik tushunchalarni
tarkib toptirish jarayonida, tasavvurlardan tushunchaga o`tishda keng
qo`llaniladi va induksiya bilan birga evristik usulni tashkil etadi.
Konkretlashtirish
umumiylikdan-yakkaga,
kengroq
umumiylikdan torroq umumiylikka o`tishdir. Demak,
agar matematik
tushunchalarni
tarkib
toptirishda
umumlashtirish
va
konkretlashtirishdan foydalanilsa, konkretlashtirish asosida esa tarkib
toptirilgan tushunchalar yordamida konkret holatlar o`rganiladi.
Dostları ilə paylaş: