88
Ikkinchi bola birinchi va uchinchi bolaga ularda nechta olma
bo`lsa, shuncha olma bergandan so`ng birinchi bolada 4 ta olma hosil
bo`lib, uchinchi bolada 16 ta olma hosil bo`lgan. Ular ikkinchi
boladan mos ravishda 2 ta va 8 ta olma olishgan. Ikkinchi bolada 4 ta
olma, qolgan bo`lib, bu vaqtga qadar unda 4+2+8=14 ta olma bo`lgan.
(1-jadval, 2-qadam)
Birinchi bola ikkinchi va uchinchi bolaga ularda nechta olma
bo`lsa, shuncha olma berganidan so`ng ikkinchi bolada 14 ta olma,
uchinchi bolada esa 8 ta olma hosil bo`lgan.
Bundan esa, ular birinchi boladan mos ravishda 7 ta va 4 ta olma
olishgani kelib chiqadi. Birinchi bolada 2 ta olma qolgan bo`lib, bu
vaqtga qadar unda 2+7+4=13 ta olma bo`lgan. (1-jadval 1-qadam)
Demak, dastlab birinchi bolada 13 ta olma, ikkinchi bolada 7 ta
olma, uchinchisida esa 4 ta olma bo`lgan.
Javob. Birinchi bolada 13 ta, ikkinchi bolada 7 ta, uchinchi bolada
4 ta olma bo`lgan.
Dostları ilə paylaş: