MASALALAR
Kichik maktab yoshidagi o`quvchilar uchun mo`ljallangan
quyidagi masalalarni yuqorida ko`rib o`tilgan usullarni qo`llab
yeching
1.Agar birinchi qatorda 8ta toshchalar biri ikkinchisidan 2sm
masofada joylashtirilgan bo`lib, ikkinchi qatorda 15 ta toshchalar biri
ikkinchisidan 1sm masofada joylashtirilgan bo`lsa, qaysi qator uzun
bo`ladi ? Javobni asoslang.
2. Arqon 6 joyidan qirqilgan bo`lsa, nechta bo`lak hosil qilingan
bo`ladi?
3. Kiyim tikuvchida 24m li gazlama bo`lib, u har kuni 3m
gazlamani qirqib olib ishlatadi. Necha kundan so`ng u ohirgi bo`lakni
kesib oladi?
4. 24ta ustunni bir qatorga har 2m ga bittadan qilib ko`mib
chiqilib, devor o`rnatilgan bo`lsa, bu devorning uzunligini toping.
5. Yugurish yo`lkasi chetiga ustunlar o`rnatilgan. Agar start
birinchi ustun yonidan berilgan bo`lib, 12minutdan so`ng yuguruvchi
4-ustun yonida bo`lgan bo`lsa, startdan so`ng necha minutdan keyin u
7-ustun yonida bo`ladi? Yuguruvchining tezligi o`zgarmasdir.
91
6. Yog`och hodaning uzunligi 7m. Bir minutda hodadan uzunligi
1m bo`lgan g`ola kesib olinsa, necha minutdan so`ng hodani kesishni
tugatish mumkin?
7. 4 ta yog`och hodaning har birini 5 bo`lakka bo`lish kerak. Agar
har bir kesish uchun 2 min. vaqt sarflansa bu ishni bajarish uchun
qancha vaqt kerak bo`ladi?
8. Bolalar birinchi qatorga 6ta soldatchani birini ikkinchisidan
5sm dan masofada joylashtirishdi. Ikkinchi qatorga esa 8ta soldatchani
3sm dan masofada qilib joylashtirishdi. Hosil qilingan qatorlarning
qaysi biri va necha sm.ga uzunligini aniqlang ?
9. 10mli lenta qirqilib teng bo`laklarga bo`lindi va qizlarga
tarqatildi. Agar qirqish 4marta bajarilgan bo`lsa nechta qiz lentaga ega
bo`ladi? Har bir hosil bo`lgan lentaning uzunligi qancha?
10. Zinapoyada 9 ta zina bor. Mansur zinapoyaning o`rtasida
turgan bo`lsa, u nechanchi zinada turibdi?
11. Sinf o`quvchilari juft-juft bo`lib oshxonaga ketishayotganda
Karim juftlikda ketaturib oldiga qarab 9 juftni, so`ngra qayrilib qarab
5 ta juftni sanadi. Sinfning nechta o`quvchisi juftlikda oshxonaga
ketmoqda ?
12. Alisher 5-qavatda yashaydi. Zinadan piyoda bir qavat
ko`tarilishi uchun u yarim minut vaqt sarflaydi. Maktabdan qaytgan
Alisher xonadoniga ko`tarilishi uchun qancha vaqt sarflaydi?
13. 9 ta qog`oz varag`i bor edi. Ulardan bir nechtasi uch qismga
qirqilgandan so`ng varaqlar soni 15 ta bo`ldi. Nechta qog`oz varag`i
qirqilgan?
14. 7 ta qog`oz varag`i bor edi. Ulardan 4 tasi 3 qismga
qirqilgandan so`ng, jami varaqlar soni nechta bo`ladi?
15. Uzunligi 10 m va 4 m bo`lgan to`g`ri to`rtburchakli maydonni
perimetri bo`yicha simni tarang qilib tortish uchun har 2 m dan so`ng
qoziq qoqildi. Maydonning atrofini o`rab olish uchun nechta qoziq
qoqishga to`g`ri keladi?
16. 18 ta kesishlardan so`ng 20 ta g`o`lani hosil qilish uchun
nechta yog`och xodani kesish zarur?
17. Ayiqlar yog`och xodani arraladilar. Agar ular 10 ta arralashni
bajargan bo`lsa, nechta g`o`lalar hosil bo`lgan?
18. Ayiqlar ikkita uchi mahkamlangan yog`och xodani
arraladilar. Agar 10 ta g`o`la uzilib tushib, 2 ta g`o`la mahkamlangan
bo`yicha qolgan bo`lsa, ayiqlar nechta arralashni bajarganlar?
92
19. Ayiqlar bir nechta yog`och xodani arraladilar. 10 ta arralashda
16 ta g`o`la hosil qilingan bo`lsa, nechta yog`och xoda arralangan?
20. Magazindan ona jami 25 ta bo`lgan olma va noklardan sotib
oldi. Agar noklar soni mevalar sonining beshdan bir qismini tashkil
etsa, nechta nok va nechta olma sotib olingan?
21. Ko`zada choynakdan ko`ra 5 barobar ko`p suv bor, choynakda
esa ko`zadan 8 stakan kam suv bor. Ko`zada qancha suv bor?
22. Zavodda 3 g`ildirakli bolalar velosipedi yig`iladi. Bir
velosiped uchun 2 ta kichik va 1 ta katta g`ildirak kerak bo`ladi. Agar
25 ta kichik va 30 ta katta g`ildirak bo`lsa, nechta velosiped yig`ish
mumkin?
23. 3 ta turli sonning yig`indisi ularning ko`paytmasiga teng. Bu
qanday sonlar?
24. 4 ta sonning yig`indisi va ko`paytmasi 8 ga teng. Bu qanday
sonlar?
25. Uchta vazada 27 ta chinnigul bor. Birinchi vazadan ikkinchi
vazaga 5 ta chinnigul olib qo`yilgandan so`ng, hamda ikkinchidan
uchinchiga 3 ta chinnigul olib qo`yilganidan so`ng, barcha vazalarda
chinnigullar soni bir xil bo`ldi. Dastlab, har bir vazada nechta
chinnigul bo`lgan?
26. Uchta baqaloqqa 30 ta shirinlikni teng qilib bo`lib berishdi.
Birinchi baqaloq bir nechta shirinlik yedi. Ikkinchi baqaloq
birinchidan qancha shirinligi yeyilmay qolgan bo`lsa, shuncha
shirinlikni yedi. Uchinchi baqaloq esa birinchi va ikkinchi baqaloqlar
birgalikda qancha shirinlikni yegan bo`lsa, shuncha yedi. Nechta
shirinlik yeyilmay qolgan?
27. Hovlida tovuqlar va qo`ylar sayr qilib yuribdi. Ularning
barchasini boshlari soni 8 ta, oyoqlari soni 26 ta bo`lsa, nechta
tovuqlar va nechta qo`ylar hovlida sayr qilib yuribdi.
28. Bankaning asal bilan og`irligi 500g. O`sha bankaning kerosin
bilan og`irligi 350g. Kerosin asalga nisbatan 2 marta yengil. Bo`sh
banka og`irligi necha gramm?
29. Kamolaning 2 ta kitob javonida teng sondagi kitoblari bor
edi. U birinchi kitob javonidan ikkinchisiga 24 ta kitobni olib
qo`yganidan keyin, ikkinchi javonda birinchiga qaraganda 5 marta
ko`p kitoblar hosil bo`ldi. Dastlab har bir javonda nechta kitob bor
edi?
93
30. Rasm to`garagiga teatr to`garagiga qaraganda 3 marta kam
bola qatnashadi. Agar rasm to`garagiga 18 ta bola qatnashib, ulardan
ikkitasi bir vaqtning o`zida ikkala to`garakka qatnashsa, ikkala
to`garakda nechta bola qatnashadi?
31. Orasidagi masofa 350 km bo`lgan ikki shahardan bir
vaqtning o`zida bir-biriga qarab ikkita avtomobil yo`lga chiqdi.
Birinchi avtomobil tezligi 65km/s, ikkinchisiniki esa 75km/s. Qancha
vaqtdan so`ng ular orasidagi masofa 70 km. ga teng bo`ladi?
32. Usta va shogird birgalikda 1 soatda 17 ta detal yasashi
mumkin. Tushlikkacha qadar usta 4 soat, shogird esa 2 soat ishlab,
birgalikda 54 ta detal yasashdi. Ularning har biri qanchadan detal
yasagan?
33. Motosiklchi 4 soat asfaltlanmagan yolda va 3 soat
asfaltlangan yo`lda harakatlanib, 195 km masofani bosib o`tdi. Agar
motosiklchining asfaltlangan yo`ldagi tezligi asfaltlanmagan yo`ldagi
tezligidan 30km/s ortiq bo`lsa, uning asfaltlanmagan yo`ldagi
tezligini aniqlang?
34. 2 ta oshpaz sabzi to`g`rashmoqda. Ulardan biri 1 minutda 2
ta, ikkinchisi esa 3 ta sabzini to`g`rab, ikkalasi birgalikda 450 dona
sabzini to`g`radi. Agar ikkinchi oshpaz birinchiga qaraganda 25 minut
ko`proq ishlagan bo`lsa, oshpazlarning har biri qancha vaqtdan
ishlagan?
35. Ikkita daraxtda 16 ta chumchuq bor edi. Ikkinchi daraxtdan 2
ta chumchuq uchub ketgandan keyin, birinchi daraxtdan ikkinchisiga
5 ta chumchuq kelib qo`shildi. Shundan so`ng ikkala daraxtdagi
chumchuqlar soni teng bo`ldi. Dastlab har bir daraxtda nechtadan
chunchuq bo`lgan?
36. 10 dona olxo`ri massasi 3ta olma va 1 ta nok massasiga
teng bo`lib, 1 ta nok massasi esa 2 ta olxo`ri va 1 ta olma massasiga
teng. Necha dona olxo`ri olinsa, ularning massasi 1ta nok massasiga
teng bo`ladi?
37. 2 ta koptok va 1 ta sharning massasi 152 gr. 2ta shar va 1 ta
koptokning massasi 94 gr bo`lsa, koptok va sharning massasini
toping?
38. Uchta aka-ukalarning yoshlari biri-ikkinchisidan 4 yilga farq
qiladi. Ularning eng kattasining yoshi eng kichigidan 5 marta katta.
Ukalarning eng kichiji necha yoshda?
94
39. Otaning yoshi o`g`ildan 4 marta katta, 20 yildan so`ng
otaning yoshi o`gilning yoshidan 2 marta katta bo`ladi. Ota hozir
necha yoshda?
40. Uchta ikki xonali turli sonlar yig`indisi 34 ga teng. Ular qaysi
sonlar?
41. 2 ta pachkada hammasi bo`lib 30 dona daftar bor. Agar
birinchi pachkadan 2 ta daftarni ikkinchi pachkaga olib qo`yilsa, u
holda birinchi pachkada ikkinchisiga qaraganda 2 marta ko`p daftar
hosil bo`ladi. Dastlab har bir pachkada nechtadan daftar bo`lgan?
42. Ona somsa pishirgandan so`ng 1 ta somsani yeb, qolgan
somsalarning yarmini buvisiga olib borish uchun qiziga berdi. Qizcha
yo`lda ketayotib 2 ta somsani yeb, qolgan somsalarning uchdan bir
qismini yo`lda o`rtog`ini ko`rib qolib unga berdi. Qizaloq buvisiga 8
dona somsa olib borgan bo`lsa, onasi hammasi bo`lib nechta somsa
pishirgan?
43. “Olmangdan menga 1 tasini bersang, menda senikidan 2
baravar ko`p olma bo`ladi”-dedi Mahkam Dostonga. “Yo`q, sen
menga olmangdan 1 tasini bersang, shunda ikkalamizda teng olma
bo`ladi”-dedi Doston. Mahkam va Dostonda nechtadan olma bo`lgan?
44. Jismoniy tarbiya darsida o`quvchilar bir-ikkinchisidan 1 m
oraliqda saflanishdi. Safning uzunligi 25 metrga teng bo`lsa, sinfda
nechta o`quvchi bor?
45. Hovlida quyonlar va tovuqlar sayr qilib yuribdi. Ularning
boshlari soni 5 ta, oyoqlari soni 14 ta. Hovlida nechta quyon ba
tovuqlar sayr qilib yuribdi?
46. Uchta baliqchi hammasi bo`lib 75 ta baliq tutishdi. Birinchisi
8ta, ikkinchisi 12 ta, uchinchisi 7ta baliqni qo`g`irib yegandan so`ng,
ularda teng sondagi baliqlar qoldi. Birinchi baliqchi nechta baliq
tutgan?
47. Massalari: 1kg,2kg,3kg,4kg,5kg,6kg va 7kg bo`lgan shakar
xaltachalarga solinib, 4 ta sumkaga joylashtirildi. Sumkalardagi
shakarning massalari bir xil bo`lishi uchun ular qanday joylashtirilishi
kerak?
48. Agar ustunlar orasidagi masofalar 25 metrdan bo`lsa, 150
metrli telefon simini tortish uchun nechta ustun kerak bo`ladi?
49. Bolalar maydonchasida : 2 g`ildirakli va 3 g`ildirakli
velosipedlar soni 8 ta bo`lib,ularning g`ildiraklari soni 21 ta.
95
Maydonchada nechta 2 g`ildirakli va nechta 3 g`ildirakli velosipedlar
bor?
50. Olmaxon quyonga 6 ta masala berdi. Har bir to`g`ri javob
uchun quyon 3 ta sabzi olib, har bir noto`gri javob uchun olmaxon 2 ta
sabzini qaytib olib qo`ydi. Agar quyon 8 ta sabzi olgan bo`lsa, u
nechta masalaga to`g`ri javob bergan?
51. 3 ta daraxtda 36 ta qush bor edi. Birinchi daraxtdan ikkinchi
daraxtga 6 ta qush, ikkinchisidan esa uchinchisiga 4 ta qush uchib
o`tgandan so`ng, uchala daraxtdagi qushlar soni teng bo`ldi. Dastlab
daraxtlarning har birida qushalr soni nechta bo`lgan?
52. Murod hozir 12 yoshda, Sardor esa 4 yoshda. Murod necha
yoshga kirganda, uning yoshi Sardornikidan 2 marta katta bo`ladi?
53. Qutida qizil va ko`k rangli qalamlar soni zangori qalamlar
soniga teng. Qizil qalamlar 7 ta, zangori qalamlar esa 13 ta bo`lsa,
nechta ko`k rangli qalamlar bor?
54. Raqs to`garagiga 25 ta o`g`il bola va 19 ta qiz bolalar
qatnashadi. Har haftada to`garakka 2 ta o`g`il bola, va 3 ta qiz bola
kelib qo`shilishadi. Necha haftadan so`ng qiz bolalar va o`g`il bolalar
soni teng bo`ladi?
55. Yunus otaning fermasida tovuqlar va sigirlar bor. Ularning
oyoqlari soni 1000 ta, boshlari soni esa 350 ta bo`lsa, fermada nechta
tovuq va nechta sigir bor.
56. Karimning uyida bir nechta tovuq, qo`y va sigir bor. Tovuqlar
va qo`ylarning oyoqlari soni 42 ta, tovuq va sigirlarning oyoqlari soni
esa 54 ga teng. Agar qo`ylarning oyoqlari soni 20 ga teng bo`lsa,
Karimning uyida nechta tovuq, qo`y va sigirlar bor?
Dostları ilə paylaş: |