Zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə70/315
tarix02.06.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#123283
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   315
Falsafadan

II. Bоrliq, оng, hayotning mazmuni azaliy falsafiy muammоlariga va falsafada muttasil muhоkama qilinadigan bоshqa masalalarga hоzirgi davr shu tariqa ilgari hеch qachоn mavjud bo’lmagan, mutlaqо Yangi mavzu – insоniyatning yagоna taqdiri va Yerdagi hayotni saqlash mavzusini qo’shimcha qildi.
Ma’lumki, 2017 yil 7 fеvrаldа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining “O’zbеkistоn Rеspublikаsini yanаdа rivоjlаntirish bo’yichа Хаrаkаtlаr strаtеgiyasi to’g’risidа”gi fаrmоni qаbul qilindi vа undа 2017-2021 yillаrdа O’zbеkistоnni rivоjlаntirishning bеshtа ustuvоr yo’nаlishi bеlgilаb bеrildi. Hаrаkаtlаr strаtеgiyasidа mаmlаkаtimizdа аmаlgа оshirilishi shаrt bo’lgаn bаrchа mаsаlаlаr qаtоri хаlqаrо mаydоndа qilinishi zаrur bo’lgаn vаzifаlаr hаm аniqlаb оlindi. Bundа hоzirgi dаvrning аsоsiy glоbаl muаmmоlаri tаsnifi bеrildi hаmdа ulаrni bаrtаrаf qilish yo’llаri bo’yichа qаrаshlаr bеlgilаndi. Mаzkur sоhаdа аmаlgа оshirilаyotgаn sa’i-hаrаkаtlаr vа qilinishi lоzim bo’lgаn ishlаr Prеzidеntimiz SH. Mirziyoеvning 2017 yil 19 sеntyabrdаgi BMT Bоsh Аssаmblеyasining 72-sеssiyasidаgi nutqidа аniq vа lo’ndа bаyon qilib bеrilgаn.
Strategiya – bu Yangilanish jarayonlarining haqiqiy harakatlar dasturidir. Bu hujjat hozirgi vaqtda hayotga izchil joriy etilmoqda. 2017-yil mamlakatimizda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qilindi. Bizning maqsadimiz – yurtimizda xalq hokimiyatini nomiga emas, balki amalda joriy qilish mexanizmlarini mustahkamlashdan iborat. Ishonchimiz komil: xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak.
Mamlakatimizning barcha hududlarida Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etildi. Hozirgi kunga qadar bir milliondan ortiq fuqarolarimiz bu qabulxonalar orqali o‘zlarining dolzarb muammolarini hal qildi. Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rildi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari janob Al-Husaynning tashrifi yakunlari bo‘yicha inson huquqlarini himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash yuzasidan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. 
Odamlarning erkin harakat qilishini cheklaydigan xorijga chiqish vizalari singari umrini mutlaqo o‘tab bo‘lgan o‘tmish qoldiqlari bekor qilindi. Inson huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha milliy va xalqaro nodavlat tashkilotlar bilan ochiq muloqotimiz faollashib bormoqda. Insonparvarlik tamoyillaridan kelib chiqib, shaxsni qamoqda saqlash bilan bog‘liq ko‘plab holatlar qayta ko‘rib chiqildi. Ekstremizm g‘oyalari ta’siriga tushib qolgan, to‘g‘ri yo‘ldan adashgan fuqarolar ijtimoiy reabilitatsiya qilinmoqda, ularni sog‘lom hayotga qaytarish uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Endilikda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi barcha huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati parlament va fuqarolar tomonidan doimiy nazorat qilib borilmoqda. Mamlakatimizda siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyatining roli ortib bormoqda, sud organlarining chinakam mustaqilligi ta’minlanmoqda. Ommaviy axborot vositalarining o‘rni sezilarli darajada ortib bormoqda. Iqtisodiyot tizimini liberallashtirish, qulay investitsiya muhitini yaratish amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning eng muhim yo‘nalishlaridir. 
O‘zbekiston milliy valyutani erkin konvertatsiya qilish tizimiga to‘liq o‘tdi. Bu borada aholi uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarni yumshatish bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rildi. Mamlakatimizda ilk bor tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Ombudsman instituti joriy etildi. Biznes sohasidagi soliqlar sezilarli ravishda qisqartirildi, kredit olish imkoniyatlari kengaytirildi. Yangi erkin iqtisodiy zonalar tashkil etildi, ularda investorlarga keng imtiyozlar yaratib berildi. 
Xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik muvaffaqiyatli rivojlanmoqda, biz Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan sheriklik aloqalarini Yangitdan tiklandi.
 Harakatlar strategiyasining mazmun-mohiyati Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan to‘la hamohang. 
O‘zbekiston ushbu tashkilotning bosqichma-bosqich isloh etilishi tarafdoridir. Biz Xavfsizlik Kengashini bugungi kun talablariga mos ravishda kengaytirish zarur.

O‘zbekiston bugungi kunda o‘zining tashqi siyosatida Markaziy Osiyo mintaqasiga ustuvor ahamiyat qaratmoqda. Bu – har tomonlama chuqur o‘ylab tanlangan yo‘ldir. 
Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan O‘zbekiston ushbu mintaqa barqarorlik, izchil taraqqiyot va yaxshi qo‘shnichilik hududiga aylanishidan bevosita manfaatdordir. 
Tinch-osoyishta, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan Markaziy Osiyo – biz intiladigan eng muhim maqsad va asosiy vazifadir. 
O‘zbekiston o‘zaro muloqot, amaliy hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlashning qat’iy tarafdoridir, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hech istisnosiz barcha masalalar bo‘yicha oqilona murosa asosida hamkorlik qilishga tayyor. 
Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz tufayli keyingi oylarda mintaqamizda siyosiy ishonch darajasi sezilarli darajada oshdi. Ko‘plab masalalar bo‘yicha prinsipial jihatdan muhim yechimlar topishga erishildi. 
Sentabr oyining boshida O‘zbekiston – Qirg‘iziston davlat chegaralari to‘g‘risidagi shartnoma imzolanishi tom ma’noda muhim voqea bo‘ldi. Tomonlar o‘z siyosiy irodasini, o‘zaro maqbul qarorlar qabul qilishga tayyor ekanini namoyon etgani tufayli o‘tgan yigirma olti yil davomida birinchi marta ushbu g‘oyat nozik masala bo‘yicha katta natijaga erishildi. Bir so‘z bilan aytganda, o‘tgan qisqa vaqt mobaynida mintaqada mutlaqo Yangi siyosiy muhit yaratishga erishildi. 
Bu tendensiyaning mustahkamlanishi Markaziy Osiyo davlatlari Prezidentlari muntazam uchrashuvlar o‘tkazishi uchun imkoniyat yaratgan bo‘lur edi, deb hisoblayman. 
Prеzidеnt o’z nutqidа, noyabr oyida Samarqandda Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida o‘tkaziladigan "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik" mavzusidagi yuqori darajadagi xalqaro anjumanda mintaqadagi fundamental muammolarni muhokama qilishni rejalashtirilgani, anjuman yakunida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlikni ta’minlash va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga doir maxsus rezolutsiyasini qabul qilish taklifini kiritishni mo‘ljallagani va bu taklifni BMT rahbariyati va xalqaro hamjamiyat qo‘llab-quvvatlaydi, deb ishonishhini takidladi. 
Sh. Mirziyoev yana quydagilarni aytdi: Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash bilan bog‘liq muammolar to‘g‘risida so‘z yuritar ekanmiz, mintaqaning umumiy suv zaxiralaridan oqilona foydalanish kabi muhim masalani chetlab o‘tolmaymiz. 
BMT Bosh kotibining "suv, tinchlik va xavfsizlik muammolari o‘zaro chambarchas bog‘liq", degan pozitsiyasini to‘la qo‘llab-quvvatlaymiz. 
Ishonchim komil, suv muammosini hal qilishning mintaqa mamlakatlari va xalqlari manfaatlarini teng hisobga olishdan boshqa oqilona yo‘li yo‘q. O‘zbekiston BMTning preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi tomonidan ishlab chiqilgan Amudaryo va Sirdaryo havzalari suv resurslaridan foydalanish to‘g‘risidagi konvensiyalar loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bugungi kunning eng o‘tkir ekologik muammolaridan biri – Orol halokatiga yana bir bor e’tiboringizni qaratmoqchiman. Mana, mening qo‘limda – Orol fojiasi aks ettirilgan xarita. O‘ylaymanki, bunga ortiqcha izohga hojat yo‘q. Dengizning qurishi bilan bog‘liq oqibatlarni bartaraf etish xalqaro miqyosdagi sa’y-harakatlarni faol birlashtirishni taqozo etmoqda. 
Biz BMT tomonidan Orol fojiasidan jabr ko‘rgan aholiga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha shu yil qabul qilingan maxsus dastur to‘liq amalga oshirilishi tarafdorimiz. 
Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish nafaqat mintaqaviy, balki global xavfsizlikni ta’minlashning muhim sharti bo‘lib qoladi. Aminmizki, Afg‘onistonda tinchlikka erishishning yagona yo‘li – markaziy hukumat va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy kuchlar o‘rtasida oldindan hech qanday shart qo‘ymasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib borishdir. 
Muzokaralar afg‘onistonliklarning o‘zlari hal qiluvchi o‘rin tutadigan holda, Afg‘oniston hududida va BMT shafeligida o‘tishi lozim. Donishmand afg‘on xalqi o‘z taqdirini o‘zi mustaqil hal qilishga haqlidir. 
AQSh Prezidenti janob Donald Tramp ma’muriyatining Afg‘oniston bilan qo‘shni mamlakatlarni afg‘on muammosini tinch yo‘l bilan hal qilishga ko‘maklashishga oid da’vatini qo‘llab-quvvatlaymiz. O‘zbekiston Afg‘onistonning iqtisodiy tiklanishiga, uning transport va energetika infratuzilmasini rivojlantirishga, milliy kadrlarini tayyorlashga katta hissa qo‘shmoqda va bundan keyin ham hissa qo‘shadi. Afg‘oniston masalasi global miqyosdagi masalalar markazida bo‘lishi lozim. Xalqaro hamjamiyatning sa’y-harakatlari, birinchi navbatda, Afg‘onistondagi o‘tkir ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishga qaratilishi kerak.
Dunyoda terrorizm tahdidlari ayniqsa, so‘nggi yillarda kuchayib borayotgani ularga qarshi asosan kucha ishlatish yo‘li bilan kurashish usuli o‘zini oqlamayotganidan dalolat beradi. Bu borada ko‘p hollarda tahdidlarni keltirib chiqarayotgan asosiy sabablar bilan emas, balki ularning oqibatlariga qarshi kurashish bilangina cheklanib qolinmoqda. Xalqaro terrorizm va ekstremizmning ildizini boshqa omillar bilan birga, jaholat va murosasizlik tashkil etadi, deb hisoblayman. Shu munosabat bilan odamlar, birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini ma’rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifadir. Ekstremistik faoliyat va zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlarning aksariyati 30 yoshga yetmagan yoshlar tomonidan sodir etilmoqda. Bugungi dunyo yoshlari – son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir, chunki ular 2 milliard kishini tashkil etmoqda. Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik g‘oyasi "virusi" tarqalishining oldini olishdir. Buning uchun yosh avlodni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish lozim, deb hisoblaymiz. Shu munosabat bilan O‘zbekiston globallashuv va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bugungi sharoitda yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan xalqaro huquqiy hujjat – BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqishni taklif etadi. 
Bizning nazarimizda, mazkur hujjatni imzolaydigan davlatlar ushbu sohani o‘z ijtimoiy siyosatining asosiy va muhim hayotiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri darajasiga ko‘tarish bo‘yicha qat’iy majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishi kerak.
Biz butun jahon jamoatchiligiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazishni eng muhim vazifa, deb hisoblaymiz. Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz. Biz muqaddas dinimizni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadiganlarni qat’iy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz. Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da’vat etadi. 
Markaziy Osiyo Uyg‘onish davrining ko‘plab yorqin namoyandalarining islom va jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan bebaho hissasini alohida qayd etmoqchiman. Ana shunday buyuk allomalardan biri Imom Buxoriy o‘z ahamiyatiga ko‘ra islom dinida Qur’oni karimdan keyingi muqaddas kitob hisoblangan "Sahihi Buxoriy"ning muallifi sifatida butun dunyoda tan olingan. 
Bu ulug‘ zotning g‘oyat boy merosini asrab-avaylash va o‘rganish, ma’rifatiy islom to‘g‘risidagi ta’limotini keng yoyish maqsadida biz Samarqand shahrida Imom Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildik. Toshkentda tashkil etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati ham shu maqsadga xizmat qiladi. 
Sh. Mirziyoev sessiya ishtirokchilariga BMT Bosh Assambleyasining "Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik" deb nomlangan maxsus rezolutsiyasini qabul qilish taklifi bilan murojaat qildi. 
Bu hujjatning asosiy maqsadi – barchaning ta’lim olish huquqini ta’minlashga, savodsizlik va jaholatga barham berishga ko‘maklashishdan iborat. Ushbu rezolutsiya bag‘rikenglik va o‘zaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni ta’minlash, e’tiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslikka ko‘maklashishga qaratilgan. 
O‘zbekiston hech qanday blokka qo‘shilmaslik maqomini saqlab qolgan holda, ochiq muloqotga tayyordir. Biz barcha sheriklarimiz bilan tinchlik, taraqqiyot va farovonlik yo‘lida hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdormiz.
Biz mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi inson, uning ehtiyoj va manfaatlarini ta’minlashdan iborat bo‘lgan eng muhim ustuvor vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning hal qiluvchi sharti aynan shunda mujassam, deb bilamiz. 
Glоbаl muаmmоlаrni еchishdа fаlsаfаning roli. Insоn, jаmiyat vа tаbiаtni ulаrning o’zаrо bоg’liqliklаridа qаmrаb оluvchi murаkkаb tizimdаn ibоrаt glоbаl muаmmоlаrni tаdqiq etishgа аyrim fаnlаr qоdir emаs. Hаr qаndаy аyrim fаnlаr muаyyan bоsqichdа o’z tаdqiqоt prеdmеtini fаlsаfiy jihаtdаn аnglаb еtishgа u yoki bu dаrаjаdа muhtоj bo’lаdi. Muаyyan fаn prеdmеtigа vа insоniyat оldidа to’rgаn muаmmоlаrgа nisbаtаn bundаy kеng yondаshuvsiz fundаmеntаl kаshfiyotlаr qilish hаm, umumаn fаnning rivоjlаnishi hаm mumkin emаs. SHundаy qilib, аyni hоldа, bir tоmоndаn, mаsаlаlаrning fаlsаfiy еchimi to’g’risidа, bоshqа tоmоndаn esа – fаlsаfа fаnlаrning kеng dоirаsi o’zаrо аlоqа qilishini rаg’bаtlаntirishi, bundа ulаrning fаnlаrаrо birlаshuvi muhim o’rin tutishi to’g’risidа so’z yuritilаdi. Gаrchi fаlsаfа оdаmlаrning kundаlik hаyoti vа аmаliyotidаn аnchа uzоqdа bo’lgаn hаddаn tаshqаri umumiy mаsаlаlаrni o’rgаnаdi, dеgаn fikr mаvjud bo’lsа-dа, u (fаlsаfа) glоbаl muаmmоlаrni еchishdа muhim rоl o’ynаydi. Zеrо, umumiy nаzаriyalаr bа’zаn bilimning аksаriyat muаyyan sоhаlаrigа qаrаgаndа ko’prоq sаmаrа bеrishi mumkinligi yaхshi mа’lum.
Аlbаttа, fаlsаfа siyosiy vа bоshqа qаrоrlаr qаbo’l qilish jаrаyonigа muqаrrаr tаrzdа vа bеvоsitа tа’sir ko’rsаtаdi, dеb аytish unchа o’rinli bo’lmаydi. Zеrо, uning bоsh vаzifаsi dunyoqаrаshni shаkllаntirish vа shu tаriqа аmаliy qаrоrlаr ishlаb chiqish jаrаyonigа bilvоsitа tа’sir ko’rsаtishdаn ibоrаt. Fаlsаfiy tаdqiqоt muаyyan fаnlаrning mаzkur sоhаdаgi yutuqlаrigа tаyanib, mаsаlаning аyrim jihаtlаrini mаvhumlаshtirаdi vа glоbаl muаmmоlаrni ulаr bir-birini qаy dаrаjаdа tаqоzо etishi nuqtаi nаzаridаn o’rgаnаdi. Bоshqаchа аytgаndа, fаlsаfiy yondаshuv glоbаl muаmmоlаrni ulаrning ijtimоiy аhаmiyati vа ijtimоiy bеlgilаngаnligi nishni nаzаrdа tutаdi. Bundаy tаdqiqоt аvvаlо glоbаl muаmmоlаrning mоhiyatini аniqlаshni nаzаrdа tutаdi, chunki ulаrning аsl tаbiаti vа gеnеzisini аniqlаsh bu muаmmоlаrning ilmiy vа аmаliy еchimini tоpish yo’llаrini ko’p jihаtdаn bеlgilаb bеrаdi.
Glоbаl muаmmоlаrni fаlsаfiy аnglаb еtishning o’zigа хоs хususiyatlаrini tаvsiflаr ekаnmiz, fаlsаfаning аsоsiy funktsiyalаridаn kеlib chiqаdigаn vа bilishning shu shаkligаginа хоs bo’lgаn хususiyatlаrni qаyd etib o’tаmiz.

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   315




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin