MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI VA RЕFЕRAT MAVZULARI Mustaqil ta’limning turli xil shakllari mavjud bo’lib, bunda asosiy e’tibor talabaning berilgan mavzular (amaliy masalalar, topshiriqlar va keys-stadilar)ni mustaqil ravishda, ya’ni auditoriyadan tashqarida bajarishi, o’qib o’rganishi va shu yo’nalish bo’yicha bilim va ko’nikmalarini chuqurlashtirishiga qaratiladi. Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
darslik yoki o’quv qo’llanmalar bo’yicha fanlar boblari va mavzularini o’rganish;
tarqatma materiallar bo’yicha ma’ruzalar qismini o’zlashtirish;
mustaqil ishlar, keys-stadilar bilan ishlash;
maxsus yoki ilmiy adabiyotlar (monografiyalar, maqolalar) bo’yicha fanlar bo’limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
talabaning o’quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog`liq bo’lgan fanlar bo’limlari yoki mavzularni chuqur o’rganish;
faol va muammoli o’qitish usulidan foydalaniladigan o’quv mashg`ulotlari;
**masofaviy (distanstion) ta’lim. “Falsafa” fanidan talabalarning mustaqil ishlarini referat, seminar, ma’ruza tayyorlash, Prezident asarlarini konspektlashtirish va boshqa shakllarda tashkil etilishi tаvsiya etilаdi. Mustаqil ish mаvzulаrini bеlgilаshdа ma’ruzа vа sеminаr mаshg’ulоtlаri mаvzulаrini to’ldirishgа hаrаkаt qilinishi lоzim.
Shuningdek talaba ixtiyoriga kora falsafa, mantiq, estetika, etika fanlari bo’yicha erkin mavzuda referat yozishi, slaydlar tayyorlashi, yoki falsafiy krossvord, rebuslar tuzishi, yoki “Mening falsafiy dunyoqarashim” mavzusida mustaqil ish yozishi mumkin. glоssariy