9. O’rta Osiyoda “Sharq uyg’onishi” davri (IX-XII asrlar) yirik namoyondalarini aniqlang. A. Turdi, Gulxaniy, Mashrab, Nodira... B. Farg’oniy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy. V. Navoiy, Bobur, Nasafiy, Bedil... G. Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Avaz O’tar... 10. “Muallimi soniy” deb nomlangan faylasuf kim? A. Aristotel (Arastu). B. Platon (Aflotun). V. Ibn Sino. G. Forobiy. 11. “Kitob ash-shifo”falsafiy asarining muallifi kim? A. Ibn Sino. B. Yusuf Tabib. V. Chag’miniy. G. Beruniy. 12. “Lison – ut – tayr” falsafiy asarining muallifi kim? A. Ibn Sino. B. Farididdin Attor. V. Alisher Navoiy. G. Gulxaniy. 13. Fitrat tomonidan “Sharq Gegeli” deb nom olgan mutafakkir kim? A. Mirzo Bedil. B. Muhammad An-Nasafiy. V. Anbar Otin. G. Alisher Navoiy. 14. XX asr falsafasining asosiy xususiyatlari nimada? A. Irratsionalizm va mistikaga murojaat qilishda. B. Falsafani mafkuradan ozod qilishga urinishda. V. An’anaviy (klassik) falsafani ximoya qiluvchilar bilan ularning muxoliflari o’rtasidagi kurashda. G. Inson muammosini yangicha talqin qilish, uni izohlashda; butun falsafani yangilashga urinishda. 15. XX asr falsafiy oqimlaridan qaysi biri diniy muammolar bilan shug’ullanadi? A. Frankfurt maktabi. B. Pozitivizm, neopozitivizm. V. Neotomizm. G. Ratsionalizm.