Zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə58/315
tarix02.06.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#123283
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   315
Falsafadan

Libеral sivilizatsiya yoki G’arb sivilizatsiyasi madaniy va siyosiy plyuralizm hamda jamiyatning asоsiy qadriyati – huquq tizimining vujudga kеlishi bilan bоg’liq. Uning ildizlari хususiy mulk va erkin bоzоr hukm surgan davrda vujudga kеlgan antik sivilizatsiyaga bоrib taqaladi. O’z navbatida, bоzоr va хususiy mulk individ uchun kafоlatlarni, mulkdоr imtiyozlarini, mulkdоrlar guruhining ma’muriyatdan ustunligini, shaхs erkinligi va o’z imkоniyatlarini ro’yobga chiqarish tamоyillarini o’z ichiga оlgan huquqiy tamоyillar va institutlar tizimi vujudga kеlishiga sabab bo’lgan.
An’anaviy sivilizatsiyalar ijtimоiy hayotning varvarlikka chеk qo’yish bilan bоg’liq dastlabki shaklidan ibоrat. Bular barcha a’zоlari bеvоsita emоtsiоnal mulоqоt jarayonida bo’lgan nisbatan kichkina lоkal hamjamiyatlardir. Ular jamоa qadriyatlarining ustunligi, qabila оqsоqоllariga nisbatan hurmat, o’tmishga qarab mo’ljal оlishga asоslangan. An’anaviy sivilizatsiyaning o’ziga хоs jihatlari – past malakali, lеkin ancha kеng byurоkratiyaga tayanuvchi jabr-zulmga asоslangan hоkimiyat, tabaqalarning huquqsizligi, jamоaviy tuzilma, huquqning nоrasоligi, individning kamsitilishi kabilardir.
Оraliq sivilizatsiya yoki o’tish davri sivilizatsiyasi ulkan inshооtlar (to’g’оnlar, kanallar va sh.k.) barpо yetish, Yangi hududlarni bоsib оlish yoki o’z hududini tashqi dushmandan himоya qilish (masalan, Buyuk Хitоy dеvоri) zaruriyati tufayli vujudga kеladi. Natijada an’analari va qadriyatlariga ko’ra har хil lоkal hamjamiyatlarning mехanik birlashuvi yuz bеradi. Mazkur birlashuv rasmiy хususiyat kasb etadi va idrоk yetish ancha qiyin bo’lgan nоrmativ-huquqiy qоidalarga muvоfiq va jamiyatni tashkil yetishning lоkal hamjamiyatlar ko’nikkan hayot tarziga zid bo’lgan shakllarida amalga оshiriladi. Aksariyat hоllarda jamiyatni birlashtirish vazifasi davlat tоmоnidan va asоsan kuch ishlatish yo’li bilan hal qilinadi. Ayni shu sababli nоrmalar tizimi asоsan birlashtiruvchi mехanizm sifatidagi davlat ehtiyojlarini aks ettiradi. Bundan o’tish davri sivilizatsiyalariga хоs bo’lgan huquqiy nigilizm kеlib chiqadi. Davlat qadriyatlari va lоkal hamjamiyatlarning qadriyatlari asоsan bir-biriga zid bo’lgani bоis ularning o’rtasida to’qnashuv yuz bеrishi mumkin. Qattiq davlat intizоmi, ko’p sоnli sоliqlar to’lash, amaldоrlarning o’zbоshimchaligi, rеkrut majburiyati, urushlarda ishtirоk yetish zaruriyati kabi davlatning bu talablari ahоlining aksariyat qismida nоrоzilik uyg’оtadi.
SHunday qilib, jamiyatning muhim хususiyatlari ijtimоiy hayotni tashkil yetishning kеng ko’lamli shakli sanalgan sivilizatsiyaga asоslanadi. Sivilizatsiyalar vaqtda va makоnda o’ta barqarоr bo’ladi, individlar va ijtimоiy guruhlarning alоqalarini tartibga sоladigan va jamiyatning mоddiy asоslarini ham, ma’naviy asоslarini ham bеlgilaydigan umumiy nоrmalarga asоslanadi. Ular madaniyat va ijtimоiy munоsabatlarning umumiy shakllarini yaratib, jamiyat hayotining tizim tashkil etadigan muhim asоsi sifatida amal qiladi. Sivilizatsiya – avlоdlar vоrisiyligini ta’minlоvchi tariхiy tajriba manbaidir.
Insoniyat tarixining ilk davrlaridayoq odamlar narsalarning muayyan qimmatga ega ekanligini, insonning u yoki bu ehtiyojlarini qondira olishini, biron sohada foydali bo‘lishi mumkinligini kashf etganlar. Shu bilan narsalarning qadriyaviy xususiyati ochilgan.
Dastlabki paytlarda bu xususiyat buyumlarning amaliy foydasi bilan bog‘lanar edi. Keyinchalik qadriyat maqomi boshqa ijtimoiy instutlar va ma'naviy hodisalarda ham tan olina boshlandi.
Inson o‘z faoliyatini yo‘naltirishi lozim bo‘lgan ne'matlar va qadriyatlar muammosi qadimgi sharq falsafasi va falsafaga qadar bo‘lgan fikr tarixida muhim o‘rin tutadi. Braxmanlikda - bu qayta tug‘ilish orqali yanada yuksakroq varnaga erishish. Insonning keyingi hayotida qaerda tug‘ilishi uning taqvodorligi bilan bog‘liq, taqvodorlik esa o‘z varnasining dxarmasiga xizmat qilish va uning ko‘rsatmalaridan chetga chiqmasligini anglatar edi. Oliy maqsadga faqat braxmanlar erishishlari mumkin bo‘lib, u hamma narsadan (oiladan, boylikdan, olimlikdan) voz kechish va sansaradan ozod bo‘lish yo‘li. Zohidlik, xayr-ehson, poklik, kuch ishlatmaslik, yaqin kishilarga hamdard bo‘lish, o‘z ehtiroslarini jilovlash - braxmanlikning yetakchi qadriyatlari. Upanishadlarda ideal braxman hyech narsaga ko‘ngil qo‘ymaydigan, qayg‘u, baxillik, umid tuyg‘ularidan ozod, osoyishta, yolg‘on va hatto o‘z-o‘zini idrok etishdan ham xoli bo‘lgan tafakkuri berilgan kishi sifatida tasvirlanadi.
Braxmanlikda salmoqli o‘rin tutuvchi qadriyatlar qadimgi hind jamiyatidagi kastalarga bo‘linish bilan chambarchas bog‘liq. Bunday bog‘liqlik (bunga har bir kasta vakili amal qilishi kerak) braxmanlikka nisbatan muxolifatda bo‘lgan bxagavatgizm, jaynizm va boshqa oqimlarda ham mavjud. Biroq charvaklar falsafasida bunday xildagi aloqaning asoslanganligi shubha ostiga olinadi. Bundan tashqari charvaklarda asketizmning targ‘ib qilinishi o‘rnini baxtni lazzat sifatida tushunishga yo‘naltirilgan gedonistik dastur egallaydi.
Qadimgi Xitoy falsafiy tizimlarida ham qadriyaviy ideallar shakllantirilgan. Konfutsiylikda bu qadimiylikka yo‘naltirilganlik, «oltin o‘rtaliq», «insonsevarlik», «hamdamlik» singari tamoyillardir. Konfutsiylikning asosiy tamoyili shunday: «o‘zingga ravo ko‘rmaganni o‘zgalarga ravo ko‘rma». Konfutsiylikning axloqining asosida - fuqaroning podshohga, xotinning erga, o‘g‘ilning otasiga, kichikning kattaga hurmati va bo‘ysunish yotadi.
Daosizmda konfutsiylik qadriyatlari inkor etiladi. «Mutlaq donolarcha» xulq-atvorning asosiy tamoyili - faoliyatsizlik tamoyilidir: hamma narsa tabiiy yo‘l hisoblanuvchi dao yo‘lida ketishi kerak.
yevropa falsafasida qadriyatlar muammosi Qadimgi Gretsiyada qo‘yilgan edi. Bu muammoni birinchilardan bo‘lib Suqrot ko‘tarib chiqdi. U aksiologiyaning asosiy masalasini «Ne'mat nima?» degan savol bilan ifodaladi. Uning bu savolga murojaat etishi tasodifiy emas edi. Bu hol Afina demokratiyasining tanglikka uchrashining qonuniy natijasi sifatida yuzaga keldi. Mazkur savolga javob berish Yangi ijtimoiy ideallarni qidirishda yordam berishi lozim edi. Keyingi davrlarda ham qadriyatlar falsafasi tarixning burilish davrlarida, an'anaviy qadriyatlar qadrini yo‘qotgan, jamiyatning ijtimoiy negizlari obro‘sizlangan paytlarda dolzarb ahamiyat kasb etganligini ko‘rishimiz mumkin.
Antik an'ana doirasida qadriyatlar muammosini ishlab chiqishda Demokrit katta rol o‘ynadi. Qadriyatlar tabiatini naturalistik (ob'ektivistik) talqin qilish an'anasini u boshlab berdi. Antik faylasufning fikriga ko‘ra, baxt-saodat, ezgulik, adolat, go‘zallik mezonlari tabiatning o‘zida, hamma narsaning o‘z tabiiy oqimida ketishidadir. Nimaiki tabiatga mos bo‘lsa - yaxshi, nimaiki unga zid bo‘lsa - yomon. Bizning xuzur-halovatimiz va azoblarimiz, qoniqishimiz va noroziligimizning asosi ana shunda.
Aflotunga ham qadriyatlarni ob'ektivistik tushunish xos edi. Biroq materialist Demokritdan farqli o‘laroq Aflotun ularning manbaini tabiatda (narsalar olamida) emas, balki vujudsiz mohiyatlar (ob'ektivlashtirilgan tushunchalar) - g‘oyalar olamida ko‘radi. «Katta Gippiy» asarida Aflotunning Suqrot ismli qahramoni Gippiy bilan suhbatda u yoki bu narsalarni go‘zal qiluvchi narsa nima ekanligini bilishga urinadi. Go‘zallikning ayrim narsalardagi in'ikosini namoyish qilish orqali go‘zallikning nima ekanligini idrok etish mumkin emasligi faylasufni go‘zallik «g‘oya»siga olib keladiki, ana shu go‘zallikning qandaydir bir narsaga qo‘shilishi uni go‘zal qiladi. Aflotun g‘oyalari bir-biriga bo‘ysunuvchi muayyan tartibda joylashadi. Mazkur g‘oyalar piramidasining cho‘qqisi baxt-saodat g‘oyasidir. Aynan shu g‘oya ijobiy fazilatlarning, go‘zallikning, haqiqat va uyg‘unlikning manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Qadriyatlarning boshqa bir relyativistik (sub'ektivistik) konsepsiyasi ham mavjud bo‘lib, unga Protagor asos solgan. Mazkur konsepsiyaga muvofiq qadriyatlarning bahosi nisbiy bo‘lib, u insonga bog‘liqdir.
Qadriyat muammosiga antik davrdayoq shakllangan yondashuvlar o‘z ko‘rinishlarini muayyan darajada o‘zgartirgan holda keyingi falsafiy tizimlarda ham saqlab keldilar. Aksiologiya muammosini ishlab chiqishga I.Kant, G.Lotse, G.Rikkert, N.Gartman, F.Nitsshe va boshqalar o‘z hissalarini qo‘shdilar.


XIX asr o‘rtasiga qadar falsafada «borliq» va «qadriyat» tushunchalari bir-biridan ajratilmagan edi. Aksiologiya (yunoncha axia - qadriyat va logos ta'limot so‘zlaridan) mustaqil fan sifatida borliq tushunchasi ikki komponentga ajralgan paytda yuzaga keladi: bir narsaning mavjud bo‘lishi va uning mohiyati. Boshqacha qilib aytganda, ob'ekt va sub'ektning o‘zaro ta'siri paytda sub'ekt uchun ob'ektda shunday bir narsa ayon bo‘ladiki, uni ob'ektning mavjud bo‘lishining o‘zigagina bog‘lab bo‘lmaydi, ya'ni u go‘yo ushbu mavjudlik chegarasidan tashqarida turadi va u uchun muayyan ahamiyatga ega bo‘ladi. Ob'ekt va sub'ektning o‘zaro ta'sirini ana shunday tushunish qadriyat tushunchasini hozirgi zamon falsafasining kategorial apparatining elementi sifatida shakllanishi uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lib xizmat qildi.
Qadriyatlar - voqyelikdagi muayyan hodisalarning qimmatini belgilash uchun xizmat qiluvchi falsafiy kategoriya bo‘lib, u mazkur hodisaning sub'ekt tomonidan aks ettirilishi natijasida paydo bo‘ladi.
Qadriyatlarning tabiati haqida so‘z ketar ekan, falsafiy adabiyotlarda bir-biri bilan raqobat qiluvchi to‘rtta asosiy yondashuvlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Birinchi yondashuvga ko‘ra, qadriyatlar dunyosi alohida, mustaqil, sub'ektga ham, ob'ektga ham nisbat berib bo‘lmaydigan olam sifatida talqin etiladi. Neokantianlikning klassiklaridan biri G.Rikkert yozganidek, «qadriyatlar sub'ekt va ob'ektdan tashqarida joylashgan butunlay mustaqil saltanatni tashkil etadi». Ikkinchi yondashuvga ko‘ra esa, qadriyaviy xususiyatlar narsalarning o‘zida mavjuddir. Boshqacha qilib aytganda qadriyatlar manbai tashqi voqyelik xususiyatlarida ko‘rinadi. Ana shu bilan bog‘liq ravishda qadriyatlar narsalarning muayyan ehtiyojlarni qondira olishga bo‘lgan ob'ektiv qobiliyati sifatida qaraladi. Uchinchi yondashuvning mohiyati shundan iboratki, tabiatda qadriyatlar mustaqil mavjud emas. U yoki bu narsalar faqat sub'ektning baholash faoliyati tufayli o‘z qadr-qimmatiga ega bo‘ladi. Bunga misol sifatida g‘arb estetikasi antologiyalaridan birining tuzuvchisi bo‘lgan M.Reyderning fikrini keltirish mumkin: «Haqiqatlarga qarama-qarshi o‘laroq, qadriyatlar shunchaki tasavvur qilinadi xolos... Faktlar kuzatuvchilar guruhi uchun bir xil xususiyatga ega bo‘lsa, qadriyat har bir baholovchining sub'ektiv fikri bilan bog‘liq ravishda turli tabiatga ega bo‘ladi». Bir kishi uchun qimmatli bo‘lgan narsa boshqa kishi uchun unday bo‘lib ko‘rinmaydi. To‘rtinchi yondashuvda esa oldingi yondashuvlarning o‘ziga xos sintezi amalga oshiriladi va qadriyatlarning ikki yoqlama (ob'ektli va sub'ektli) tabiatga ega ekanligi ta'kidlanadi.
Falsafiy adabiyotlarda qadriyatlarning turli tiplari ajratib ko‘rsatiladi.
1. Qadriyatlar quyidagi belgi bo‘yicha farqlanishi mumkin: Nima baholanyapti va nimaga asosan baholanyapti? Shu bilan bog‘liq ravishda ular quyidagicha turlarga ajratiladi:
a) predmetli qadriyatlar - qadr-qimmat munosabatlarining ob'ektlari, ya'ni voqyelikdagi sub'ekt uchun muayyan qimmatga ega bo‘lgan hodisalar. Ularga quyidagilar kiritiladi:

  • tabiiy ob'ektlar, jarayonlar va hodisalar;

  • ijtimoiy ob'ektlar, jarayonlar va hodisalar.

b) sub'ektli qadriyatlar - u yoki bu hodisalarni baholash tadbirini o‘tkazishda asos bo‘lib xizmat qiluvchi usullar va mezonlar. Ularga quyidagilar kiradi:
-me'yoriy taqdimnomalar sifatida bayon etilgan ko‘rsatmalar, baholar, imperativlar, maqsadlar, loyihalar.
2. Qadriyatlar sotsiumining qanday sohasi bilan bog‘liq ekanligiga qarab ham bir-biridan farq qiladi. Shundan kelib chiqib axloqiy, badiiy, utilitar, ilmiy, diniy va boshqa qadriyatlar farqlanadi.
3. Qadriyatlar umumiylik darajasiga qarab, ya'ni, u yoki bu hodisa qancha miqdordagi sub'ektlar uchun qimmatga ega ekanligiga qarab ham farqlanadi. Shu bilan bog‘liq ravishda quyidagi turlar ajratib ko‘rsatiladi;
- individual qadriyatlar;
- guruhiy qadriyatlar (milliy, diniy, jinsiy, yosh); ushbu guruhlar doirasida g‘arb va sharq qadriyat tizimlari haqida so‘z yuritish mumkin.
- umuminsoniy;
4. Qadriyatlar ular sub'ekt tomonidan qay darajada o‘z xususiy maqsadi yoki tamoyillari sifatida tan olinishi yoki tashqi sharoitdan kelib chiquvchi bir narsa sifatida qabul qilinishiga ko‘ra farq qilishi mumkin. Shu bilan bog‘liq ravishda tashqi va ichki qadriyatlar ajratiladi.
5. Qadriyatlar inson hayoti va faoliyatining negizlari uchun, uning ehtiyojlari va mo‘ljallarining mohiyatini ifodalash uchun qayo darajada qimmatga ega ekanligiga qarab ham farqlanadi. Shu munosabat bilan ular quyidagi turlarga ajratiladi:
- mutlaq yoki boqiy qadriyatlar (konstantalar);
- vaziyatli, o‘tkinchi yoki qadriyatlar va qadriyaviy mezonlarining muayyan tarixiy shakllari (empirik o‘zgaruvchan qadriyatlar).
6. Qadriyatlar ular bajaradigan funksiyaga ko‘ra ham farqlanadi. Shu bilan bog‘liq ravishda qadriyatlar mezon usuli sifatida, qadriyatlar ijtimoiy guruhlarda nazorat usuli sifatida, qadriyatlar ijtimoiy tartibni yaratish va saqlashda funksional zarur bo‘lgan me'yorlar sifatida ajratiladi.
Aksiologiyada juda ko‘p an'anaviy va hozirgi zamon falsafiy muammolari Yangicha ko‘rib chiqiladi. Masalan, an'anaga ko‘ra, haqiqatga yetish ilmiy bilishning ideali, shaksiz ne'mat, yaxshilik deb hisoblangan. Biroq XX asr ushbu qarashga o‘z tuzatishlarini kiritdi. Industrializmning va texnitsistik yondashuvlarning salbiy oqibatlari, ommaviy qirg‘in qurollarining yaratilishi va qo‘llanishi, gen muhandisligining paydo bo‘lishi shuni ko‘rsatadiki, muammoga sof gnoseologik yondashuv yetarli emas. Bugungi kunda «faqat haqiqatning qadri haqidagina emas, balki uning bahosi haqidagi masala ham paydo bo‘ladi, bunda boshlang‘ich hisob nuqtasi sifatida inson va uning baxt-saodati namoyon bo‘ladi». Haqiqat tobora ko‘proq aksiologik kategoriyalar ko‘zgusi orqali qarala boshlanmoqda.
Lozim va zarur narsalar haqida qadriyaviy ideallar sifatida so‘z yuritar ekan, aksiologiya borliqning muammoli masalalari borasida bizning tasavvurlarimiz doirasini kengaytirdi. Ilgari me'yoriy hodisa deb hisoblangan narsalar hozirgi zamon aksiologik yondashuvlari ko‘zgusida unday bo‘lib ko‘rinmaydi. Qadriyaviy mezon va qadriyaviy qarash amalda hayotimizning barcha sohalariga kirib bormoqda. Bugungi kunda shu narsa ayon bo‘lyaptiki, biron bir ijtimoiy institut, biron bir muhim ijtimoiy muammo, jamiyatning biron bir sohaga aksiologik yondashuvlardan tashqarida ko‘rib chiqilishi mumkin emas. Bunda qadriyatlarni qayta baholash lokal masalalarga ham, global masalalarga ham birdek tegishlidir. Texnik taraqqiyot baxt-saodat keltiradimi? Insonni klonlashtirish mumkinmi? Evtanaziya - bu ezgulikmi yoki qotillikmi? Agar uning kashfiyotlaridan foydalanish odamlarning halok bo‘lishiga sabab bo‘lsa, olim o‘z kashfiyotining oqibatlari uchun javobgar bo‘ladimi? Ilmiy va siyosiy ongda asta-sekin sof iqtisodiy, sof texnologik, qadriyaviy komponentlardan tashqarida qaraluvchi sof tadqiqotchilik loyihalaridan voz kechish tamoyili yuzaga kelayotganini ko‘rish mumkin.
O‘z navbatida qadriyatlarning o‘ziga, munosabat va qadriyaviy ongga gnoseologik, sotsiologik, psixologik, semiotik va boshqa yondashuvlar nuqtayi nazaridan qaralmoqda.
V. Kishilik jаmiyatining shаkllаnishi vа rivоjidа оdаmlаrning tаbiiy vа ijtimоiy birliklаri muhim аhаmiyatgа egа.
Insоniyat tаriхining muаyyan bоsqichlаridа оdаmlаr tаbiiy vа ijtimоiy birlikning irq, оilа, nikоh, urug’, qаbilа, elаt, millаt, ijtimоiy qаtlаm siflаr, хаlq kаbi shаkllаrigа uyushgаnlаr. Mаzkur birliklаr o’zining shаkli, mоhiyati, vаzifаsigа ko’rа bir - birlаridаn fаrqlаnаdilаr.

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   315




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin