Zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə96/315
tarix02.06.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#123283
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   315
Falsafadan

2.Murаkkаb mulоhаzаlаr (hukmlаr) “vа”, “yoki”, “аgаr...undа” kаbi mаntiqiy bоg’lаmаlаr, inkоr qilish vа mоdаl tеrminlаrni qo’llаsh оrqаli ikki vа undаn оrtiq оddiy hukmlаrning o’zаrо birikishidаn hоsil bo’lаdi. Mantiqiy bog’lovchining mazmuniga ko’ra murakkab hukmlarning quyidagi asosiy turlarini farq qilish mumkin: birlashtiruvchi, ayiruvchi, shartli, ekvivalent.
Birlashtiruvchi (kon’yunktiv) hukmlar deb ikki va undan ortiq oddiy hukmlarning «va», «ham», «hamda» kabi mantiqiy bog’lovchilar vositasida o’zaro birikishidan hosil bo’lgan hukmlarga aytiladi. Masalan, 1.«Qo’ng’iroq chalindi va dars boshlandi». 2.«A. Navoiy shoir va davlat arbobi bo’lgan». 3.«Muhammad Xorazmiy va Ahmad Farg’oniylar matematika fanining rivojlanishiga katta hissa qo’shganlar».
Birinchi birlashtiruvchi hukm ikki mustaqil oddiy hukmning bog’lanishidan hosil bo’lgan. Ikkinchi hukmda bir xil sub’ektga ega bo’lgan ikki oddiy hukm o’zaro bog’langan. Uchinchi birlashtiruvchi hukmda esa bir xil predikatga ega bo’lgan ikki oddiy hukm o’zaro bog’langan. O’zbek tilida birlashtiruvchi hukmlar «ammo», «lekin», «biroq» kabi bog’lamalar va (,) vositasida ham tuziladi. Mantiqiy bog’lamalar kon’yunkstiya belgisi «»orqali ifodalanadi. Formulasi rq.
Kon’yunktiv (birlashtiruvchi) hukm tarkibidagi oddiy hukmlarni «r» va «q» shartli belgilari bilan belgilasak, unda bu hukm «» formulasi orqali ifodalanadi. Kon’yunktiv hukm tarkibidagi oddiy hukmlar chin yoki xato bo’lishi mumkin. Tarkibidagi hamma oddiy hukmlar chin bo’lganda, birlashtiruvchi hukm chin bo’ladi. Boshqa hamma holatlarda esa xato bo’ladi. Masalan, «YOlg’on gapirish va o’g’irlik qilish jinoyatdir» hukmidagi birinchi oddiy gap «YOlg’on gapirish jinoyatdir» chin bo’lmaganligi uchun bu hukm chin bo’lmaydi.
Ayiruvchi (diz’yunktiv) hukm deb «yo», «yoki», «yoxud» mantiqiy bog’lamalari vositasida oddiy hukmlardan tashkil topgan mulohazaga aytiladi. Bu bog’lovchilar ikki oddiy hukmni yoki bir qancha predikatlarni. yoki bir qancha sub’ektlarni bir-biridan ayirib turadi. Masalan, «Qodirov falsafa yoki sostiologiya, yoki psixologiya bo’limida o’qiydi». «Konstertda birinchi yoki ikkinchi kurs talabalari qatnashadilar». Ayiruvchi bog’lamalar «V» – diz’yunkstiya belgisi orqali ifodalanadi. Ayiruvchi (diz’yunktiv) hukmlar oddiy yoki qat’iy turlarga bo’linadi. Oddiy diz’yunktiv hukm tarkibidagi oddiy hukmlardan biri yoki hammasi chin bo’lishi mumkin, qat’iy diz’yunktiv hukmda esa tarkibidagi oddiy hukmlardan faqat bittasi chin bo’ladi. Oddiy diz’yunktiv hukm pVq formulasi bilan, qat’iy diz’yunktiv hukm pVq formulasi bilan belgilanadi.
«A.Avloniy shoir yoki dramaturgdir». Bu oddiy diz’yunktiv hukm. «Abdullaev musobaqada yo yutadi, yo yutmaydi». Bu qat’iy diz’yunktiv hukm.

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   315




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin