Kurs ishi mavzusining maqsadi va vazifasi:Kurs ishining maqsadi ana shu buyuklarimiz, bobolarimizning xayoti va ijodiga baishlangan bo’lib bunda olimlarni fan ravnaqiga qo’shgan hissalari, ilmiy yangiliklari bayon etiladi.
Asosiy qism
1. SAMARQAND TARIXI
Tarixiy yozma manbalarda Samarqandning yoshi qadimiyligi to’g’risida ma’lumotlar bor. Muhammad sh-Nasafiy «al-Qand fiy zikri ulamoi Samarqand», Haydar as-Samarqandiy (12-asr) «Qandiyai Xurd», Abu Tohirxoja Samarqandiy «Samariya», Xitoy tarixchisi Chjan Syan, yunon va rimlik tarixchilar Arrian, Kursiy Ruf va boshqa ko’plab mualliflarning asarlarida bu haqda yozib o’tilgan. Shu bois o’rta asrlardan Sharqda ommalashib ketgan maqollardan birida «G’arbda Rim, Sharqda Samarqand» deyilgan. Samarqand va Rim insoniyat taqdiridagi buyuk xizmatlarini nazarda tutib «Boqiy shaharlar» nomini olganlar. Xalq iborasi «Samarqand sayqali ro’yi zaminast» [Samarqand yer yuzining sayqali (jilosi)] behuda aytilmagan. Amir Temur Samarqandni o’zgacha mehr bilan qadrladi, obod qildi, dunyoning sayqaliga aylantirdi.
«Samarqand» so’zining kelib chiqishi to’g’risida bir qancha taxmin va gipotezalar mavjud. Sharq mualliflari «Samarqand» so’zining birinchi qismi, ya’ni «Samar» so’zi shu shaharga asos solgan yoki shaharni bosib olgan kishining nomi deb hisoblab, bir qancha sun’iy ta’riflarni taklif etdilar. Biroq tarixda bunday ismli kishi to’g’risida ma’lumotlar aniqlanmagan. So’zning ikkinchi qismi «kent» (qand) — qishloq, shahar degan ma’noni bildiradi. Ba’zi yevropalik olimlar, bu nom qadimdan qolgan, sanskritcha «Samarya»ga yaqin, ya’ni «yig’ilish, yig’in» so’zidan kelib chiqqan deb izohlaydilar. Antik mualliflarning asarlarida shahar Marokandadeb atalgan. Bu haqiqatga ancha yaqin bo’lib, Marokanda — Samarqand atamasining yunoncha aytilishidir. 11-asr olimlaridan Abu Rayxon Beruiiy na Mahmud Koshg’ariy shahar nomining kelib chiqishini «Semizkent», ya’ni «semiz qishloq» so’zining buzib talaffuz qilinishi deb tushuntiradilar.
Samarqand jahonning eng qadimiy shaharlaridan biri — 2700 yildan ortiq tarixga egasr Samarqand miloddan avvalgi 4-asrdan milodiy 6-asrgacha Sug’d davlatining poytaxti bo’lgan. Arxeologik qazishmalardan ma’lum bo’lishicha, yuqori paleolit davrida ham Samarqand hududida odamlar yashagan. Rim tarixchisi Kvint Kursiy Rufning (mil. av. 1-asr oxiri — mil. 1-asr) yozishicha, Samarqand qal’asi devorining aylanasi taxminan 10,5 km bo’lgan. Miloddan avvalgi 329 yil makedoniyalik Aleksandr (Iskandar Maqduniy) qo’shinlari Samarqandni vayron qilgan. Samarqand 6-asrda Turk xoqonligi tarkibiga kirgan va mahalliy hokimlar tomonidan boshqarilgan. 7-asr boshidan Zarafshon vodiysi Samarqand hokimlari qo’l ostiga o’tgan. Bu davrda Samarqand Hindiston, Eron, Misr va Vizantiya davlatlari bilan savdo-sotiq qilgan. Qutayba ibn Muslim boshchiligidagi arab qo’shinlari 712 yilda Samarqandni egallagan. Qo’zgolon ko’targan shahar aholisining bir qismini qirib tashlagan. At-Tabariy keltirgan ma’lumotga ko’ra, samarqandliklar shahriston (ichki shahar)ni arablarga bo’shatib berishga majbur bo’lganlar. Arablar shahristonda masjid va minbar qurganlar. Mahalliy aholidan tortib olingan qimmatbaho buyumlar va oltin, kumush bilan bezatilgan sanamlar (xilat ul-as-nom) ni eritib 10 ming misqol qimmatbaho metall olingan. 776—783 yillarda arablarga qarshi Muqanna boshchiligida qo’zg’olon ko’tarilgan (q. Muqanna qo’zg’oloni). Arablarga qarshi ko’tarilgan qo’zg’olonlarni bostirishga faol qatnashgan mahalliy zamindor aholi vakillari 9-asr 20- yillaridan Movarounnahr va viloyatlarini boshqarishga tortildi, jumladan, Samarqandni boshqarish Somoniylar qo’liga o’tdi. O’sha vaqtdan Samarqand — Somoniylar davlatining poytaxti bo’ldi. 887 yildan birinchi marta somoniylar kumush tangalari Samarqandda zarb qilina boshladi. Somoniylar poytaxti Buxoroga ko’chirilgandan (889) so’ng ham Samarqand Movarounnahrning eng yirik hunarmandchilik va savdo markazlaridan biri bo’lib qoldi. 11-asrdan Samarqand Qoraxoniylar davlatitarkibiga kirgan. P-asrda Samarqandni Saljuqiylarbosib olgan. 12-asrdan Qoraxitoylarga tobe bo’lgan. 1210 yildan Muhammad Xorazmshoh davlati tarkibidasr 1212 yil samarqandliklar Xorazmshohga qarshi qo’zg’olon ko’targan. 1220 yil Chingizxon qo’shinlari Samarqandga bostirib kirib. shaharga o’t qo’ygan va aholining ko’p qismini qirgan, qolganlari shaharni tark etib omon qolgan. Bir necha yildan so’ng Samarqand qayta tiklana boshlagan. 13-asrning 2-yarmida Samarqandga kelgan venesiyalik sayyoh Marko Polo «Sonmarkon katta va mashhur shahar» deb yozgan. Mo’g’ullar hukmronligi davrida Samarqand Chig’atoy ulusi tarkibida bo’lgan.
14-asr o’rtalarida Movarounnahrda mo’g’ullarga qarshi xalq harakatlari bo’lib o’tdi. Sarbadorlar qo’zg’oloninatijasida shaharda bir necha oy xalq hokimiyati o’rnatildi. 14-asr oxiri na 15-asrda Samarqandning iqtisodiy-siyosiy va madaniy hayoti ancha yuksaldi. Amir Temursaltanati poytaxti sifatida Samarqand jahonga mashhur bo’ldi. Bu davrda Samarqand ko’pgina Sharq va Yevropa davlatlari bilan savdo aloqalari o’rnatgan. Samarqandda ko’plab hashamatli me’moriy inshootlar qurilgan. Yirik sharqshunos olim V.V.Bartold ta’kidlaganidek, Amir Temurning fikriga ko’ra, Samarqand jahonning birinchi shahri bo’lishi kerak edi. Amir Temur vafoti (1405)dan so’ng Samarqand taxtini Ulug’bek egalladi. Ulug’bek davrida Samarqand da qurilishlar avj oldi. Qo’shni davlatlar bilan aloqalar kuchaydi. 15-asr oxirida Samarqandni Zahiriddin Muhammad Bobur egalladi (1497). 1500 yil Shayboniyxon Samarqandni deyarli urushsiz bosib oldi. 16-asr o’rtalarigacha Samarqand Shayboniylar davlatining poytaxti bo’lib turdi. O’sha vaqtdan rus bosqiniga qadar (1868) Buxoro xonligi (amirligi) tarkibida bo’lib keldi. 1723— 30 yillarda qozoqlar bosqini davrida katta talofat ko’rdi. 1740—47 yil larda Nodirshohga tobe bo’ldi. 17-asrning 1-yarmida olchin urug’idan chiqqan o’zbek harbiy-zamindorlarining yirik vakili Yalangto’sh Bahodir Samarqand hokimi bo’lgan. 1758—1868 yil larda esa Samarqand Buxoro amirligiga itoat qilgan.
1868 yil 1 mayda Samarqand yaqinidagi Cho’pon-ota tepaligida rus podshosi qo’shinlari bilan samarqandliklar o’rtasida qattiq jang bo’ldi. Samarqand aholisi shaharni bosqinchilardan mardonavor himoya qildilar. Nihoyat ruslar katta talofatlar berib shaharni 2-mayda egalladilar. Keyinchalik Samarqand va Kattaqo’rg’on bekliklari birlashtirilib, Zarafshon okrugi tuzildi. So’ngra unga Panjakent va Zarafshon vodiysi yuqorisidagi tog’li rayonlar ham qo’shildi. 1886 yil Zarafshon okrugi Samarqand viloyatiga aylantirildi. Samarqand uning ma’muriy va savdo markaziga aylandi. O’sha vaqtdan boshlab, shaharda yangi tipdagi binolar qurila boshladi, yangi sanoat korxonalari qad ko’tardi. 20-asr boshiga kelib Samarqanddagi korxonalar, turli hil ustaxonalarida ishchilar soni ko’paydi. 1917 yil 5 dek.da Samarqandda hokimiyat sho’rolar qo’liga o’tdi. 1918 yil 11 aprelda Samarqandda sho’rolarning viloyat syezdi bo’ldi, syezdda Turkiston Muxtor Respublikasi tuzilishi e’lon qilindi. 1925—30 yillarda Samarqand O’zbekiston poytaxti bo’lib turdi. 1991 yil O’zbekiston mustamlakachilik asoratidan qutilib, mustaqillikka erishgach, Samarqand respublikaning yirik madaniy markaziga aylandi.
Samarqandni arxeologik jihatdan o’rganish ishlari 19-asrning oxirlarida boshlangan edi. 1895 yilda sharqshunos olim V.V.Bartoldning tashabbusi bilan tuzilgan «Turkiston arxeologiya havaskorlari to’garagi» a’zolari Samarqanddagi Afrosiyobni ko’p asrlar xazinasi deb qarab, unda keng ko’lamdagi arxeologik qazishma ishlarini olib bordilar. V.Yasr Vyatkin, N.M.Veselovskiylar o’tkazgan arxeologik qazishmalar natijasida turli xildagi qadimiy buyumlar topilib muzeyga berildi. 1908 yilda V.L.Vyatkin Samarqand chekkasida joylashgan Ulug’bek rasadxonasining o’rnini anikladi va qazish ishlarini o’tkazdi. Natijada rasadxona xarobasi hamda uning yer ostidagi butun qolgan qismi qazib ochildi. O’sha davrdan boshlab O’rta Osiyo xalqlarining qad. madaniy merosini o’rganishda dastlabki qadamlar qo’yildi. 1912—13, 1929—30 yillarda V.L.Vyatkin, 1912 yil M.Ye.Masson Afrosiyobda qazish ishlarini olib bordilar. A.I. Terenojkin 1945—48 yillarda Samarqand 2500 yillik tarixga ega deb belgiladi; shahar tarixi davrlashtirildi.
1950-ylardan boshlab Afrosiyobda muntazam arxeologik qazishmalar o’tkazish, ayniqsa, 1958 yildan V.A. Shishkin rahbarligida, 1966 yildan boshlab esa Yasr G’. G’ulomov boshchiligida faollashdi. Afrosiyobni o’rganish ishlari ko’lamini kengaytirish maqsadida, 1966 yilda doimiy harakatdagi Afrosiyob kompleks arxeologiya ekspedisiyasi tashkil etildi. 1970 yilda Samarqandda O’zbekiston FAning mustaqil Arxeologiya in-ti tashkil etilishi Samarqanddagi arxeologik qazishmalarni yanada keng ko’lamda olib borishga imkoniyat yaratdi. Arxeologik qazishmalar natijasida Samarqandning yoshi aniqlandi va 1970 yilda shaharning 2500 yillik yubileyi keng nishonlandi. 1971—77 yillarda Sh. Toshxo’jayev, 1978—85 yillarda G.V. Shishkina qazishma ishlarini olib bordilar. Mustaqillik yillarida arxeologik qazish va i.t. ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida fransiyalik akad., sharqshunos arxeologlar Pol Bernar va Frans Grene. o’zbek arxeolog olimlari prof. M. Isomiddinov. A.Anorboyev va tadqiqotchi A. Otaxo’jayevlar bilan hamkorlikda ishladilar. Natijada, Afrosiyobdagi eng quyi madaniy qatlamlarni o’rganish jarayonida yer sathidan 10—15 m chuqurlikda mil. av. 9—7-asr o’rtalariga oid ashyolar topildi. Bular qo’lda yasab rangli naqsh berilgan sopol idishlarning parchalari va shuningdek, guvaladan tiklangan 7 m qalinlikdagi mudofaa devori qoldiqlaridir. Afrosiyobning 19 gektarlik ark qismi devor bilan butunlay o’rab olingan. Afrosiyobning boshqa joylari ham tekshirib ko’rilganda quyi qatlamlaridan shunga o’xshash va mil. av. 9—8-asrlarga oid ashyolar topildi.
Afrosiyobdan topilgan ushbu namunalar Fransiyada radiokarbon tadqiqot usulida o’rganilib, ular mil. av. 8-asrga, aniqrog’i 2750 yoshga taalluqliligi isbotlandi.
Samarqand bunyod bo’lganidan buyon u O’rta Osiyoning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida katta mavqyega ega bo’lib keldi. Shaharning Buyuk ipak yo’li chorrahasida joylashganligi, bu yerda qadimdan hunarmandchilikning joyi to’qish, mashhur Samarqand qog’ozi i.ch., kulolchilik, temirchilik, novvoylik, qandolatchilik, badiiy kashtachilik va b. turlari hamda savdo-sotiq ishlarining rivojiga turtki bo’ldi. Samarqandda qadimdan ravnaq topgan hunarmandchilik turlari mahalla-guzarlarning nomlarida saqlanib qolgan, mas.
«So’zangaron» (igna tayyorlovchilar). «Kamongaron» (o’q-yoy yasovchilar) va boshqa nomlar hozirgi kungacha yetib kelgan.
1841—42 yillarda Buxoroga Rossiya elchisi qilib yuborilgan sharqshunos N.V.Xanikovning yozishicha, o’sha vaqtda Samarqand baland devor bilan o’ralgan bo’lib, uning 6 ta darvozasi: Buxoro, Paykobod, Shohizinda, Qalandarxona, So’zangaron, Xoja Ahror bo’lgan. Kechalari shaharga kirib-chiqish taqiqlangan. Shahar devorining aylanasi 13,9 km, uning umumiy maydoni esa 10,4 km2 ni tashkil qilgan. Shaharda juda ko’p bog’, ariq-zovur va hovuzlar, ikkita g’ishtin karvonsaroy va uchta hammom (2 tasi Xoja Ahror hammomlari, bittasi Miri hammomi) faoliyat ko’rsatgan. Ko’chalar shaharning 6 ta darvozasini Registon maydoni bilan bog’lagan. Bibixonim masjidi bilan Chorsu o’rtasidagi ko’cha ancha serqatnov bo’lgan. Qo’rg’on shaharning g’arbiy qismida bo’lib, uning uz. 3,2 km li tashqi devori va ikkita darvozasi bo’lgan. Qo’rg’onda hokim saroyi, sipohilar yashaydigan uylar joylashgan. Shahar aholisining soni 25—30 mingga yetgan.
Samarqandning yevropacha tipdagi qismini qurish ishlari 1871 yilda boshlandi. O’sha vaqtda okrug gubernatori general Abramovning buyrug’iga muvofiq, mahalliy aholining yer uchastkalari musodara qilinib va sotib olinib, ofiserlar hamda amaldorlarga, kichik harbiy lavozimdagi oilali kishilarga, va mustasno tariqasida, rus savdogarlari hamda meshchanlarga bo’lib berilgan. Kichik lavozimdagi harbiylarga «Soldatskaya slobodka» deb ataluvchi shim.-g’arbiy buluk ajratilgan. O’sha davrda Eski va Yangi shahar o’rtasida xiyobon va bog’ barpo etildi, harbiy gubernator uyi, kazarmalar, ofiserlar majlis o’tkazadigan bino kurildi. Podsho Rossiyasi mustamlakachiligi davrida Samarqandda bir nechta qayta ishlovchi mayda korxonalar vujudga keldi. Shaharda 34 paxta tozalash, 20 vino, bir necha spirt, pivo z-dlari, tegirmonlar ishlagan. Metallni qayta ishlash z-dida bir qancha presslash, 2 ta yo’nuvchi, 2 ta vint kesish stanogi bo’lib, cho’yan buyumlar, zanjir, o’roq, panshaxa, ketmon, bolta kabi buyumlar ishlab chiqarilgan. Samarqand — aholisining soni va sanoatining ko’lami -bo’yicha O’zbekiston-da yetakchi o’rinlar-dan biridasr 1930-yil larda pillakashlik va shoyi to’qish f-kalari, meva konserva z-di, choy qadoqlash f-kasi qurildi. 1940—70 yillarda Samarqandda «Krasniy dvigatel», «Kinap», tamaki-fermentasiya z-dlari, yigiruv f-kasi, superfosfat z-di, poyabzal va tikuvchilik f-kalari, uysozlik k-ti, chinni z-di va b. korxonalar qurib ishga tushirildi.
Sho’ro davrida shaharning yevropaliklar yashaydigan qismi obod qilindi, aholisi ham ko’chib keluvchilar hisobiga ortib bordi. Eski shahar qismi esa o’z holicha tashlab qo’yildi, ko’p me’moriy yodgorliklar qarovsiz qolib, xaroba holiga kelib qoldi.
Mustaqillik yillarida Samarqandda sa-noat korxonalari qayta jihozlandi. Ularda bozor talabiga mos mahsulotlar i.ch. amalga oshirildi. Sanoatning asosiy qismi xususiylashtirildi. Aksariyat yirik, o’rta korxonalar negizida aksiyadorlik jamiyatlari tuzildi. Ko’plab qo’shma korxonalar tashkil qilindi. Samarqand viloyatidagi mulkchilikning barcha turiga oid 135 yirik sanoat korxonalarining asosiy qismi Samarqandda joylashgan. Bular «SamKochAvto» (avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqariladi), «Alpomish» (traktorlar, gilza-porshenlar), «Tajriba-mexanika» (parmalash uskunalari), «Kinap» (kino-apparatura), avtomobillar uchun elektrotexnika asbob-uskunalari z-dlari, uy-ro’zg’or sovitkichlari korxonasi, superfosfat, ammofos o’g’itlari, sulfat kislotasi ishlab chiqaradigan superfosfat z-di, liftsozlik, marmar taxtalar, g’isht, asfalt-beton z-dlaridir.
Shahardagi yengil sanoat korxonalaridan pillakashlik, shoyi to’qish, trikotaj, tikuvchilik, mebel, poyabzal f-kalari, chinni z-di faoliyat ko’rsatadi. Oziq-ovqat sanoatida: un-tegirmon, makaron, choy qadoklash, sut-moy, meva-konserva, vino, pivo, spirt-araq va alkoglsiz ichimliklar, qandolat shirinliklari ishlab chiqaradigan korxonalar mavjud.
Samarqand viloyatida mustaqillik yillarida qurilgan qo’shma korxonalarning asosiy qismi Samarqandda joylashgan. Bular: O’zbekiston—Turkiya «Sam-KochAvto», O’zbekiston—Amerika—Angliya «UzVAT», O’zbekiston—Chexiya «Praga» (mineral suv qadoklash), O’zbekistoi— Latviya «Bravosut» qo’shma korxonalari va b. Shahar korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning aksari qismi chet ellarga eksport qilinmokdasr Shaharda minglab kichik va o’rta biznes subyektlari, xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchilar bor. Samarqandda 25 dan ortiq yo’nalishda avtobuslar qatnaydi. Trolleybus qatnovi yo’lga qo’yilgan. Shahar Toshkent xalqaro aeroporti avialiniyalari orqali Respublika viloyatlari va xorijiy davlatlar bilan bog’langan. 2003 yil 30 dekabrdan yo’lovchilar tashuvchi Toshkent — Samarqand elektr poyezdi ishga tushirildi.
Samarqand qadimiy tarixi va me’moriy yodgorliklari tufayli butun dunyo tan olgan haqiqiy muzey shahriga aylandi. Shu bois respublika hukumati qarori bilan 1982 yilda Samarqandning Afrosiyob shahristoni, o’rta asrlarda bunyod etilgan me’moriy yodgorliklar va 19—20-asr larda qurilgan «Yangi shahar»dagi binolar, tarix va o’lkashunoslik muzeylari asosida «Samarqand davlat birlashgan tarixiy-me’moriy muzey-qo’riqxonasi» tuzildi. O’sha yilda shaharning tarixiy qismini muhofazalash chegaralari belgilandi.
Samarqandning me’moriy-tarixiy yodgorliklari 2001 yilda YuNESKOning Finlyandiyada o’tkazilgan 25-sessiyasida Jahon merosi ro’yxatiga kiritildi.
Samarqandda 73 ta yirik tarixiy me’moriy yodgorlik: Registon ansambli, Shohi Zinda ansambli, Amir Temur maqbarasi, Ulug’bek rasadxonasi, Bibixonim jome masjidi, Ruhobod maqbarasi, Ab-didarun majmuasi, Xoja Ahror masjidi, Hazrati Xizr masjidi va b. saqlangan. O’zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan Sda Abu Mansur al-Moturidiy as-Samarqandiy dafn etilgan Chokardiza qabristoni hududida Moturidiy yodgorlik majmui mozoriga maqbara qurildi, qabriston obod etildi, Burhoniddin Marg’inoniy vafotining 800 yilligi (1997), tavalludining 910 yilligi (hijriy sana bo’yicha) (2000) keng nishonlandi (Samarqand sh.dagi Chokardiza qabristoniga dafn etilgan). Samarqandning markaziy maydoniga Amir Temur haykali o’rnatildi.
Samarqand shahrida hoz. kunda xalqaro miqyosdagi turli anjumanlar o’tkazilmoqdasr Ayniqsa, «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalining Samarqandda o’tkazilishi muhim ahamiyatga egadir.
Vatanimiz tarixida tutgan beqiyos o’rni, samarqandliklarning asrlar davomida milliy fan va madaniyatimizni rivojlantirishga qo’shgan buyuk hissasining e’tirofi sifatida Samarqand «Amir Temur» ordeni bilan mukofotlandi (1996 yil 28 avg.). Ordenni 1996 yil 18 okt.da O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov topshirdi.
Dostları ilə paylaş: |