Zahiriddin muxammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti toirjanov elyor isaqovich


 Sport gimnastikasi Olimpiada o’yinlarida



Yüklə 1,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/48
tarix02.01.2022
ölçüsü1,41 Mb.
#37610
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48
02gimnastikapdf

1.7. Sport gimnastikasi Olimpiada o’yinlarida 
Gimnastika  sporti  yangi  davr  Olimpiada  o’yinlarining 
birinchi dasturidan o’rin olgan edi. Biroq uni o’tkazish shakli ho- 
zirgi  kundagi  gimnastika  sport  musobaqalari  dasturidan  farq 
qiladi. 
1896-yil  -  Afina  (Gretsiya).  I-Olimpiada  o’yinlarida  10 
mamlakat  ishtirok  etgan  bo’lsa,  shulardan  5  tasi  gimnastika 
musobaqasida qatnashgan. 
Qo’shpoyada  -3  mamlakatdan  18  ishtirokchi:  1-o’rinni 
A.Flatov  (Germaniya),  2-o’rinni  J.Sutter  (Shvetsiya),  3-o’rinni 
X.Vayngyortner  (Germaniya)  egalladi.  Jamoalar  o’rtasida  2 
mamlakatdan  67  ishtirokchi  qatnashib,  1-o’rinni  Germaniya,  2-
o’rinni Gretsiya-1 jamoasi, 3-o’rinni Gretsiya-2 jamoasi egalladi. 
Yakkacho’pda  -  shaxsiy  birinchilikda  4  mamlakatdan  15 
ishtirokchi  qatnashib,  1-o’rinni  X.Vayngyortner,  2-o’rinni 
A.Flatov egalladi. 
Jamoalar  o’rtasida  mutlaq  I-o’rinni  Germaniya  terma 
jamoasi egalladi. 
Yog’och  otda  -  besh  mamlakatdan  15  ishtirokchi 
qatnashib,va  2-o’rinlarni  J.  Sutter  hamda  X.  Vayngyortner 
(Germaniya) egalladi. 
Halqada  -  3  mamlakatdan  8  ishtirokchi  qatnashib,  1-
o’rinni  Mitropulos  (Gretsiya),  2-o’rinni  X.  Vayngyortner 
(Germaniya) va 3-o’rinni Persakis (Gretsiya) egalladi. 
Tayanib  sakrashda  -  5  mamlakatdan  15  ishtirokchi 
qatnashib,  1-o’rinni  K.Shuman  (Germaniya),  2-o’rinni  J.  Sutter 
(Shvetsiya) egalladi. 


20 
 
Arqonga tirmashib chiqishda 4 mamlakatdan 5 ishtirokchi 
qatnashib,  1-o’rinni  N.Andriakopulos  va  2-o’rinni  T.  Ksenakis 
(Gretsiya) egalladi. 
1900-yil  -  Parij  (Fransiya).  II-Olimpiada  o’yinlaridagi 
gimnastika  musobaqasida  6  mamlakatdan  866  sportchi  ishtirok 
etgan.  Fransiya  MOQ  taklifi  bilan  musobaqa  quyidagi  dasturda 
o’tkazildi. Shaxsiy birinchilikda  - qo’shpoya, yakkacho’p, halqa, 
yog’och  otda  tayanib  sakrash,  erkin  mashqlar,  yugurib  kelib 
uzunlikka  sakrash,  turgan  joyidan  uzunlikka  vabalandlikka 
sakrashlar,  langarcho’p  bilan  sakrash,  arqonga  tirmashib  chiqish 
va  50  kg  og’irlikni  ko’tarish  bo’yicha:  1-o’rinni  G.  Sandra 
(Fransiya),  2-o’rinni  N.  Ba  (Fransiya),  3-o’rinni  L.Demane 
egalladi.  Bundan  ko’rinib  turibdiki,  Olimpiada  o’yinlarida 
sportning  bu  turida  fransuzlar  us-  tunlik  qilishgan.  Musobaqada 
gimnastikaga oid turlar ham bo’lgan. Ushbu dastur, asosan, 1924-
yilgacha davom etib kelgan. 
1904-yil-Sent Luis (AQSH). III-Olimpiada o’yinlarida 13 
mamlakatdan 119 ishtirokchi qatnashgan. 
Jamoali-uchkurash-uzunlikka sakrash, yadro irg’itish, 100 
yardga  yugurish,  oltikurash,  yakkakurash,  qo’shpoya,  tayanib 
sakrash,  ko’ndalang  turgan  yog’och  otdan  sakrash,  yadro 
irg’itish,  100  yardga  yugurish  shaxsiy  musobaqa  dasturiga 
kirgan. 
Dastakli  otda  -  1-o’rinni  A.Xeyda,  2-o’rinni  J.Eyser,  3-
o’rinni U.Mers (hammasi AQSH) egallagan. 
Halqada  -  1-o’rinni  X.Gless,  2-o’rinni  U.Mers,  3-o’rinni 
E.Foyt (hammasi AQSH) egallagan. 
Qo’shpoyada  -  1-o’rinni  J.Eyser,  2-o’rinni  A.Xeyda,  3-
o’rinni J.Dyuxa (hammasi AQSH) egallagan. 
Yakkacho’pda  -  1-o’rinni  A.Xeyda,  2-o’rinni  E.Xennig, 
3-o’rinni J.Eyser (hammasi AQSH) egallagan. 
Arqonga tirmashib chiqishda - 1-o’rinni J.Eyser, 2-o’rinni 


21 
 
Ch.Kraus, 3-o’rinni E.Foyt (hammasi AQSH) egallagan. 
Tayanib sakrashda - 1-o’rinni A.Xeyda, 2-o’rinni J.Eyser, 
3-o’rinni U.Mers (hammasi AQSH) egallagan. 
To’qmoqlar bilan mashqda - 1-o’rinni E.Xennig, 2-o’rinni 
E.Foyt, 3-o’rinni R.Uilson (hammasi AQSH) egallagan. 
7  ta  ginmastika  jihozlarida  shaxsiy  birinchilikda  -  1-
o’rinni A.Xeyda, 2-o’rinni J.Eyser, 3-o’rinni U.Mers egallagan. 9 
ta  gimnastika  jihozlarida  shaxsiy  birinchilikda  -  1-o’rinni 
A.Shnipler  (Shveysariya),  2-o’rinni  Y.Lenxard  (Avstriya),  3-
o’rinni  V.Veber  (Germaniya)  egallagan.  Ushbu  ma’lumotdan 
ko’rinib  turibdiki,  Amerika  qit’asida  o’tkazilgan  Olimpiada 
o’yiniarida  gimnastika  musobaqalari  dasturi  boshqacha  bo’lgan. 
Chunki  xalqaro  olimpia  qomitasi  (XOQ)ning  qaroriga  ko’ra, 
musobaqa  qabul  qiladigan  mamlakat  sportning  uch  turiga  o’z 
dasturini kiritadi. 
1908-yil  -  London  (Angliya).  IV  Olimpiada  o’yinlarida 
12 mamlakatdan 97 ishtirokchi qatnashgan. 
Shaxsiy  birinchilikda  -  yakkacho’p,  qo’shpoya,  yog’och 
ot,  halqa,  arqonga  tirmashib  chiqishda  317  ball  bilan  1-o’rinni 
A.Bralya  (Italiya),  312  ball  bilan  2-o’rinni  S.Tusel  (Angliya), 
297 ball bilan 3-o’rinni L.Segyura (Fransiya) egallagan. 
1912-yil - Stokgolm (Shvetsiya). V Olimpiada o’yinlarida 
9 mamlakatdan 44 ishtirokchi qatnashgan. 
Ko’pkurash, yakkacho’p, qo’shpoya, yog’och ot, halqada 
865  ball  bilan  1-o’rinni  A.Bralya  (Italiya)  ,  862,5  ball  bilan  2-
o’rinni L.Segyura (Fransiya), 861,5 ball bilan 3-o’rinni A.Tunezi 
(Fransiya) egallagan. 
Ixtiyoriy, jihozlar tartibini va mashqlarni bajarish tartibini 
sportchilarni  o’zi  tan  lagan.  Terma  jamoa  o’rtasida  187,25  ball 
bilan 1-o’rinni Norvegiya, 109,25 ball bilan 2-o’rinni Finlandiya, 
3-o’rinni 106,25 ball bilan Daniya egallagan. 
Shvedlar tizimi: 1-o’rinni Shvetsiya, 2-o’rinni Daniya, 3-


22 
 
o’rinni Norvegiya jamoalari egallagan. 
1920-yit-Antverpen  (Belgiya).  VI  Olimpiada  o’yinlarida 
5 mamlakatdan 119 ishtirokchi qatnashgan. 
Shaxsiy birinchilikda yakkacho’p, qo’shpoya, yog’och ot, 
halqada  88,35  ball  bilan  1-o’rinni  J.  Dzampori  (Italiya),  87,62 
ball  bilan  2-o’rinni  M.  Torres  (Fransiya),  87,45  ball  bilan  3-
o’rinni J. Guno (Fransiya) egallagan. 
Yevropa  tizimi:  1-o’rinni  Italiya,  2-o’rinni  Belgiya,  3-
o’rinni Fransiya egallagan. 
Shvedlar tizimi: 1-o’rinni Shvetsiya, 2-o’rinni Daniya, 3-
o’rinni Belgiya terma jamoasi egallagan. 
Ixtiyoriy tizim: jihoz va mashqlarni o’zi tanlaydi. 
1-o’rinni  Daniya,  2-o’rinni  Norvegiya  terma  jamoalari 
egallagan. 
1924-yil  -  Parij  (Fransiya).  VII  Olimpiada  o’yinlarida  9 
mamlakatdan 82 ishtirokchi qatnashgan. 
Ko’pkurash - yakkacho’p, dastaldi ot, qo’shpoya, tayanib 
sakrash,  ko’ndalang  turgan  yog’och  otdan  sakrash,  halqa, 
arqonga  tirmashib  chiqish  mashqlari  kirgan.  Bundan  tashqari, 
sportchilar shaxsiy birinchiligida: 
Qo’shpoyada  -  1-o’rinni  A.Gyuttinger  (Shveysariya),  2-
o’rinni R.Prajak (Chexoslovakiya), 3-o’rinni J.Dzampori (Italiya) 
egallagan. 
Yakkacho’pda  -  1-o’rinni  L.Shtukel  (Yugoslaviya),  2-
o’rinni  J.Gutveniger  (Shveysariya),  3-o’rinni  A.Ijlen  (Fransiya) 
egallagan. 
Dastakli  ot  -  1-o’rinni  Y.  Velxelm  (Shveysariya),  2-
o’rinni  J.Gutveniger  (Shveysariya),  3-o’rinni  A.  Rebete 
(Shveysariya) egallagan. 
Halqada - 1-o’rinni F.Martino (Italiya), 2-o’rinni R.Prajak 
(Chexoslovakiya), 3-o’rinni L.Vaxa (Chexoslovakiya) egallagan. 
Tayanib  sakrash  -  1-o’rinni  F.Kris  (AQSH),  2-o’rinni 


23 
 
Y.Koutni, 3-o’rinni B. Moijkovskiy (Chexoslovakiya) egallagan. 
Ko’ndalang  yog’och  otdan  sakrash  -  1-o’rinni  A.Segen, 
2-o’rinni F.Ganglof, 3-o’rinni J.Guno (Fransiya) egallagan. 
Arqonga 
tirmashib 
chiqish 

1-o’rinni 
Shubchik 
(Chexoslovakiya),  2-o’rinni  A.Segen  (Fransiya),  3-o’rinni 
L.Vaxa (Chexoslovakiya) egallagan. 
1928-yil  -  Amsterdam  (Niderlandiya).  VIII  Olimpiada 
o’yinlarida  11  mamlakatdan  88  sportchi  ishtirok  etgan.  Xalqaro 
gimnastika  federatsiyasining  qaroriga  ko’ra,  Olimpiada  o’yinlari 
musobaqasi  dasturiga  o’zgartirish  kiritildi,  ya’ni  gimnastika 
klassik  turlari  bo’yicha  bellashuvlar  o’tkazila  boshlandi.  Shu 
qarorga  asosan,  ilk  bor  gimnast  ayollar  jamoa  tarkibida  ishtirok 
etgan. 
Erkaklar: 
ko’pkurashda, 
dastakli 
otda, 
halqada, 
qo’shpoyada,  yakkacho’pda  va  tayanib  sakrash  mashqlarida 
shaxsiy  o’rin  uchun  keskin  kurash  olib  borishdi.  Ayollar  esa 
ko’pkurash  bo’yicha  jamoa  birinchiligida  quyidagi  o’rinlarni 
egalladilar:  316,75  ochko  bilan  1-o’rinni  Niderlandiya,  289 
ochko bilan 2-o’rinni Italiya, 258,25 ochko bilan 3-o’rinni Buyuk 
Britaniya,  256,5  ochko  bilan  4-o’rinni  Vengriya  va  247,5  ochko 
bilan 5-o’rinni Fransiya terma jamoalari egallagan. 
1932-yil 

Los-Anjeles 
(AQSH). 
IX 
Olimpiada 
o’yinlarida  5  mamlakatdan  24  sportchi  ishtirok  etgan.  1932-
yildan  boshlab,  bugun  bizga  ma’lum  bo’lgan  sport  gimnastika 
musobaqalari dasturi bo’yicha bellashuvlar Olimpiada dasturidan 
o’rin  oldi.  Shu  bilan  birga,  badiiy  gimnastika  va  trampolin  ham 
Olimpiada o’yin- lari dasturiga kiritildi. 
 
 
 
 
 

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin