Zahiriddin muxammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti toirjanov elyor isaqovich



Yüklə 1,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/48
tarix02.01.2022
ölçüsü1,41 Mb.
#37610
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   48
02gimnastikapdf

2.3. O’rgatish usuilari 
O’rgatish  usuilari  deganda,  qo’yilgan  vazifalarni  hal 
qilish uchun kerakli muayyan yo’llar tanlashni tushuntrish kerak. 
Xilma-xil  o’rgatish  usullarini  guruhlarga  bo’lish  mum  kin. 
Birinchi guruh o’rgatish usuilari: 
 og’zaki usul universal usullardan biri bo’lib, talabalarga 
dars  jarayonida  yangi  mashq  bajarishni  o’rgatishni  idora  qilish 
imkonini  beradi.  Bunda  gimnastika  atamalaridan  foydalanish 
alohida  ahamiyatga  ega  bo’ladi,  chunki  atamalar  yordamida 
cfqituvchining talabalarga nutq orqali ta’sir etishini aniq va qisqa 
bo’lishiga erishish mumkin; 
 harakat  texnikasi  to’g’risidagi  ma’lumotni  bildirish 
usulini,  namoyish  qiluvchi  tomonidan  mashqlarni  bajarish, 
ko’rgazmali qurollar ko’rsatish, audio va videomateriallar, shartli 
belgilar  berish,  harakatning  ayrim  qismlari,  miqdori  talaba 
tomonidan  harakat  texnikasi  elementlarini  bajarish  yo’li  bilan 
namoyon qilinadi. 
Mazkur  o’rgatish  usuilari,  asosan,  mashq  texnikasi 
asoslari  to’g’risidagi  tasavvurni  hosil  qilish  va  aniqlashga 
qaratilgan  bo’lib,  but  un  inashg’ulot  jarayonida  qo’llanilishi 
mumkin. 
O’rgatish usullarining ikkinchi guruhi: 
 yaxlit  mashq  usuilari,  u  o’rganilayotgan  harakatni  bir 
butun tarzda bajarishni nazarda tutadi. Bunda mashqlarni bajarish 
sharoitini  yengillashtirish,  yordam  ko’rsatish  va  straxovka 
qilishning  qo’shimcha  vositalarini  qo’llash,  jihozlar  balandligini 
pasaytirish, harakatni trenajorda bajarish, dastlabki yoki piro vard 
holatni  soddalashtirish  (masalan,  past  yakkacho’pda  gavdani 
yozib ko’tarishni murabbiy yordamida bajarish) hisobiga bo’lishi 
mumkin;yordamchi  mashqlar  uslubi  (yaxlit  mashq  usulining 
o’xshash  turlaridan  bin),  u  tarkib  jihatidan  asosiy  mashqqa 


28 
 
o’xshash,  lekin  ayni  vaqtda  mustaqil  mashq  bo’lib,  ilgari 
o’rganilgan  harakatni  yaxlit  bajarishni  nazarda  tutadi  (masalan, 
yakkacho’pda  gavdani  yozib  ko’tarish  uchun  bir  oyoqda 
ko’tarilib, tayanish yordamchi mashq bo’lib xizmat qiladi); 
 bo’lingan  mashq  usuli  bu  butun  harakat  texnikasini 
ayrim  qism  vabo’laklarga  ajratib  olish  hamda  ularning  har  hirini 
o’zlashtirib olgandan keyin uni qayta yaxlit bajarishdan iboratdir. 
Mashqni  bo’laklarga  bunday  sun’iy  bo’lish  asosiy  faoliyatni 
o’rganish sharoitini osonlashtirish maqsadida qilinadi; 
 xususiy  harakat  vazifalarini  hal  qilish  usuli  bo’lingan 
mashq  usulining  varianti  bo’lib,  harakat  texnikasining  muayyan 
elementlari  bo’lgan  o’quv  vazifalarini  tanlash  bilan  ifodalanadi 
(masalan,  endi  boshlovchi  sportchilar  oyoqni  kerib,  tayanib 
sakrashni o’rganib olish uchun yerga qo’nishni, yugurib kelishni, 
depsinish va so’ng «ko’prik» tushishni birin-ketin o’rganishadi). 
Mazkur  o’rgatish  usullari  talabalarga  mashq  haqida 
axborot olish va o’rganilayotgan harakat texnikasi asoslarini bilib 
olish  imkonini  beradi.  Bundan  tashqari,  ular  harakat  tarkibi 
to’g’risidagi  tasawur  paydo  bo’lishiga,  shuningdek,  ro’y  berishi 
mumkin bo’lgan xatolarni tuzatishga yordam beradi. 
Uchinchi guruh: standart mashq usuli, bu usul mashg’ulot 
sharoitida  harakat  ko’nikmasini  mustahkamlash  maqsadida 
harakatni mustaqil bajarish bilan ifodalanadi; 
 o’zgamvchan  mashq  usuli  quyidagi  qiyinlashtirilgan 
sharoitlar bilan bog’liq bo’ladi: adashtiruvchi signallar (shovqin, 
begona  tovushlar  va  h.k.),  atrofdagi  sharoitning  o’zgarishi 
(jihozlarning  odatdagidan  boshqacha  qo’yilishi,  yoritishm 
o’zgartirish  va  h.k.),  ma’lum  topshiriqni  bajarish  haqida 
kutilmagan ko’rsatma berilishi, mashqning kombinatsiyadagi joyi 
o’zgarib qolishi, mashqni charchagan yoki ortiqcha hayajonlanib 
bajarish; 
 o’rgatishning  o’yin  va  musobaqa  usuli  talabalarning 


29 
 
o’zaro  raqobat  qilishini  yoki  harakatdan  muayyan  natijaga 
erishish uchun mas’uliyat sezishni nazarda tutadi. 
Mazkur 
o’rgatish 
usullari 
harakat 
ko’nikmalari 
barqarorligiga erishish imkoniyatini beradi. 
To’rtinchi  guruhi  yangi  harakatni  o’rgatishning  to’g’ri 
taktikasini  va  o’quv  jarayonini  tashkil  qilishning  samarali 
shaklini 
tanlab 
olish 
imkoniyatini 
beradigan 
dasturlash 
usullaridan  iboratdir.  Mashqni  o’rgatish  jarayonini  algoritmlash 
dasturlashtirishning ilg’or turlaridan biridir. 
Algoritmik  turdagi  topshiriqlar  o’quv  materialini 
qismlarga 
bo’lishni 
va 
ana 
shu 
qism 
vazifalarini 
shug’ullanuvchilarga qat’iyan aniq tartibda birin-ketin o’rgatishni 
nazarda  tutadi.  O’quv  vazifalarining  birinchi  qismi  o’rganib 
bo’lingandan  keyingina  ikkinchi  qismiga  o’tish  huquqi  beriladi, 
Topshiriqlarni tuzishga quyidagi talablar qo’yiladi: 
  topshiriqlar yoki o’quv material ining qismlari har bir 
faoliyat ifodasini aniq ko’rsatishi, ularni tanlashda tasodifga yo’l 
qo’ymasligi  va  u  kimlarga  mo’ljallangan  bo’lsa,  shularga 
tushunarli bo’lishi kerak; 
  algoritmik  tipdagi  topshiriqlar  bir  harakat  faoliyati 
uchun  ham,  tarkib  jihatidan  o’xshash  harakatlarni  takrorlash 
uchun ham tuzilishi mumkin; 
  o’quvvazifalarining  hammasi  bir-biri  bilan  bog’liq 
hamda murakkablashib borishi jihatidan izchil bo’lishi kerak. 
Topshiriqqa  binoan,  o’quv  materiali  qismlarini  o’rganish 
tar-  tibi  ular  orasidagi  aloqadorlikka  qarab  belgilanadi. 
Algoritmik 
turdagi 
topshiriqning 
har 
bir 
vazifalarining 
takrorlanishi muayyan maqsadni hal qilishga qaratilgan bo’ladi. 
Chunonchi, 
o’rganiladigan 
harakat 
faoliyatini 
muvafifaqiyat  bilan  bajarish  uchun  zarur  jismoniy  sifatlarni 
rivojlantiradigan  mashqlar,  o’quv  vazifalarining  birinchi  bor 
takrorlanishida  bo’lishi  darkor.  O’rganiladigan  harakat  faoliyati 


30 
 
boshlanishi  va  tugallanishidagi  dastlabki  va  pirovard  holatlarni 
o’zlashtirishga mo’ljallangan mashqlarni esa o’quv vazifalarining 
ikkinchi marta takrorlanishi o’z ichiga olishi lozim. 
O’quv vazifalarining birinchi va ikkinchi takrorlanishi bir 
vaqtda  yoki  boshqa-boshqa  vaqtda  o’zlashtirilishi  mumkin. 
O’quv  vazifalarining  uchinchi  takrorlanishi  asosiy  harakatlar 
bajarilishini  nazarda  tutadi.  Masalan,  qo’shpoyalarda  qo’llarga 
tayanib  turib,  oldinga  siltanib  ko’tarilishni  o’zlashtirish  uchun 
talaba  siltanib  turishni  va  oldinga  qarab  zarur  bo’lgan 
balandlikka siltanishni bajara bilishi kerak. 
To’rtinchi  takrorlashga  bajarishni  ayrim  qismlarga  fazo, 
vaqt,  mushaklarning  zo’riqish  darajasiga  qarab  baholash  bilan 
bog’liq  bo’lgan  o’quv  vazifalari  kiradi.  Differensiatsiyalash 
miqdori 
va 
aniqlik 
darajasi 
o’rganiladigan  mashqning 
murakkabligiga bog’liq. 
O’quv  vazifalarining  beshinchi  takrori  yordamchi 
mashqlarni  o’z  ichiga  oladi.  O’quv  vazifalarining  takrorlari 
bajarilgandan 
keyin, 
harakat 
osonlashtirilgan 
sharoitda 
(trenajorda,  o’qituvchi  yordamida,  texnika  vositalaridan 
foydalanib  va  h.k.)  yaxlit  o’rganiladi.  Har  bir  o’quv  vazifasini 
o’rganayotganda  topshiriqlar  qanchalik  to’g’ri  bajarilayotganini 
nazorat qilish orqali o’quv jarayonini faol boshqarish imkoniyati 
yaratiladi. 
Yaxlit  o’rgatish  usulini  qo’llashning  iloji  bo’lmaganda 
yoki  samarasi  kam  bo’lganda  algoritmik  turdagi  topshiriqdan 
foydalanish  kerak.  Bu  turdagi  topshiriqdan,  odatda,  texnik 
jihatdan mu- rakkab mashqlarni o’rganishda foydalaniladi. 

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin