Mashg’ulotlar usuli
Xotin-qizlar gimnastika mashg’ulotlarini uydagi ertalabki
mustaqil gigiyenik gimnastika mashg’ulotlari va shuningdek,
sog’lomlashtirish-jismoniy tarbiya tadbirlari bilan birga qo’shib
olib borishlari kerak. Xotin-qizlar jismoniy jihatdan qanchalik
sust rivojlangan bo’lishsa, mashqlar mazmuni shunchalik turli-
turnan bo’lishi va jismoniy yuklamani ham shunchalik sekin
oshirib borish lozim.
Mashg’ulotning tayyorgarlik qismiga tananing barcha
qismlari uchun (xarakteri, ko’lami, sur’ati bo’yicha) turli-turnan
mashqlar kiritish lozim. Mashqlarning tos ichi va tos tubi
mushaklariga ta’sir ko’rsatishini hisobga olish lozim. Ularga
oyoqlarni oldinga bukish, orqaga uzatish, yon tomonga ko’tarish,
oyoqlar bilan doiraviy harakat qilish, sonni ichkariga va
tashqariga burish. shuningdek, gavdani burish, oldinga va yon
90
tomonga engashish mashqlari bevosita ta’sir ko’rsatadi. To’g’ri
qomatni shakllantirish mashqlariga alohida e’tibor berish kerak.
Dinamik xarakterdagi va bo’shashish mashq- larini ko’proq
qo’llash lozim. Egiluvchanlikni rivojlantirish va gavda qismlar
mushaklarini mustahkamlash mashqlarini parallel qoilashni
tavsiya qilamiz. Orqaga engashishdan («ko’prikcha», umbaloq
oshishdan) keyin, bachadonning orqaga siljishining oldini olish
uchun oldinga engashish mashqlarini bajarish kerak.
Shuningdek,
oyoq
mushaklarining
kuchini
va
egiluvchanligini rivojlantiradigan mashqlarni ham unutmaslik
lozim. Shu maqsadda mashg’ulotning tayyorgarlik
va
yakunlovchi qismlariga o’tirish, sakrash va raqs mashqlarini
qo’shmoq zamr. Harakat xususiyatiga koia, ayollar bir tekis
xarakterdagi mashqlar (turli raqslar, mayin harakatlar va
boshq.)ni bajarishga moyil bo’lishadi. Bu ixlosni har tomonlama
qo’llab-quvvatlash lozim.
Tananing ayrim qismlarida aniq harakatlar bajarish bilan
birga, qoilar uchun mayin, egiluvchan harakatlar qo’llash zarur.
Qoilaniladigan mashqlarning mazmuni va ularning maromini
o’zgartirish orqali jismoniy yuklamani asta-sekin oshirib
borishga erishiladi.
Gimnastika jihozlarida mashq bajarish uchun xotin-qizlar
oldindan tayyorlangan bolishlari kerak. Mashg’ulotlar jarayonida
ularni oson mashqlarni o’rgatishdan qiyin mashqlarni o’rgatishga
o’tkazish asta-sekin, tabiiy bo’lishi uchun tayyorlovchi va
yordamlashuvchi mashqlarni ko’proq qo’llash lozim. Gimnastika
jihozlaridagi mashqlarning me’yorini aniq belgilash kerak,
chunki ular qo’l, yelka kamari va qorin pressi mushaklarining
katta ish bajarishi bilan bog’liqdir.
Hatto oddiy osilish va ayniqsa, tayanish mashqlari yelka
kamari va qoi mushaklari dan ancha zo’riqislmi talab qiladi.
Shuning uchun xotin-qizlar bilan mashg’ulotlar o’tkazganda turli
91
balandlikdagi qo’shpoyada ko’proq mashq bajarishlariga e’tibor
berish kerak. Bunday qo’shpoyada aralash osilishlar, tayanishlar
va o’tirishlar singari turli mashqlarni birga qo’shib bajarish ancha
yengil boiadi.
Mashg’ulotlarning tayyorgarlik va asosiy qismlariga
jihozlarsiz hamda turli jihozlar bilan bajariladigan (gimnastika
tayoqchasi, arg’amchi, toidirma to’p, tennis va boshqa to’plar
bilan) umum- rivojlantimvchi mashqlarni gimnastika devorida,
o’rindig’ida, past-baland qo’shpoyada, xodada xotin-qizlarning
har
tomonlama
rivojlanishini,
ularning
mushaklarining
mustahkamlanishini ta’minlaydigan mashqlarni kiritish lozim.
Yuqorida keltirilgan vositalar mashg’ulotni qiziqarli va zavqli
tashkil qilishga yordam beradi.
Mashqlarni tanlash va ularni o’tishda xotin-qizlar
organizmining biologik xususiyatlaridan tashqari, ayolning ish
qobiliyati va uning mhiy xususiyatlarini ham hisobga olish
muhimdir. O’quvehi qizlarning ruhiy turg’un emasliklarini
hisobga olish kerak, zero, yetarli harakat tajribasiga ega
bo’lmagan va o’z kuchiga ishonmagan ayollar ba’zan darrov
ranjib qolishadi. O’zining chaqqon emasligini bildirib qo’yishdan
xijolat chekib, ular ayrim paytlarda mashqni bajarishdan bosh
tortishib, norozi bo’lishadi. Bunday hollarda o’qituvchidan
pedagogik
mahorat
bilan
muomalada
bo’lish,
shug’ullanuvchilarning u yoki bu xatti-harakatiga to’g’ri
yondasha bilish talab etiladi.
Yordam ko’rsatganda yoki muhofaza paytida o’qituvchi
mashqlar texnikasini aniq tasawur qilishi, mashqlarni bajarishda
ularning eng qiyin qismlari (joylari)ni aniqlay olishi, o’z vaqtida
va zarur boMgan darajada yordam ko’rsatish uchun o’quvchi
qizlar qobiliyatini yaxshi bilishi kerak. Jihozlardan sakrab tushish
va sakrashlarda aytilgan so’zlarning ahamiyati muhim, chunki
bularda yiqilish, jarohatlanish yoki lat yeyish mumkin.
92
Ayollar
bilan
o’tkaziladigan
mashg’ulot
larning
yakunlovchi qismi muhim ahamiyatga ega. Qo’llaniladigan
mashqlar qizlarning mhiy holatiga kuchli ta’sir qilgani uchun,
yakunlovchi qismda, talaba qizlar organ izm ini tinchlantiradigan
mashqlarga yetarlicha ahamiyat berish kerak. Shu maqsadda
tinch va mayin raqs harakatlari bir tekis xarakterdagi mashqlarga
mos keladi. Qizlarda tetik kayfiyatni saqlashga va hozirgina
tugallagan mashg’ulot to’g’risida yaxshi taassurot qoldirishga
harakat qilmoq darkor.
Dostları ilə paylaş: |