Zaif eshituvchi bolalarning og’zaki nutq ko’nikmalari va bilimlarini baholash
4.Maxsus maktab o’quvchilarining bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirish hamda baholash darslari
O’quvchilarning ko’nikma va malakalarini hisobga olish ularning bilim egallashlarini, uning izchilligini nazorat qilishga xizmat qiladi. Bolalarning bilimlari nazorat qilinmasa ular sistemali, izchil mustahkam bilim ololmaydilar. O’quvchilardagi bilim darajalari to’g’ri, sistemali va differensiallashgan holda tekshirilib turilgandagina maqsadga zrishish mumkin. Bolalarning o’zlashtirgan bilimlarini tek-shirishning tarbiyaviy ta’siri shundaki, o’quvchilarda tekshirish tufayli o’z-o’zini nazorat qilish xislatlari rivojlanib boradi.
O’quvchilarning bilimlari kundalik, har bir dars davomida, dasturdagi ma’lum mavzular o’tilgandan keyin, har bir chorak, o’quv yili oxirida tekshiriladi. SHunga binoan baholashning joriy va yakuniy turlari mavjud. har bir baholash turiga mos keluvchi tekshirish usullari ham bor. Kundalik baholashda o’qituvchi kuzatish, yuzaki so’rashdan foydalansa, joriy va yakuniy baholashda esa, ohzaki so’rash, sinov ishlaridan foydalanadi.
YOrdamchi maktablarda o’quvchilar bilimini tekshirishning barcha turlari qo’llanadi va bunda aqli zaif bolalarning o’ziga xos xususiyatlari qat’iy e’tiborga olinadi. Baholashning tarbiyaviy va tuzatuvchi tomonlariga alohida e’tibor beriladi. YOrdamchi maktablarda ham ommaviy maktablardagi kabi besh balli baholash sistemasi qo’llaniladi. Ammo, yordamchi maktab o’qituvchisi aqli zaif bolalarning bahoga munosabatlariga alohida e’tibor bilan qarashi talab etiladi. O’qituvchi, tarbiyachilar aqli zaif bolalarga bahoga nisbatan ongli munosabat tarbiyalashlari lozim. Ob’ektiv, haqqoniy baho har doim bolalarda o’qishga nisbatan qiziqishlarning oshishiga hamda o’z kuchiga ishonch hosil bo’lishiga yordam beradi. Ayniqsa yordamchi maktablarda o’quvchilarning individual xususiyatlarini, xarakter kamchiliklarini, ularda jis-moniy nuqsonlarning borligini, qobiliyat cheklanganligini e’tiborga olish lozim.
Ayrim hollarda aqli zaif bolalarning eng oddiy yutuqlari ham ijobiy baholashni talab etadi. Lekin bundan buni albatta barcha aqli zaiflarga tadbiq etish kerak degan ma’no keltirib chiqarmaslik kerak. SHu sababli o’qituvchi o’quvchilarni, ularning imkoniyatlarini yaxshi bilishi talab etiladi. Bahoning rag’batlantiruvchi kuchidan foydalanish kerak. O’quvchilarga topshiriqlar berish vaqtida mumkin qadar topshiriqlarni individuallashtirish zarur. Aks holda bo’sh o’zlashtiradigan o’quvchilar sistemali ravishda past baho olib yuradilar. Buning oqibatida esa aqli zaif bolalarda darsga nisbatan yomon munosabat shakllana boshlaydi. Bu hol ularning imkoniyatlarini yanada chegaralab boradi. YOrdamchi maktabda ayrim o’quvchilar bilan olib boriladigan yakka holdagi tuzatish ishlari birmuncha uzoq muddat davom etadi. Bunday bolalar umumiy bolalar bilan olib boriladigai frontal ishlarga qo’shilib ketmagunlaricha individual ishlar davom ettirilishi mumkin. har bir o’qituvchi o’z o’quvchilarining imkoniyatlarini bilishi asosida, ularning kelajakdagi rivojlanish rejasini belgilashi mumkin.
YOrdamchi maktab darslarida keng tarqalgan tekshirish usuli og’zaki so’rashdir. Og’zaki so’rashning turli shakllaridan foydalanish mumkin. Og’zaki so’rash yangi bilimlar berish oldidan, yangi bilimlar berish vaqtida bolalarning shaxsiy tajribalarini, oldingi bilimlarini aniqlash uchun olib boriladi. Bu holda oQzaki so’rash yangi berilayotgan materiallar bilan oldingi egallangan bilimlar orasida bog’liqlikni hosil qilish uchun qo’llanadi hamda bolalarni yangi bilim-larni yaxshi idrok etishga psixologik jihatdan tayyorlaydi.
Og’zaki so’rash ma’lum mavzu o’tilgandan keyin materialni qaytarish, nazorat qilish va bolalar bilimlarini bir sistemaga keltirish uchun qo’llaniladi. Bu ishlar oqibat natijada aqli zaif bolalar tafakkurining rivojiga ijobiy ta’sir etishi ko’zda tutiladi. YOrdamchi maktab o’qituvchilarining o’quvchilarga berayotgan savollari bolalardagi bilimlarni, geografik nomlarni xronologik shaklda egallashga xizmat qilishi kerak. Ular sabab-oqibat bog’lanishlari orasida munosabatlarning shakllanishiga yordam beradigan mazmunda bo’lishi zarur. CHunki bunday mazmun-dagi savollar aqli zaif bolalarda tahlil va tasnif, taqqoslash, umumlashtirish, yanada murakkabroq fikrlash jarayonlarinint yuzaga kelishiga, ularning umumiy kamolotiga yordam beradi.
M. M. Nudelmanning ko’rsatishicha, aqli zaif bo-lalar bir tizimdagi savollarga yaxshi javob berar ekanlar. Ular o’qigan materiallarini birmuncha oson gapirib beradilar. Idrok etilgan material bilan berilayotgan so’roq orasidagi bog’liqlikni ko’ra bilmay-dilar. Uqituvchi bolalarga berilayotgan savollar maz-munini o’zgartira borib, ularning rivojlanishini, ulardagi nuqsonni tuzatish ishlarini boshqarib bora-di. Uquvchilar bilimlarini tekshirishning turli-tu-man usullaridan foydalanib, yordamchi maktab o’qituvchisi o’quvchilarning o’quv materiallarini yanada samaraliroq o’zlashtirishlariga erishishi mumkin. YOrdamchi maktablardagi o’quvchilar bilimlarini tekshirish qator vazifalarni hal etishni o’z oldiga qo’yadi.
Tekshirish orqali aqli zaif bolalarga bilim beriladi, ular tarbiyalanadi, diagnostika ishlar amalga oshiriladi hamda rag’batlantirish uchun baholanadi.
Aqli zaif bolalarning bilimlarini tekshirishning bilim beruvchi vazifasi shundan iboratki, bilimlarni tekshirish jarayonida bilimlar aniqlanadi, mustahkamlanadi, sistemalashtiriladi va umumlashtiriladi. Tekshirish, qaytarishning tarbiyaviy ta’siri ham bor, chunki bu jarayon aqli zaif bolalarni tarbiyaga chaqiradi va ularda javobgarlik hislarining rivojlanishiga yordam beradi. O’zlarini nazorat qilish kuchayib boradi. YOrdamchi maktablarda to’g’ri tashkil qilingan tekshirish va so’rash ishlari har bir o’quvchining, butun sinf kollektivining yaxshi bilim olishiga bo’lgan qiziqishlarini oshiradi. . Tekshirishning diagnostik vazifasi ham o’ziga xos ahamiyatga ega. Buning yordamida o’quvchilarning har yumonlama rivojlanish xususiyatlarini, qobiliyatlarini, bilim oluvchanligini o’rganish mumkin. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal etmasdan yordamchi maktablarda yaxshi tashkil etilgan ta’lim jarayonini tasavvur etish mumkin emas. Uquvchilarning xususiyatlarini yaxshi bilishimiz asosida, bolalarga baho qo’yishdan ko’zlangan maqsadni yanada to’larok; tushunib boramiz. Uquvchilar bilimlarini tekshirish vaqtida asosiy e’tiborni xotirasi yomon, dash qobiliyatlari past bolalarga qaratishimiz kerak. YOrdamchi maktab o’qi-tuvchisidan tekshirishda izchillikka amal qilishi talab etiladi. CHunki bilimlarni muntazam, izchillik bilan tekshirib borish asosidagina o’quvchilardagi individual xususiyatlarni aniqlab, olishimiz va shular orqali aqli zaif bolalarga o’z vaqtida yordam berishimiz mumkin. YOrdamchi maktablarda o’quvchilarning bilim, ko’nikma, malakalarini tekshirish suhbat shaklida ham amalga oshirilishi mumkin. Aqli zaif bolalarning tez charchashini inobatga olib, savol-javob va suhbatlarni 10—15 daqiqagacha o’tkazish mumkin deb tavsiya etadi I. G. yeremenko. Berilayotgan savollar ommaviy maktablardagidek barcha sinfga qarata beriladi. Doskaga chaqirilgan bolaning javoblarini barcha sinf o’quvchilari diqqat bilan tinglashi talab etiladi. Uqituvchi xohlagan vaqtda doskada javob berayotgan o’quvchini to’xtatib boshqa bolaning davom ettirishini so’rashi mumkin. Savol-javobga iloji boricha ko’proq o’quvchilar jalb etilishi kerak. Boshlang’ich sinflardagi suhbatlar ko’proq o’yin xarakterini kasb etishi mumkin.
Uquvchilar bilim va malakalarini aniqlash uchun yozma ishlardan: diktant, bayon, kichik hajmli insho, rasm, chizma chizish, ma’lum joyning rejasini tuzish va boshqalardan foydalaniladi. YOzma ishdan oldin o’quvchilarga ko’rsatma beriladi. Aqli zaif o’quvchilar-ning amaliy topshiriqlarni bajarishlari o’ziga xos ravishda o’quvchilarning egallagan bilim, ko’nikmala-rini tekshirish usulidir. CHunki bunday topshiriqlar orqali o’quvchilarning qanchalik hayotga tayyorlangan-ligi ko’rinadi.
Bolalarning bilim va ko’nikmalarini tekshirish uzviy tarzda baholash bilan bog’liqdir. Bahosiz o’quv-chilar bilimini tekshirish kam samara beradi. CHunki bolalar o’z ish natijalarini ko’rmaydilar. SHu sabab-li o’zlarini nazorat qilish pasayib boradi.
YOrdamchi maktab tajribasyning ko’rsatishicha, aqli zaif bolalarga baho qo’yish ular ruhiyatiga salbiy ta’sir etadi degan fikrlarni inkor etadi. Maktab hayotining ko’rsatishicha, haqiqatan ham bir qism bola-lar bahoga noxush munosabat bildirsalar, bir qismi esa bahoga umuman befarq bo’ladilar. Ammo, yordamchi maktab o’quvchilarining asosiy qismi bahoga o’zlari-ning mehnat faoliyati natijasi sifatida qaraydilar.
Bolalarda baho ob’ektiv qo’yilmaganda unga nis-batan noto’g’ri munosabat yuzaga keladi. Bolalarga ol-gan baholarni tushuntirish lozim. Baho qo’yishda o’quv-chining yutuq, kamchiliklarini ko’rsatish kerak. E’lon qilintan baho sinf jur-naliga va o’quvchi kundXligiga qo’yiladi. Ba’zan oQzaki baho ham qo’yilishi mumkin. har holda oQzaki rag’batlantirish katta ahamiyatga ega. Baho qo’yish asosan kundalik tekshirish orqali amalga oshiriladi. SHuni aytib o’tish o’rinliki, «Defektologicheskiy slovar»da baholash tizimi berilgan.
YUqori - «5» (a’lo) ball bilan o’quvchining o’quv dasturi mazmunini chuqur va to’la egallab olgani, o’quv materialda nazariy va amaliy jihatlarni ajrata bilgani, mustaqil ravishda javob qila olgani, aytilgan ta’riflarni, tushunchalar izohlab bilgani, shuningdek, javobning to’g’ri uslubda va badiiy shaklda ekanligi uchun qo’yiladi. Javob ishonarli va bexato bo’lishi kerak.
«4» (yaxshi) ball ham matvrialning mazmunini chuqur va to’la o’zlashtirgani uchun, o’rgartilgan tushunchalarni, qoidalarni, ta’riflarni to’g’ri bayon eta olish va isbolay bilish malakasi uchun qo’yiladi. Lekin o’quvchsh noaniqliklarga, javob mazmunida shakli va uslubida ayrim xatolarga yo’l qo’yadi.
«3» (o’rta) ball o’quvi o’quv materialidagi asosiy qoidalar va bog’lanishlarni o’rganganligi va tushunishini anglatadi. Lekin uning tushunchalarni yetarli darajada chuqur egallab olmaganligidan dalolat beradigan xatolarga yo’l qo’yadi, aytadigan fikrini bayon eta olmaydi. Javobida birlik yo’q bo’ladi. Javob garchi to’g’ri bo’lsa ham, u alohida, tarkoq fikrlardan iborat bo’ladi. O’quvchi odatda o’qituvchining yordami bilan javob beradi.
(yomon) ball o’quvchi sistemasiz, tarqoq bilimlarga ega bo’lgani uchun qo’yiladi. U asosiy va ikkinchi darajali narsalarni ajratmaydi, nazariy va amaliy mazmunning bir-biriday farqini bilmaydi. Uquvchi, odatda, yod olingan idoralarni takrorlaydi, bundan na uning o’zida, na uqituvchida qanoatlanish hissi tug’ilmaydi. Dasturdagi materialning bundan keyingi o’rganilishini unga asoslanib tashkil etib bo’lmaydi. Bunday bilimlar aqliy rivojlanishga kamdan-kam yordam beradi.
(juda yomon) ball qachonki, o’quvchi dasturdagi materialni bilmagan va tushunmagan, mazmunda qo’pol xatolarga yul qo’ygan hollarda qo’iiladi.
1-2 sinflarda jurnallga xam daftarga xam yomon baho qo`yilmaydi. YOrdamchi maktab o’qituvchisi o’quvchilarini ogzaki “ a’lo”, ”yaxshi” deb ragbatlantiirladi. Bu yordamchi maktab o’quvchilarida bunday rag’batlantirish muxim axamiyatga ega. Ular o’z kuchlariga ishona boshlaydilar. YOrdamchi maktabda ukituvchining umuman bunday baxolashi akli zaif o’quvchi shaxsini emas balki kursatgan sifatlarini baxolashni nazarda tutadi. Bu xolda o’qituvchi va o’quvchi urtasidagi munosabatlarni yanada yaqinlashishiga kerakli omil bulib xizmat kiladi.