Bolalar “Doktor opam bor manim” qo‘shig‘ini kuylab beradilar. So‘ng
“Kalinka” raqsini ijro etib beradilar.
Bola: Sog‘lom avlod uchun, ko‘p bizda kuch g‘ayrat.
Sog‘ tanda – sog‘ aqlimiz, hech kimdan qolishmaymiz.
Bola: Men ham polvon bo‘laman
Katta toshlar ko‘tarib.
Jismoniy mashq qilaman,
Xar kun ertalab turib.
Fizkultura bir, ikki, uch
Bilagimda to‘plansin kuch.
Bolalar “Bayroqchalar” mashqini bajarib beradilar.
Xamshira: Bolalar men hozir sizlarga topishmoqlar aytaman.
Topasizlarmi !
Bolalar: Ha !
Xamshira: Vannaga tushadi biz bilan birga
Hidi o‘xshab ketar xuddi atirga.
Uni yeb bo‘lmaydi, emasda qovun,
Yuz- qo‘lni yuvamiz u bilan.
--- 2 ---
Nima ?.........(sovun).
Har – xil mikroblarni tozalar tishdan,
Sira charchamaydi halol yumishdan.
Yoshu-keksalarga hamroh har sutka,
Uning nomi nima? Ayting...(tish cho‘tka).
Bo‘lmasin desang gar tishlaring xasta
Senga nima kerak? Ayt-chi.....(tish pasta).
Dostları ilə paylaş: |