So‘z mudiraga beriladi .
Xamshira: Bugun bizlar siz bilan, o‘tamiz qiziq saboq.
Sog‘lom bo‘lay desangiz, nima qilmog‘imiz kerak.
Bola: Bizlar har kuni barvaqt turamiz,
Sog‘lom bo‘lish uchun mashqlar qilamiz.
Bola: Ertalab barvaqt turib,
Chaqqon-chaqqon kiyinib
Tanani chiniqtirib,
Yugurishimiz kerak.
Bola: Sog‘lom bo‘lish uchun mashqlar kifoya emas,
Tish cho‘tka pasta bilan do‘stlashish kerakdir bas.
Bola: Sog‘liqni saqlash uchun qorin og‘rimaslik uchun,
Sabzavot va mevani albatta yuvish kerak.
--- 1 ---
Bola: Yana sog‘lomlik uchun
Go‘zallik ramzi bo‘lgan
Sochlarni asrash kerak.
Xar bir bola o‘ziga
Taroq tutmog‘i kerak.
Bola: Qaynamagan suv ichma
Bo‘lmay desang sen bemor.
Sog‘liqqadir u zavol
Buni yaxshi bilib ol.
Xamshira: Juda yaxshi bolalar
Aqli raso donalar.
Sog‘lom bo‘lay desangiz
Bu shiorga xar doim
Amal qiling bolalar.
Bizning shior:
Bolalar: Quyosh, suv, toza havo beradi bizga davo!
Dostları ilə paylaş: |