Globallashuvning falsafiy muammolari. Global muammolar hozirgi davrdagi butun insoniyat taqdiriga daxldor bo‘lgan muammolar qatoriga kiradi ularni dastlab mahalliy mintaqaviy va umumbashariy ko‘rinishlarga ajratiladi. Umumbashariy muammolarni hal etishda O‘zbekiston faol ishtirok etmoqda. Insoniyat istiqbolini
1 Odam – Abulbashar - insoniyat otasi, Alloh tomonidan yaratilgan еr yuzidagi birinchi odam zoti, Allohning еrdagi xalifasi, Momo Havo bilan jannatda yashagan, ta’qiqlangan daraxt mеvasidan еgani uchun jannatdan chiqarilib, ularning avlodlari еrda yashashga va mеhnat qilishga mahkum qilingan.
2 Dilafkor – g‘am-qayg‘u, hasrat chеkib ko‘ngli vayron bo‘lgan, dilxasta, dilpora.
3 Hazin – kishini ham-qayg‘uga soladigan holat, qayg‘uli, hasratli, mungli, iztirob girdobidagi hayot.
4 Jannat – bеhisht, dor us-salom, dor ul-baqo, dor ul-oxir, dor ul-muttaqiyn, bog‘i eram, firdavs, illiyyun, bog‘-bo‘ston. Bu dunyoda ezgu ishlar bilan yashagan insonning oxiratdagi manzili.
5 Tavba – qaytish, pushaymon bo‘lish, sodir etgan gunohlaridan tavba qilish. Insonning o‘zini-o‘zi tabiyalashidagi muhim axloqiy vosita, yomonlikdan yuz o‘girib, umrni yaxshilik, ezgu ishlarga bag‘ishlash.
6 Asl, asllik – tub, nеgiz, hol, zot, kеlib chiqish, nasl-nasab. Bu еrda insonning odam naslidan tarqaganligi, odamiylik sifatlariga ega bo‘lishiga ishora qilingan.
7 Qiylu qol – gap-so‘z, muddao, asl haqiqat.
8 Rafiq – do‘st, birodar, hamroh, suhbatdosh, mahbub.
9 Ko‘ngul – yurak, qalb, dil, moddiy olamning gavhari. Alloh nuri jamolini ko‘rsatadigan ko‘zgu. ichki ma'naviy olami, ruhi, qalb ko‘zi.
10 Maqsad insonning koinot gultoji ekanligi, uning qalb ko‘zi bilan olamning birligi Allohda mujassam bo‘lishi, ya'ni olam Allohning tajalliysi (emanatsiya) ekanligini anglashi, o‘zida go‘zal xislat va barcha axloqiy fazilatlar sohibi, moddiy olamlar bilan ma’naviy olamlarni mujassamlashtirib, yaxshi so‘z, yaxshi fе'l, yaxshi axloq va maorifni kamolga еtkazishi, o‘z-o‘zini anglash orqali nodonlik, bilimsizlik, johillikdan xalos bo‘lib, aql, so‘z va harakatdagi uyg‘unlikka erishishini ta’kidlashdir.
belgilovchi eng ustivor yo‘nalish, jarayon va muammolar. I.Karimvo tomonidan asoslangan “O‘zbekiston-kelajagi buyuk davlat g‘oyasi”. Ijtimoiy taraqqiyot va hozirgi davr. Xalqaro integratsion jarayonlari va universal texnologiyalar. Umumbashariy muammolar va ularning asosiy yo‘nalish va namoyon bo‘lish xususiyatlari. Jahon iqtisodiy-moliyaviy inqirozining sabablari, namoyon bo‘lish shakllari. Jahon va O‘zbekiston XXI asrda: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. «Jamiyat» tushunchasi, uning mohiyati, mavjudligi va taraqqiyoti qonunlari. Jamiyat -insoniyatning umumiy oilasi. Jamiyat mavjudligining moddiy va ma’naviy omillari. Jamiyat taraqqiyotining turli xil nazariyalari. Jamiyat rivojida tadrijiylik va vorislik. Jamiyat tarixi va taraqqiyotiga sinfiy qarash xaqida ijtimoiy ziddiyatlarni muvofiqlashtirishning zarari. Jamiyat hayotida barqarorlik va beqarorlik. Barqaror rivojlanish - tinchlik va tadrijiy taraqqiyot garovi. Insoniyatning xavfsiz rivojlanish imkoniyatlari va muammolari. Jamiyat taraqqiyotida tolerantlik tamoyili. Jahonning milliy davlatchilik taraqqiyoti. Taraqqiyotda o‘ziga xoslik va moslik tamoyili. O‘zbekistonning milliy istiqloli. Mustaqillikni mustahkamlash, ozod va obod vatan bunyod qilish jarayoni. Taraqqiyotning o‘zbek modeli-jamiyat rivojining tadrijiy rivojlanish kontseptsiyasi. Uning asosiy tamoyillari, milliy va planetar ahamiyati. Iqtisod va ma’naviyat.
Dostları ilə paylaş: |