nivelirlarlarning yangi turi – elektron
raqamli invelirlar ishlab chiqildi va ular
ishlab chiqarishda keng qo‘llanilmoqda.
Bularga misol qilib Dini 11, Dini 21, Carl
Zeiss, Dini 12, Dini12T, Dini22 Trimble,
DNA03, DNA10 Leica va boshqa raqamli
nivelirlarni keltirish mumkin.
An’anaviy nivelirlardan raqamli nivelirlar elektronika bilan jihozlanganligi va maxsus ish
dasturlari bilan ta’minlanganligi farq qiladi. Bu esa dala o‘lchash ishlarini va natijalarini
ishlab chiqish jarayonlarini avtomatlashtirish imkonini beradi, jumladan:
- shtrix – kodli nivelir reykasi bo‘yicha sanoq olishini avtomatik ravishda bajarishi;
- o‘lchash natijalariga ko‘rish trubasi vizir o‘qining silindrik adilak o‘qiga parallel emasligi
hamda yer egriligi va refraksiya holatlari uchun tuzatmalarni avtomatik ravishda kiritish;
- nivelir bilan reyka orasidagi masofa 100 m gacha bo‘lganda gorizontal qo‘yilishni 25 mm
gacha aniqlikda avtomatik o‘lchashi;
- o‘lchash natijalarini avtomatik ravishda ichki yoki tashqi yodlash moduliga yozish;
- nivelirlash yelkalarini tengligi va nisbiy balandlik o‘lchash natijasini avtomatik tekshirib
borish;
- nuqtalar balandligini tabloga chiqarish;
- o‘lchangan ma’lumotlarni yozib saqlash uchun xotira kartasidan foydalanish;
- asbobni boshqarish jarayoni qulayligi, shuningdek undan foydalanishni o‘zlashtirib olish
osonligi.
Nivelir
Trimble
Dini 11 va Dini 21 raqamli nivelirlar bilan 1 km yo‘lni to‘g‘ri va teskari yo‘nalishlarda invar
reyka orqali 0,3 mm aniqlikda, oddiy buklama reyka qo‘llab esa 1 mm aniqlikda o‘lchash
Dostları ilə paylaş: |