Milliy iqtisodiyotdagi axborot jarayonlari
Axborot tushunchasi lotincha “informatio” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, tushuntirish, bayon etish, xabardor ekanlik degan ma’noni anglatadi. Axborot — tabiatdagi obyektlar, hodisalar, ulaming xususiyatlari, holatlari haqidagi ma’lumotlar to'plami bo‘lib, obyektlar yoki hodisalar haqidagi mavhumlik darajasini kamaytirish imkonini beradi. Falsafiy nuqtayi nazaridan axborot moddiy tashuvchining uzviy mazmuni va mohiyati sanaladi. Kibernetik nuqtayi nazaridan tirik organizm, avtomatik tarzda harakatlanuvchi mashina yoki inson-mashina tizimi tomonidan amalga oshirilgan har qanday jarayonda (ongli yoki ongsiz ravishda) axborot yuzaga kelishi, uni qabul qilish, uzatish, qayta ishlanishi yuz berishini bildiradi. Axborot nazariyasida axborot — bu axborot olinguncha va olingandan so‘ng mumkin bo'lgan javoblar sonining funksiyasi ekanligi ta’kidlanadi. Axborot harakatlanishi undagi mavhumlikni (noaniqlikni) bartaraf etishdan iborat. Informatika nazariyasida saqlash, qayta ishlash va uzatish obyekti sanalgan barcha ma’lumotlar axborot deb yuritiladi. Axborot xabar ko‘rinishida o‘zining shakli va tasvirlash usuli yordamida uzatiladi. Bunda «axborot manbai» va «axborot qabul qiluvchi» mavjud bo‘lishi kerak.
Xabar axborot manbaidan axborot qabul qiluvchiga qandaydir muhit, ya’ni aloqa kanali yordamida uzatiladi. Masalan, tovushli 10 axborot uzatishda bunday kanal vazifasini havo bajaradi. Havo yordamida tovush to‘lqinlari tarqatiladi. Axborot jarayoni — axborot ustida bajariladigan amallar yoki imallar ketma-ketligidir. Axborotni yaratish, yig'ish, ishlov berish, lo‘plash, saqlash, izlash, tarqatish va iste’mol qilish bular axborot Jarayoniga taalluqli amallardir. Milliy iqtisodiyotda axborot jarayonlari - maqsadga erishishda qandaydir muhim natija olish uchun ishlatiladigan, iqtisodiy axborot (maiumotlar, dalillar, g‘oyalar, farazlar, nazariyalar va hokazolar) ustida ketma-ket bajariladigan amallar to'plami. Milliy iqtisodiyotda axborot jarayonlari iqtisodiyotning turli yo'nalishlarida boshqaruv qarorlarini qabul qilishda (mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirish, tashkil etish, realizatsiya qilish, moliyaviy hisob-kitoblarni bajarish, hujjatlami tayyorlash va hokazolarda) ro‘y beradi. Axborot tashkilot uchun quyidagi imkoniyatlarni beradi: • tashkilotning strategik, taktik va tezkor maqsad hamda vazifalarini belgilash; • tashkilotning, bo'linmalaming joriy holatini, ulardagi jarayonlami nazorat qilish; • asosli va o‘z vaqtidagi qarorlarni qabul qilish; • maqsadga erishishda bo'linmalar ishini muvofiqlashtirish.
Xulosa
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan davlat, bank, sanoat, tibbiyot va xavfsizlik va boshqa sohalarda keng foydalanilmoqda. Bu esa jamiyatimizdagi barcha soha va yo’nalishlarda ham zamonaviy axborot-kommunikatsi texnologiyalaridan to’la va izchil joriy qilishdan dalolat beradi. Shu asnoda mamlakatimizda zamonaviy texnologiyani joriy etish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Vazirlar Mahkamasining qarorida “Aqilli shahar” konsepsiyasi qabul qilinib, unga ko‘ra “aqlli ta’lim”, “aqlli transport”, “aqlli hokimiyat” kabi bir qator loyhalarini joriy etishning asosiy yo‘nalishlari belgilab chiqildi. Bu esa jamiyatimizda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tadbiq qilish hamda uni amaliyotga qo‘llash orqali barcha sohalarga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish imkoniyati yaratilib berilayotganidan darak beradi.Axborot jarayonlarini avtomatlashtirish asosida rejalashtirish, loyihalash va boshqarish masalalarini yechish usullaridan foydalanishga imkon tugʻiladi. Axborot jarayonlarini qo‘lda bajarishga asoslangan anʼanaviy boshqarish tizimlaridan boshqaruv ishlarini raqamlashtirishning farqi shuki, bu tizimni yaratish va foydalanishni tashkil etishning asosiy yoʻl yoʻriqlari maxsus qoidalar koʻrinishida ifodalangan boʻladi. Boshqaruvning ayrim bosqichlaridagi jarayonlarni mexanizatsiyalash masalani yechishga doir maʼlumotlarni tayyorlashga ketadigan mehnatni kamaytirmaydi. Bu holatda axborotni kiritish va chiqarish, namunalar hamda dastur apparatini tayyorlashda parallellikning buzilishi dastur va axborotni qayta ishlovchi texnik vositalarni ishlatishda qiyinchilik tugʻdiradi
Dostları ilə paylaş: |