Zamonaviy dasturlash texnologiyalari. Ob’yektga yo’naltirilgan dasturlash tillari. Borland C++ Builder 6 integrallashgan sohasi



Yüklə 356,13 Kb.
səhifə2/19
tarix19.10.2023
ölçüsü356,13 Kb.
#156948
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Zamonaviy dasturlash texnologiyalari. Ob’yektga yo’naltirilgan d

Bosh oyna ekranning yuqori qismida joylashgan bo’lib, uning birinchi qatorida sarlovha, ya'ni proyektning nomi joylashgan. Ikkinchi qatorda asosoiy menyu - buyruqlar menyusi gorizontal ko’rinishda joylashgan.
Keyingi qatorning chap tarafida uskunalar paneli va o’ng tarafida komponentalar palitrasi(guruhi) kelttirilgan.
Buyruqlar menyusi quyidagilarni o’z ichiga olgan:
-File (fayl) bo’limi fayllar ustida ish bajarish uchun kerakli buyruqlarni o’z ichiga
olgan;
-Edit (taxrir) bo’limi fayl ichidagi ma'lumotlarni taxrirlash uchun kerakli
buyruqlarni o’z ichiga olgan;
-Seerch (izlash) bo’limi fayllar, modullar tarkibidagi kerakli bo’laklarni izlab topish imkonini beradi;
-View bo’limi dastur oynasiga kerakli instrumentlar palitrasini o’rnatish, loyiha kodi va loyiha menedjerini ochish va ko’rish uchun mo’ljallangan;
-Compile bo’limi loyiha va dasturlarni ishga tushirish, kompilyatsiya buyruqlaridan tashkil topgan;
-Run formani ishga tushirish.
-Options bo’limi muhit oynasining konfiguratsiya parametrlarini o’rnatish uchun xizmat qiladi;
-Tools servis xizmatidan foydalanish imkonini beradi;.
-Help yordam chaqirish uchun mo’ljallangan.
Forma oynasi. Forma C++ Builder 6 ilovalari uchun asos bo’lib, unda komponentalarni joylashtitrish mumkin. Uni xuddi Windows amaliyot tizimi oynalari deb qabul qilish mumkin.
Object Inspector oynasi ob'ekt xossalarini taxrirlash uchun xizmat qiladi. Object Inspector oynasini yoritishdan avval C++ Builder 6da ob'ekt tushunchasini tavsiflab o’tamiz. Ob'ektga yo’naltirilgan dasturlashda dastur bu ob'ektlar tizimi bo’lib, har bir ob'ekt bir qator xossalarga ega bo’lishi mumkin. Xossa esa ma’lumotlar va ularni boshqarish usullaridan (protseduralardan) iborat. Ob'ekt xossalari bu - ob'ektga berilgan xarakteristika bo’lib, uning ko’rinishi, joylashishi va holatidir. Masalan, Width va Height xossalari forma o’lchamini, Top va Lift esa formaning ekrandagi holati, Caption - sarlovha matnini aniqlaydi. Bundan tashqari ob'ekt turli hodisalarni ham o’rnatishi mumkin. Hodisa deb bajarish, boshqarish usuliga aytiladi, masalan, sichqonni bosish, kursorni siljitish va hokazo amallarga aytiladi.

Yüklə 356,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin