Preprotsessor direktivalari.Direktivalar kompilyatsiya oldidan dasturning boshlang’ich matniniqaytaishlashuchunmo’ljallangan.Harqandaydirektiva“#” belgisidan boshlanadi.Bitta qatordafaqat bitta direktivayozilishi mumkin. Masalan, #include "myfile" dastur matniga myfile nomli sarlavha faylining tarkibi qo’yiladi. Sarlavha fayli dastur kompilyatsining muvaffaqiyatli bajarilishi uchun zarur bo’lgan turli axborotlarni o’zida saqlaydi.
Ma'lumotlarningtoifalari Dasturda ma’lumotlarning toifasi berilganlarning qiymatlar to’plamini va shu bilan birga ular ustida bajariladigan amallarni belgilaydi. Kompilyator buyruqlarni shakllantirish uchun ma’lumotlar xotirada qancha joy egallashini va bajariladigan amallarni aniq bilishi lozim. Bularning hammasi ma’lumotlarning toifasini tavsiflash bilan belgilinadi. Dasturda ishlatiladigan o’zgaruvchilar, o’zgarmaslar va amallarning natijalari aniq toifaga mansub bo’lishi lozim.
С++ tili toifalari elementar (asosiy-tayanch) va tarkiblashgan turlarga bo’linadi. Elementar toifa butun, haqiqiy, mantiqiy va simvolli toifalarni o’z ichiga oladi.
bool (mantiqiy);
char (simvolli);
wchar_t (katta diapazondagi simvolli);
int (butun);
float (haqiqiy);
double (ikkilangan aniqlangandagi haqiqiy toifa).
Bular asosida tatkibiy toifalar shakllanadi. Tarkibiy toifalar massivlar, strukturali (tarkiblashgan), ko’rsatkichlar va sinflarni o’z ichiga oladi.
Quyidagi rasmda С++ tili standartidagi toifalar sxemasi keltirilgan.
Butun toifalar. Butun toifalar butun sonlarni tavsiflash uchun ishlatiladi. C++ tilida butun toifadagi ma’lumotlar quyidagi turlarda beriladi: