Zamonaviy dasturlash tillari haqida umumiy tushunchalar



Yüklə 15,07 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü15,07 Kb.
#202552
  1   2
1352449486 33437


www.arxiv.uz



Reja:



  1. Matematik paketlar

  2. Matematik paketlarning maqsad va vazifalari

  3. Adabiyotlar tahlili

Professional matematik paketlar deganda, odatda, hozirgi zamon kompyuterlarida qo`llanilayotgan Mathematica, Maple, Matlab, Derive, Mathcad kabi tizimlar va qiymatlarni statistik tahlil qilishga mo`ljallangan SPSS, Statistica, Statgraphics, Stadia va shunga o`xshash tizimlar oilalari nazarda tutiladi. Bu paketlar yordamida turli sonli va analitik (simvolli) matematik hisoblar-ni, oddiy arifmetik hisoblashlashlardan tortib, to xususiy hosilali differensial tenglamalarni yechish, optimallash masalalarini hal qilish, statistik gipotezalarni tekshirish hamda matematik modellarni yaratishga qadar turli zarur texnik hisoblashlarni amalga oshirish mumkin. Ularning barchasi takomillashgan ilmiy grafika vositalariga, qulay yordamchi axborot tizimiga va hisobot-larni rasmiylashtirish vositalariga ega. «Professional paket» atamasi «o`quv paketi» atamasiga muqobil ravishda tanlangan.


Hozirgi davrda bu paketlardan nafaqat oliy malakali mutaxassislar, professor-o`qituvchilar, balki oliy maktab talabalari, hattoki, liseylar, kasb-hunar kollejlari va maktablar o`quvchilari ham foydalanayotganligini kuzatish mumkin.
Bizning fikrimizcha, professional matematik paketlardan foydalanishning ommaviylashuviga asosiy ob`yektiv sabablar quyidagilardir:

  • kompyuterlar odatdagi uy elektr jihozlari qatoridan o`rin olib bormoqda;

  • kompyuter programmalari interfeysini tashkil etishda maxsus standartlar ishlab chiqilib, ulardan ommaviy ravishda foydalanilmoqda;

  • hozirgi zamon talabasi, ilmiy xodimi va mutaxassisi hayotida Internet to`ridan foydalanish kundalik ehtiyojga aylanmoqda;

  • talabalarga bilim berishda professional matematik paketlardan o`quv vositasi sifatida foydalanish darajasi oshmoqda;

  • fundamental va amaliy xarakterdagi ilmiy tad-qiqotlar bilan shug`ullanuvchilar uchun mos universal matematik paketlar yaratilmoqda va bu paketlar ilmiy tadqiqot natijalariga ijobiy ta`sir ko`rsatmoqda;

  • professional matematik paketlar bo`yicha maxsus adabiyotlar ko`paymoqda.

Yüklə 15,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin