Nazariy mashg‘ulotlardavomida, talabaga videoma’ruza orqali ma’ruza mashg‘ulot yuzasidan kerakli bo‘lgan konsepsiyalar yetkazib beriladi. Talabalarga ma’ruza mashg‘ulotni yanada mustahkamlashlari uchun prezentatsiyalar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va boshqa o‘quv-uslubiy qo‘llanmalardan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi.
Amaliyot mashg‘ulotlarida har bir ma’ruza mashg‘ulot bo‘yicha topshiriqlarni hisoblash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar talabalarga taqdim etiladi. “Zamonaviy dasturlash tillari” fanidan topshiriqlarni va uslubiy ko‘rsatmalarda keltirilgan ishlarni bajarish talab etiladi. Topshiriqni bajarish bilan keyingi ma’ruza mashg‘ulot bo‘yicha topshiriqni bajarishga o‘tiladi.
Mustaqil ishda talabalar istiqbolli rivojlanish bo‘yicha mustaqil ish va referatlar tayyorlaydi hamda himoya qiladi. Har bir talaba mustaqil ravishda o‘z topshirig‘ini bajaradi.
Ma’ruza, amaliyot mashg‘ulotlarining barcha ma’ruza mashg‘ulotlarini to‘la o‘zlashtirgan va mustaqil ishni bajargan talabalarga yakuniy nazoratda ishtirok etishga ruxsat etiladi. Talaba semestr oxirida yakuniy nazorat topshiradi.
Baholash mezoni Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) 5 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: