«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya


«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix11.08.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#139210
1   2
ZDIF1706

«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy 
izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
 
oqimi kiradi. Ko'p sonli derazalar xonani yorug' qiladi va bu katta xonani yanada 
kengroq ko’rsatadi. Masjidning aynan nega bunday nom bilan atalganiga kelsak, 
masjid mashhur ittifoqchi va taniqli sarkarda Xolid ibn Valid sharafiga 
nomlangan. U Makka shahridan, Qureysh qabilasidan kelgan. Dastlab u 
Muhammad payg'ambarga qarshi bo'lgan. Keyinchalik, Hijriy 7-yilda u Islomni 
qabul qiladi va "Allohning qilichi" laqabini olgan. Keyinchalik Muhammad 
payg'ambarning muhim qo'mondoni bo'ladi. Mutning Vizantiya bilan bo'lgan 
jangida musulmon sarkardalari o'ldiriladi va u qo'mondonlikni o'z qo'liga oladi. 
U tomonidan to'g'ri tanlangan jang taktikasi tufayli musulmonlar 
mag'lubiyatdan qochib, tartibli ravishda chekinishga muvaffaq bo'lishadi. Xolid 
ibn Valid 43 ta jang o'tkazgan va janglarda mag'lubiyatga uchramagan. U birinchi 
bo'lib zarba berishni ma'qul ko'rgan, kutilmaganda dushmanni qo’lga tushirardi. 
Uning qo'shinlari har doim harakatchanlik, aniqlik va qo'rqmaslik bilan ajralib 
turardi. Shuningdek, Suriyada uning nomini olgan katta masjid mavjud. Asaka 
masjidida Muhammad payg'ambarning sahobalari haqida bir qancha kitoblar va 
maqolalar mavjud. Ma`lumot o`rnida shuni aytish lozimki,ushbu masjidda 2018-
yil fevral oyida bo'lib o'tgan Qur'on o'qish milliy musobaqasining mintaqaviy 
bosqichi muvaffaqiyatli o'tkazilgan.
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak mustaqillika erishish ostonasida milliy
qadriyatlaramiz ham asta-sekinlik bilan tiklana boshladi va o`z suverinitetimizga 
shuning avvallari unuttirilgan va tan olinmagan milliy qadriyatlarimiz va urf- 
odatlarimiz ham mustaqillikka erishgach butkul tiklandi. 1998-yil 30-aprelda 
qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida”gi qonunda 
masjid va madrasalar faoliyati , ularni qurish va qayta rekonstruksiya qilishga 
doir masalalar o`z aksini topgan. Darhaqiqat hozirda faoliyat yuritayotgan Asaka 
jome masjidi ham yildan-yilga zamonaviy ko`rinish olib xalqimizning muqaddas 
go`shalardan biri bo`lib kelmoqda. Ma`lumot o`rnida shuni aytish lozimki Shayx 
Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning dastlabki faoliyati ham ushbu masjid 
bilan bog`liqdir va xalqimizga yetuk imom-xatiblarni chiqarishda ushbu 
masjidning o`rni kattadir. Bundan tashqari hozirda ham Xolid ibn Valid masjidi 
nafaqat O`zbekiston hududida balki butun Markaziy Osiyoda mavjud bo`lgan 
yirik va ko`rkam masjidlardan biri hisoblanadi. Bu esa me`morchilik sohasida 
yutuqlarga erishishda davom etayotgan Vatanimizning qanchalar boy tarixga 
egaligi shuningdek kelgusi avlodga ota-bobolarimiz bizga qoldirgan madaniy 
me`roslar qatoridan joy olishini tasdiqlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar: 


25 
«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy 
izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
 
1. Usmonov.Q O`zbekiston tarixi 2-kitob “Oqituvchi” Toshkent-2007 
2.telegra.ph/XOLID-IBN-VALID-MASJIDI-12-10 
3.https://masjid.uz 
 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin